Galaxy Z Flip5 va Z Fold5: sayyoramizga ijobiy ta’sir koʻrsatamiz

11/08/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics kompaniyasi doimo sayyoramiz va undagi odamlar uchun turli-tuman imkoniyatlar yaratish ilinjida. Bu sayohatning asl mohiyati — salbiy jihati yoʻq qayta ishlangan materiallar bilan odamlar uchun mobil qulaylik yaratishdir. Ana shu maqsad yoʻlida yaratilgan yangi qurilmalar Galaxy Z Flip5 va Z Fold5 smartfonlari yangicha imkoniyatlar eshigini ochish bilan birga atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirishga qaratilgan yangi texnologiyadir.

 

 

 

 

 

Koʻplab komponentlar uchun qayta ishlangan materiallarning kengroq tanlovi

 

Mazkur yilning boshlarida Samsung oʻzining Galaxy S23 modellari dizayni uchun qayta ishlangan innovatsion materiallar tanlovini kengaytirgan holda koʻplab komponentlar ishlovi uchun yangicha materiallarni taqdim etdi. Galaxy Z Flip5 va Z Fold5 smartfonlari dizaynida avvalgi Galaxy Z smartfonlariga qaraganda ko‘proq ichki va tashqi komponentlar uchun qayta ishlangan materiallarning kengqollanilishi[1] bilan bu sa’y harakatlar yanada ilgari surildi. Eng soʻnggi bukiluvchan smartfonlar iste’molga chiqmagan qayta ishlangan alyuminiy va iste’moldan keyingi tashlab yuborilgan qarmoq toʻrlari, suv bochkalari va PET butilkalaridan qayta ishlangan plastmassadan foydalanadi. Shuningdek, bular iste’molga chiqmagan qayta ishlangan oʻrtacha 22% shishadan tashkil topgan Corning® Gorilla® Glass Victus® 2 himoya qatlamining ishlab chiqilishi va qoʻllanish miqyosini kengaytiradi.

 

Samsung nafaqat har bir qurilmasi uchun qayta ishlangan yangi materiallar tanlovini kengaytirdi, kamida 10% qayta ishlangan plastmassa yoki shisha, o‘rta hisobda 22% qayta ishlangan shishadan iborat qurilma komponentlari sonini ikki baravardan ko‘proqqa oshirdi. Galaxy Z Flip5 va Z Fold5 smartfonlarining[2] 15 ta komponentida qayta ishlangan materiallardan foydalangan boʻlsa, bu koʻrsatkich Galaxy Z Flip4 va Z Fold4 smartfonlar ichki komponentlarida oltitani tashkil qiladi.

 

Qadoqlashga kelganda, Samsung bir martalik plastmassa iste’molini kamaytirish yoʻlidagi sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda. Shuning uchun ham qadoqlash qutisi[3] uchun qogʻoz 100% qayta ishlangan materialdan tayyorlanadi.[4] Kompaniya, shuningdek, smartfon old va orqa yuzasi himoya qatlami uchun qayta ishlangan qogʻoz materialiga oʻtdi.

 

 

 

 

Yanada chidamliroq qurilma

Galaxy Z Flip5 va Z Fold5 smartfonlari Samsung smartfonlarining bardoshliligi va yangilanish jarayonini yaxshilash yoʻlidagi harakatlarni oldinga surmoqda. Har bir qurilma besh yillik xavfsizlik yangilanishlari va toʻrt avlod uchun OS yangilanishini oʻz ichiga oladi va bu mahsulotning yaroqlik muddatini uzaytirishga yordam beradi.

 

Natijada Galaxy hamjamiyati oʻz qurilmalaridan uzoqroq vaqt davomida ishonch bilan foydalanishdan bahramand boʻladilar va bu ularga kundalik hayotlarida ekologik jihatdan chuqur oʻylangan to‘g‘ri tanlov qilishlariga tabiiy turtki bo‘ladi.

 

Galaxy Z Flip5 va Z Fold5 ishlab chiqarilishidagi sa’y-harakatlar natijada sayyoramizga qanchalik katta ijobiy ta’sir ko‘rsatishini kuzatish uchun quyidagi infografikaga nazar soling.

 

 

 

 

 

 

[1] Qayta ishlangan material turlari iste’moldan keyin tashlab yuborilgan qarmoq to’rlari orqali qayta ishlangan PA, iste’moldan keyin tashlab yuborilgan PET butilkalari orqali qayta ishlangan PBT, iste’moldan keyin tashlab yuborilgan suv bochkalari orqali qayta ishlangan PC hamda ishlab chiqish payti vujudga kelgan iste’molga chiqmagan qo‘shimcha mahsulot orqali qayta ishlangan alyuminiylarni tashkil etadi. Ortib qolgan metall bo‘laklari qayta eritilib, notoza moddalardan filtrlangach, Samsung qurilmalari qismlariga yaroqli qilib qayta ishlangan. Shuningdek, shisha mahsulotlarini ishlab chiqish payti vujudga kelgan iste’molga chiqmagan qo’shimcha mahsulot orqali qayta ishlangan shishalar ham mavjud. Bu shisha qoldiqlari qayta quyilib, Corning® Gorilla® Glass Victus® 2 himoya qatlami ishlovida komponent sifatida qo‘llanadi.
[2] Galaxy Z Flip5: qurilmaning 15 ta komponenti minimal 10% iste’moldan keyin qayta ishlangan plastmassa yoki iste’molga chiqmagan qayta ishlangan alyuminiy yoki o‘rtacha 22% iste’molga chiqmagan qayta ishlangan shishadan iborat. Bu qismlarga ovoz balandligi tugmasi breketi, karnay moduli (yuqori va pastki), qurilmaning orqa tepa qismi, displey ulagichi qopqog‘i, FPCB RF kabeli breketi, qurilmaning orqa o‘rta qismi, korpus old qismi (asosiy), korpus old qismi (pastki), ovoz balandligi tugmasi, barmoq tugmasi breketi, Deco qurilmasi, ushlab turuvchiga ulagich, SIM treyi, ichki oyna va orqa oyna kiradi. (Galaxy Z Flip4: oltita qurilma komponenti). Yuqoridagi ko‘rsatkichlar og‘irlik o‘lchoviga asoslangan. Galaxy Z Fold5: qurilmaning 15 ta komponenti minimal 10% iste’moldan keyin qayta ishlangan plastmassa yoki iste’molga chiqmagan qayta ishlangan alyuminiy yoki o‘rtacha 22% iste’molga chiqmagan qayta ishlangan shishadan iborat. Bu qismlarga ovoz balandligi tugmasi FPCB breketi, tepa karnay moduli (yuqori va pastki), quyi karnay moduli (yuqori va pastki), displey korpusi ulagichi, korpus old qismi (asosiy), korpus old qismi (pastki), antenna (pastki), antenna (asosiy), ovoz balandligi tugmasi, barmoq tugmasi breketi, SIM treyi, ushlab turuvchiga ulagich, Deco kamera qurilmasi (tepa va pastki), ichki oyna va orqa oyna. (Galaxy Z Fold4: oltita qurilma komponenti) kiradi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar og‘irlik o‘lchoviga asoslangan.
[3] 100% qayta ishlangan qog‘oz ushbu qadoqlovchi komponentlarda foydalanilgan: mahsulot qadog‘i qutisi, himoya qatlami, qo‘llanma qutisi, qo‘llanma va DLC varaqlari.
[4] 100% qayta ishlangan qog‘oz materiali ECV tomonidan tasdiqlangan.

Korporativ > Ijtimoiy masʼuliyat

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga