Galaxy Z Flip6 Olympic Edition: Olimpiya Oʻyinlari shohsupasida xizmat qilgan ushbu telefon bilan tanishamiz

15/08/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Parij 2024 Olimpiada Oʻyinlari qizgʻin pallaga kirayotgan bir paytda butun dunyo boʻylab tomoshabinlar va muxlislarni hayratda qoldirgan narsalardan biri bu Galaxy Z Flip6 Olympic Edition – joriy yilgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etuvchi barcha sportchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan Samsung Electronics telefoni boʻldi.

 

Olimpiya oʻyinlari shohsupasida birinchi smartfon boʻlib xizmat qiluvchi Galaxy Z Flip6 Olympic Edition Galaxy AI bilan jihozlangan boʻlib, u sportchilarga turli tillarda erkin muloqot qilish, Olimpiya Oʻyinlaridagi hissiyotlarini toʻliq ulashish va musobaqalarga qulaylik bilan tayyorgarlik koʻrishga yordam beradi. Medalchilar Olimpiya Oʻyinlari shohsupasida oʻzlarining shon-shuhrat lahzalarini buklanuvchanlarda olingan gʻalaba selfilari orqali ham nishonlashayotgan edi.

 

Samsung Newsroom Galaxy Z Flip6 Olympic Edition’ni — Olimpiya ruhiga joʻr va ochiqlikka sodiq Galaxy brendining qiymatini aks ettiruvchi smartfonini anboksing qildi.

 

 

Galaxy Z Flip6 Olympic Edition haqidagi ilk taassurotlar

 

 

Chiroyli qora qadoq ustiga tushirilgan, yoʻllarni eslatuvchi juft oltin chiziqlar, uning oʻrtasida esa buklangan Galaxy Z Flip6 tasviri eʼtiborni tortadigan birinchi dizayn elementlaridir. Qadoq pasida Olimpiya halqalari, Paralimpiya agitoslari va Samsung logotipi joylashgan boʻlib, ular Samsung’ning Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi bilan jahon hamkori sifatidagi rishtalarini ifodalaydi.

 

Galaxy Z Flip6 Olympic Edition qadogʻi ikkita qutidan iborat boʻlib, biri smartfon uchun, ikkinchisi esa Flipsuit Case gʻilofi uchun moʻljallangan. Qurilma va uning qutisi qadoqning tashqi koʻrinishi bilan bir xil dizaynga ega, Flipsuit Case va uning qutisi esa qutidan chiqarishdan oldingi hayajonni kuchaytiradigan jonli ranglar aralashmasini koʻrsatadi.

 

Olimpiya ruhi bilan hamnafas | Galaxy Z Flip6

 

 

Galaxy Z Flip6 Olympic Edition qutisi qurilma, USB-C kabeli va qisqa foydalanuvchi qoʻllanmasini oʻz ichiga oladi.

 

 

 

Galaxy Z Flip6 Olympic Edition’ning koʻzga tashlanadigan eng yorqin jihati Olimpiadani eslatuvchi ajoyib sariq rangdir. Qurilmaning orqa tomonida Olimpiya va Paralimpiya emblemalari hamda Samsung logotipi oʻyib tushirilgan boʻlib, ular oʻziga xos jozibadorlik bagʻishlaydi va hamkorlik ruhini ifodalaydi.

 

 

Galaxy Z Flip6 Olympic Edition ilgʻor texnologiyalarni qoʻlga mos tushadigan ixcham form faktorida jamladi. 50 megapikselli orqa keng burchakli kamera Galaxy AI tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, sportchilarga oʻyinlar davomidagi unutilmas lahzalarni, jumladan, Olimpiya oʻyinlari shohsupasida gʻalaba selfilarini suratga olish va ulashish imkonini beradi.

 

Ustki ekran sportchilarga bagʻishlangan maxsus syurpriz xabar bilan yonadi

 

 

Olimpiadachilar qurilmani yoqqanda ular maxsus tayyorlangan xushxabar guvohi boʻlishadi. Xabarda Olimpiada Oʻyinlarida qatnashgan sportchilar iliq olqishlangan: “Aziz sportchilar, sizlar Olimpiya va Paralimpiya harakatining yuragidirsiz”.

 

 

 

Ustki ekran va asosiy displey qoʻshimcha zavq uchun Olimpiya bayrogʻi ranglariga mos tushirilgan. Ustki ekrandagi mavzu (FlexWindow) Olimpiya Oʻyinlarida ishtirok etishning ahamiyatini koʻrsatish uchun sportchi nazaridagi yugurish yoʻlini tasvirlaydi.

 

Qurilma ochilganda asosiy ekranda paydo boʻladigan sxema dizayni Samsung mobil innovatsiyalarining asosiy komponenti boʻlgan elektron platani anglatadi va bu sportchilar Olimpiadaning yuragi va ruhi ekanligini bildiradi.

 

 

Sportchilarga qulaylik yaratish uchun qurilmada turli ilovalar va xizmatlar oʻrnatilgan. Galaxy Z Flip6 Olympic Edition’ga oldindan oʻrnatilgan rasmiy Olimpiya ilovalari, jumladan, Olimpiya musobaqalari haqida maʼlumot va sportchilar uchun moslashtirilgan kontentni taqdim qiluvchi Athlete365 va Olimpiada Oʻyinlari jadvali va medallar reytingi kabi umumiy maʼlumotlarni taqdim etuvchi Paris 2024. Koʻngilochar ilovalar, onlayn xarid va oʻyin ilovalari ham kiritilgan.

 

▲ (Chapdan) Oldindan oʻrnatilgan “Galaxy Experience” va “Galaxy Skateboard” ilovalari

 

Maxsus telefon uchun maxsus flipsuit g’ilofi

 

Flipsuit g’ilofi aksessuari Galaxy Z Flip6 dan foydalanishni yanada qiziqarli qiladi. Foydalanuvchilar NFC bilan jihozlangan Flipsuit Card’ni korpusga ulash orqali oʻz qurilmalarini shaxsiylashtirishi va muqova ekranida karta tasvirining avtomatik sinxronlashtirilgan animatsiyasini koʻrsatishi mumkin.

 

 

Galaxy Z Flip6 Olympic Edition eksklyuziv Flipsuit g’ilofi va Flipsuit Card bilan birga keladi. Hashamatli charmdan tayyorlangan Flipsuit Card noyob tekstura va his uchun Olimpiya bayrogʻidan ilhomlangan estetik ranglar tanlovidan foydalangan.

 

▲ Eksklyuziv Flipsuit Card’ning old va orqa tomoni

 

▲ Galaxy Z Flip6 Olympic Edition eksklyuziv Flipsuit gi’lofi bilan

 

 

Galaxy Z Flip6 Olympic Edition butkul oʻzgacha Olimpiya Oʻyinlari taassurotini beradi. Samsung oʻzining innovatsion mobil texnologiyalari bilan sportchilar va muxlislarga ularning maxsus daqiqalarini zavqli oʻtkazishda va Parij 2024 Olimpiya Oʻyinlarining hayajonini hammaga ulashishda yordam berishda davom etishga umid qiladi.

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga