Haqiqiy AI hamroh tomon birinchi qadam
Tasavvur qiling: vaqtingiz koʻp, g‘am-tashvishlaringiz esa anchagina kam. Aytaylik, soʻramasingizdan turib o‘zingizga kerakli yordamni olyapsiz. Mobil AI davrida siz uchun eng muhim narsalargagina eʼtibor qaratish erkinligi endilikda orzu emas, balki haqiqat va u tez orada Galaxy’da namoyon boʻladi.
Bir necha hafta oldin biz One UI 7 beta dasturini ishga tushirdik. Bu sunʼiy intellekt (AI) integratsiyalangan birinchi operatsion tizim paydo boʻlishi bilan yangi davrning boshlanishini anglatdi — foydalanuvchilar uchun mobil imkoniyatlarni misli koʻrilmagan darajada shaxsiylashtirish orqali qulaylikni sezilarli darajada oshiradigan haqiqiy AI platformasi.
Galaxy kompaniyasida AI’ni shaxsiylashtirishga boʻlgan yondashuvda — ilk AI telefonini ishga tushirganimizdan boshlab qurilma ichiga oʻrnatilgan AI’ning muntazam innovatsiyasigacha hech qachon foydalanuvchilarning maxfiyligini taʼminlashdan voz kechmaganmiz. Biz haqiqatan ham sizni tushunadigan mobil AI afzalliklarini xohlayotganingizni bilamiz. Hayot tarzingizga moslashtirilgan telefonni xohlaysiz, bu sizga kundalik hayotingizda toʻsiqlarni olib tashlashda yordam beradi va bunda shaxsiy maʼlumotlaringizdan nojoʻya foydalanishlari xavfi yoʻq.
Keyingi yangi standartni oʻrnatuvchi Galaxy S modelidagi smartfonlar kirib kelishi bilan biz Galaxy foydalanuvchilariga yanada chuqurroq shaxsiylashtirish imkoniyati hamda yanada koʻproq xotirjamlik tuhfa etamiz. Buning uchun biz shaxsiy maʼlumotlar mexanizmini (Personal Data Engine) yaratdik, bu qurilmada va ilovalar oʻrtasida shaxsiy maʼlumotlarni himoya qiluvchi kuchli maxfiylikni taʼminlaydi.
Shaxsiylashtirilgan maʼlumotlar Knox Vault tomonidan boshqariladigan shifrlash kaliti bilan himoyalangan xavfsiz joyda saqlanadi. Bu sizning biometrik maʼlumotlaringiz kabi smartfoningizdagi eng nozik maʼlumotlarni himoya qilish uchun ishlatiladigan yagona ishonchli platformadir. Qoʻshimcha himoya qatlami sifatida uning post-kvant kriptografiyasi kelajakdagi maʼlumotlaringiz xavfsizligini o‘sib borayotgan kvant hisoblash tahdidlaridan himoya qiladi.
Now Brief rasmi1
Ushbu mustahkam maxfiylik zaminida biz hayotingizga moslashtirilgan mobil qulayliklar yaralishi uchun yanada koʻproq imkoniyatlar ochmoqdamiz. Barchasi Galaxy’da.
One UI 7’ning ajralib turuvchi elementlaridan biri bu Now Bar boʻlib, u kundalik faoliyatingiz va eng koʻp ishlatadigan ilovalaringizni qulflangan ekranga oson integratsiyalash orqali shaxsiylashtirishga yangicha maʼno beradi. Bu yerda siz koʻngilocharlikka oid narsalarni boshqarishingiz, keyingi puxta moslashtirilgan shaxsiy mashgʻulotingiz vaqtini belgilashingiz, navbatdagi uchrashuvga borish marshrutini olishingiz yoki boshqa tillarda muloqot qilishni boshlashingiz mumkin.
Shuningdek, Now Bar endilikda Galaxy’dagi qulayliklarga tezda kirish imkonini beradigan keng qamrovli hamda insaytlarga boy joyga aylanadi. Endi telefoningiz sizga xabar kelgani haqida ogoh qiladigan qurilma emas, balki hayot tarzingizni qoʻllab-quvvatlaydigan hamroh boʻladi.
Tasavvur qiling, siz Koreyaning Seul shahridan Kaliforniya shtatining San Xose shahriga sayohatga tayyorlanyapsiz. Tayyor boʻlganingizda telefoningiz sizga muhim ilovalaringiz toʻplangan jildni yaratishni taklif qiladi. Shunda siz boshqa narsaga chalgʻib, parvozingizni oʻtkazib yubormaysiz, u sizga aeroportga borish vaqti kelganini bilish imkonini beradi. U hatto uzoq parvoz kayfiyatiga moslab tanlangan sayohat pleylistini ham taqdim etadi.
Barmoqning birgina harakati bilan siz ob-havo maʼlumotlarini koʻra olasiz, buning uchun turli ilovalarni qidirish yoki tekshirish shart emas. Sayohatingiz davomida telefoningiz har bir lahzani yodda saqlab boradi va kunlar tunlar bilan almashar ekan, u sizga diqqatga sazovor oʻtgan voqealarni qayta jonlantirishga yordam beradi.
Ertalab va kechqurun Galaxy AI hayotingizga moslashtirilgan amaliy maslahatlar va tavsiyalar2 beradi va ilhomlantiradi. Maxfiylik taʼminlangan mislsiz shaxsiylashtirish imkoniyati doim ishonchingizni oqlaydi. Bular — Galaxy AI’ning navbatdagi evolyutsiyasi.
1Amaldagi UX/UI farq qilishi mumkin.
2Ayrim funksiyalar Samsung akkauntida login statusini talab qilishi mumkin. Xizmat mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeli va ilovalarga qarab oʻzgarishi mumkin.
Qurilmalar > Mobil
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.