Haqiqiy real vaqtdagi grafik: Samsung kompaniyasining mutaxassislari Galaxy S23 seriyasi uchun oyin jarayonida yorug`likka moslashuv texnologiyasini taqdim etdi
Smartfonlarning shuxrati oshgan sayin, asosiy o’yin bozorida mobil o’yinlarning mashhurligi ham ortib boryapti. Bugungi kunda tobora ko’proq foydalanuvchilar o’zlarining mobil qurilmalarida ajoyib grafika bilan kompyuter va konsol o’yinlarini o’ynashni xohlashadi.
Samsung Electronics kompaniyasining 1-fevral kuni taqdim etgan flagman smartfoni Galaxy S23 seriyasi avvalgi versiyaga nisbatan 41% ga ish faoliyati takomillashgan eng yaxshi va kuchli grafik protsessorga ega. Bu esa butun dunyo bo’ylab o’yinchilarning diqqatini o’ziga jalb etdi.
Samsung Newsroom jamoasi mobil o‘yin tajribasini qanday yaxshilagani haqidagi ma’lumotini eshitish uchun yaqinda Galaxy S23 seriyasiga yorug`likka moslashuvchan kuzatish texnologiyasini ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. So’nggi yillarda smartfon o’yin grafikasidagi eng katta o’zgarishlardan biri haqida ko’proq ma’lumot olish uchun o’qishni davom eting.
Yorug’likka moslashish sistemasi: real grafiklar bilan o’yin rekordingizni yangilang
Yorug`likka moslashuvchan tizim – bu nurlarni kuzatish orqali real vaqtidagi grafik effektlar ko’rsatiladigan eng so’nggi renderlash usuli. Galaxy S23 seriyali GPU shaxsiy kompyuterga GPUga o’xshash nurlarni kuzatish simulyatsiyasini tezlashtirish va mobil o’yinlarda soyalar va yorug’lik aksini yanada realroq ko’rsatish uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan.
Galaxy S23 seriyasi uchun GPU ishlab chiqilishiga rahbarlik qilgan System Platform Development Group vakili Jungwoo Kim, nurlarni kuzatish texnologiyasini “takomillashtirilgan grafik tasvirlash texnikasi” deb ta’rifladi.
“Yorug`likka moslashish – bu ko’zning optik asabi obyekt tomonidan akslanib yoki singandan keyin yorug’lik nurini qanday qabul qilishini kuzatadigan murakkab simulyatsiya”, – dedi Kim. “Bu aslida yorug’lik qayta ishlanishiga juda o’xshaydi.”
“Avvalgi rasterizatsiya usuli cheklangan, natijada noqulay va noto’g’ri ifodalar paydo bo’ladi”, dedi GPU texnik yordami va ushbu yangi qurilma uchun ichki va tashqi hamkorlikni boshqaruvchi Junyoung Pak. “Masalan, soya effekti haqida gap ketganda, avvaldan soya xaritasini yaratish va uni obyektda yana moslashtirish maqsadida obyektni sahnaga proyeksiya qilishda oldingi usuldan foydalanilgan. Boshqa tarafdan, nurlarni kuzatish texnologiyasi ekranda toʻgʻri va real koʻrsatiladigan soyaning haqiqiy effektini simulyatsiya qiladi, shuning uchun foydalanuvchilar koʻproq tabiiy grafikalardan bahramand boʻlishlari mumkin”.
Galaxy S23 seriyasi bilan shaxsiy va mobil grafika o’rtasidagi uzilishni bartaraf etish
2010-yildan beri Samsung oʻzining grafik API (Application Programming Interface) unumdorligi va diapazonini kengaytirish orqali konsol, shaxsiy kompyuter va mobil qurilmalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga eʼtibor qaratdi. Yirik sanoat o‘yinchilari bilan hamkorlik qilib, Samsung o‘zining eng yangi texnologiyasini umumiy API sifatida standartlashtirishda yetakchilik qilmoqda. Shunday qilib, kompaniyalar eng yangi texnologiyalarni ko’proq o’yinlarga osongina qo’llashlari va tegishli ekotizimlarini kengaytirishlari mumkin bo’ladi.
“2016-yilda biz Khronos Group tomonidan chiqarilgan Vulkan nomli keyingi avlod grafik API-ni standartlashtirdik va Galaxy S7 orqali tijoratlashtirishga muvaffaq bo‘ldik”, — dedi Kim. “Ammo biz 2015-yildan beri, Vulkan Galaxy qurilmalariga integratsiyalashuvidan oldin, Android oʻyinlarini optimallashtirish uchun Epic Games va Unity kabi hamkorlar bilan ilgʻor GPU ishlab chiqish ustida ishlamoqdamiz. Hamkorlik natijasida olingan optimallashtirish kodi birinchi navbatda o’yin ishlab chiqaruvchilariga taqdim etildi. Shunday qilib, Vulkan va dvigatelni optimallashtirish foydasiga muvaffaqiyatli dalil bo’ldi. Yutuq turli ishlab chiqaruvchilar konferentsiyalarida taqdim etilgan.”
Kross-platforma o’yinlarining so’nggi o’sib borayotgan tendentsiyalariga muvofiq, Samsung GPU texnologiyasini mobil grafik protsessorlariga tezda qo’lladi. “Hotspot ta’minlovchilari bilan yaqin hamkorlikda biz flagman qurilmalar uchun so’nggi mobil grafik protsessorlarning ish faoliyatini yaxshilashda davom etamiz”, – dedi Pak. “Mobil qurilmalaridagi grafika sifati konsollarnikiga mos kelishini talab qilayotgan iste’molchilar soni ortib borayotganligi sababli, biz ikki yil avval mobil o’yin dvigatellariga nurlarni kuzatish texnologiyasini olib kirishga tayyorgarlik ko’rgan edik”. U o’z jamoasining ushbu mobil qurilmani yaratish bo’yicha jadal sa’y-harakatlarini tasvirlab berdi.
Ko‘p tomonlama hamkorliklar ish unumdorligini oshiradi
Ishlab chiqaruvchilar Samsung R&D Institute Ukraine (SRUKR) va turli hamkor kompaniyalar, jumladan Unreal Engine dasturchisi Epic Games bilan yaxshi grafikalarni tayyorlash uchun hamkorlik qildilar.
Kim Galaxy Unpacked 2023da namoyish etilgan demo-kontent hamkorlik ekanligini tushuntirdi. “Bu biz o’yin mexanizmini ishlab chiqaruvchisi va o’yin ishlab chiquvchilari bilan hamkorlikda ishlayotgan soha”, – dedi Kim. “Biz samarali ishlash uchun turli urinishlarni davom ettirdik. Natijada bir xil sifat darajasini saqlab qolgan holda hisob-kitoblar sonini qisqartirish orqali qiyinchiliklarni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘ldik”.
Pak, shuningdek, Galaxy S7 qurilmasini ishlab chiqarish jarayonidagi hotiralari bilan bo`lishdi.
“Men AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi Epic Games bosh qarorgohida demo-kontentni loyihalashtirganimni eslayman”, – dedi Pak. “Biz demo-o‘yinni muvaffaqiyatli namoyish etdik, unda tovuq qahramoni birinchi marta Vulkan API yordamida paydo bo‘lgan. Xato tuzatilganidan keyin tovuq qahramoni birinchi marta paydo bo’lishi bilanoq, Epic Games, SRUKR va MX R&D jamoasidagi hamkasblarning barchasi olqishlashdi. Keyin biz hammamiz kechki ovqatda qovurilgan tovuqni iste’mol qilib bayramni nishonladik. Pak ushbu muvaffaqiyatga erishish uchun juda ko’p mehnat qilgan hamkasblariga minnatdorchilik bildirdi.
Galaxy S23 seriyasi yangi mobil o’yin paradigmasini ochadi
Xo’sh, yorug`likka moslashuv texnologiyasi tijoratlashtirilganda kelajak qanday ko’rinishga ega boladi? “Bundan buyon men grafik tarkibni yaratish va iste’mol qilish liniyasi nyorug`likka yorug`likka moslashuv qobiliyatiga mos ravishda o’zgarishini kutaman”, – dedi Pak. “Ushbu jarayonda biz konsollar bilan bir qatorda portativlik va yuqori unumdorlikka ega bo’lgan mobil qurilmalarni o’zgartirishni kutamiz.”
“Yorug`likka moslashuv texnologiyasi endigina mobil aloqaga o’tishni boshladi. Samsung uzoq vaqt davomida ushbu texnologiyani tadqiq qilib, tayyorlayotgani bois, kompaniyamiz sohani boshqaradi va bu texnologiyani jadallik bilan kengaytiradi”, — dedi Kim. “Bizning keyingi maqsadimiz – ko’plab mobil qurilmalarda yorug`likka moslashuv texnologiyasini qo’llashning eng yaxshi usulini topish va foydalanuvchilarga ajoyib o’yin tajribasini taqdim etish.”
“Yorug`likka moslashuv texnologiyasini qo’llab-quvvatlaydigan mobil o’yinlar hali bozorda mavjud emas, ammo yangi mobil GPU texnologiyasiga qiziqish bildiradigan o’yin yaratuvchi kompaniyalarga bu juda maqul bo’ladi”, – dedi Pak. Mobil o’yinlar kelajagi haqida so’ralganda, Pak ular “yorug`likka moslashuv texnologiyasini ko’proq mobil o’yinlarga olib kirish uchun juda ko’p ishlamoqda”, – deb javob berdi.
Ishlab chiqaruvchilarning uzoq muddatli rejalarida haqiqiy grafikalar bilan yanada qiziqarli mobil o’yinlarni taqdim etishdir.
Qurilmalar > Mobil
Korporativ > Texnologiyalar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.