O’zbekistonda IMEI-kod : 1 daqiqada tekshirib oling!
IMEI-kod — kichik raqam, katta himoya. Rasmiy IMEI ro‘yxati qurilmangizning mobil tarmoqlarda to‘siqsiz ishlashini, kafolat xizmatini va yangilanishlarni ta’minlaydi. Quyida uni 1 daqiqada qanday tekshirishni ko‘rsatamiz.
Siz yangi telefon sotib oldingiz, xursandsiz. Lekin oradan bir oy o‘tib, u mobil tarmoqqa ulanmay qo‘ydi. Naqadar yoqimsiz vaziyat! Bunday holatlarning oldini olish uchun telefonxarid qilayotganingizda atigi 1 daqiqa vaqt ajratishingiz va hozir sizgao‘rgatadiganlarimizni bajarishingiz kerak bo‘ladi.
Samsung qurilmasini tanlash uchun kamida 4 ta sabab bor:
- 1 yillik rasmiy kafolat va servis (Samsung servis markazlari).
- IMEI ro‘yxatdan o‘tgan — bloklanish xavfi yo‘q.
- Modellarning turiga qarab, 7 yilgacha OS xavfsiz yangilanishlari
- Mahalliy moslik: to‘liq tarmoqqa ulanish, o‘zbek tilidagi interfeys, Samsung Members qo‘llab-quvvatlashi.
Samsung rasmiy qurilmalarini qanday tanish mumkin?
- Qutida “1 yil kafolat” gologrammasi va rasmiy yorliqlar.
- O‘zbek tilida to‘liq mahalliylashtirilgan belgilar.
- Rasmiy sotuvchi/dilerdan rasmiy chek va kafolat taloni.
IMEI – kod nima degani?
IMEI (International Mobile Equipment Identity) — har bir mobil qurilmaga biriktirilgan noyob 15 xonali raqam. O‘zbekistonda IMEI-kodlar rasmiy bazada ro‘yxatga olinadi; ro‘yxatdan o‘tmagan qurilmalar 30 kun ichida tarmoqdan uzilishi mumkin.
IMEI kodini qurilmada qanday topish mumkin?
1-usul:
*#06# kodini telefoningizda tering – ekranda IMEI-kodlar chiqadi.

2-usul:
Telefon sozlamalari → “Telefon haqida” bo‘limidan IMEI-kodni toping.

3-usul:
Qurilma qoplamasining orqa tarafida, qadoqlanishqutisida yoki SIM-karta slotida IMEI-kod yozilganbo‘lishi mumkin.
E’tibor bering: Agar telefoningizda ikkita SIM bo‘lsa, har bir IMEI’ni alohida tekshiring.
IMEI holatini tekshirishning 3 usuli:
1. www.uzimei.uz rasmiy veb sayti orqalitekshirish:
· Bosh sahifadagi “IMEI tekshirish” bo‘limigao‘ting;
· IMEI-kodni kiriting → “Tekshirish” tugmasinibosing;
· Bir necha soniyadan so‘ng tizim Sizga IMEI-kodning holatini ko‘rsatadi.

2. USSD orqali tekshirish:
- Telefoningizda *1170# kodini tering;
- Tizim menyusida tilni tanlang;
- “IMEI tekshirish” xizmatini tanlang;
- IMEI raqamni kiriting va tasdiqlang;
- Javob SMS tarzida keladi.
3. Samsung.com sayti orqali tekshirish:
- Havola ustiga bosing: www.samsung.com
- IMEI-kodni kiriting va “Tekshirish” tugmasini bosing.
Har bir xaridda IMEI’ni tekshirish — atigi 1 daqiqa, ammo yillar davomida xotirjam foydalanish imkoniyatini beradi. Samsung rasmiy mahsulotlari sifat, xavfsizlik va qonuniylikni ta’minlaydi
Batafsil ma’lumot www.samsung.com saytida.
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com