[Infografika] 10 yil Samsung SmartThings bilan: aqlli uylar sohasidagi inqilob

10/09/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung SmartThings oʻn yil davomida oʻzaro bogʻlangan turmush tarzini taqdim etishda yetakchilik qilib kelgan. Kompaniya doimiy ravishda uydagi hayotni avtomatlashtirishda yangicha innovatsiyalar yaratib, samaradorlik va xavfsizlik standartini yangilab kelgan. SmartThings uydagi qurilmalarni smartfon yordamida boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan holda hayotni kun sayin qulaylashtirib borish uchun shaxsiylashtirilgan bildirishnomalar va ilgʻor avtomatlashtirish funksiyalari bilan yumushlarni yengillashtiradi.

 

Samsung SmartThings dastlab Samsung Electronics’ning buyumlar interneti (IoT) platformasi sifatida boshlangan boʻlib, u nafaqat Samsung mahsulotlarini, balki hamkor kompaniyalarning koʻplab qurilmalarini ham oʻzaro birlashtirgan. Ushbu integratsiya turli xil turmush tarziga moslashadi va uzluksiz, oʻzaro bogʻlangan qulaylikni taqdim etadi.

 

2019-yilda 100 million obunachidan 2024-yil avgustiga kelib 350 milliondan oshgan SmartThings Samsung kompaniyasini aqlli uy bozorida yetakchiga aylantirdi. Platforma oʻzining sunʼiy intellektga asoslangan imkoniyatlarini oshirish va hatto B2B bozoridagi faoliyatini boshlash orqali IoT sanoatida oʻz taʼsirini kengaytirishda davom etmoqda.

 

Samsung SmartThings’ning 10 yillik innovatsiyalar sayohati bilan tanishish uchun quyidagi infografikaga qarang.

 

Korporativ > Texnologiyalar

Qurilmalar > Uy uchun

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga