[Infografika] Innovatsiya izlari: Samsung Signage 15 yil davomida global miqyosda ketma-ket birinchilikni egallab kelmoqda
Samsung Electronics 15 yil davomida ketma-ket eng katta global ulushga erishgan holda tijoriy displeylar bozorining jahon yetakchisi sifatidagi mavqeyini mustahkamladi. [1]
2008-yilda toʻliq B2B displeylar bilan tijoriy displey bozoriga kirgan Samsung izchil texnologik innovatsiyalar, turli yechimlar va bozor yetakchiligi bilan raqamli displeylar tarixini yaratishda davom etmoqda.
Samsung kompaniyasi 2009-yilda raqamli displeylarning jahon bozoridagi ulushi boʻyicha birinchi oʻrinni egallashdan boshladi. Keyin 2012-yilda Samsung ikkita shaffof LCD modelini taqdim etish orqali LCD renessansiga start berdi. 2017-yilda dunyodagi ilk LED kinoteatri — Onyx taqdim etildi, u aqlga sigʻmas tasvir sifati va cheksiz kontrast nisbati bilan teatr ekranlari uchun yangi standartni oʻrnatdi.
Oʻn yarim yildan ortiq “birinchilardan” boʻlish Samsung’ga raqamli displeylar sohasida koʻplab yutuqlar olib keldi. 2018-yilda taqdim etilgan dunyodagi ilk modulli displey — “The Wall”ning ekran oʻlchami va shakli erkin sozlanuvchan boʻlib, u san’at muzeylari va univermaglar kabi turli joylarga raqamli displeylar oʻrnatish imkonini berdi.
Immersiv kontentga talab ortgan sari Samsung 2023-yilda virtual ishlab chiqarish studiyalari uchun “The Wall”ning yangi ekslyuziv versiyasini yaratdi. U eng yuqori sifatli tasvir bilan jismoniy cheklovlarni yengib oʻtadi hamda ishlab chiqarish vaqti va narxini kamaytiradi. Virtual ishlab chiqarish uchun The Wall yuqori darajadagi moslashtirilgan yechim bilan kontent ishlab chiqarish dunyosini oʻzgartirishda davom etmoqda.
Quyida innovatsion displey texnologiyasi bilan ketma-ket 15 yil [2] dunyo miqyosida oʻzining 1-oʻrnini mustahkamlab kelayotgan Samsung Signage qadamlarini koʻrishingiz mumkin.
[1], [2] Omdia 2023-yil 4-chorak ommaviy namoyish hisoboti; Sotuv hajmiga asoslangan. Eslatma: isteʼmolchi televizorlari bundan mustasno.
Pressa uchun > Infografika
Qurilmalar > TV va Audio
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.