Innovatsiyalarning rivojlanishi: Galaxy Z Flip seriyasining merosi ijodga va o’zlikni namoyon qilishga yordam beradi

07/08/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

 

 

Bir paytlar mobil dunyoda inqilob bo’lgan Flip telefonlari endi kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Galaxy Z Flip seriyasi kabi zamonaviy va o`zgacha qurilmalar bizning foydalanish, muloqot qilish va o’zligimizni ifoda etish uslubimizni o’zgartirdi. Yillar davomida Galaxy Z Flip ixcham aloqa qurilmasi foydalanuvchilarga tugmani bosish orqali butun dunyo imkoniyatlarini kashf qilish imkonini beruvchi va ijodiy salohiyatingizni ochish uchun mukammal vositaga aylandi. Samsung Newsroom ushbu innovatsiyalarning yangi davrini qanday boshlaganligi haqida batafsil ma’lumot beradi.

 

 

 

 

 

Mobil qurilmalar dunyosini o’zgartirgan Galaxy Z Fold yaratilishi ishga tushirilganidan so’ng, Samsung mobil qurilmalar bozorini egallab olayotkan yana bir inqilobiy shakl omilini taqdim etdi. Galaxy Z Flip bilan tanishing: osongina buklanuvchan va tik turaoladigon qurilma.

 

 

Innovatsiyalar sohasida yangi standartni o’rnatgan Galaxy Z Flip buklanuvchan, shisha ekran bilan jihozlangan birinchi qurilma bo’lgan. Qurilmani kengaytirib, 6,7 dyuymli keng displeyni ko’rish mumkin edi, uning zamonaviy, ixcham dizayni esa foydalanuvchining kaftiga osongina sig’adigan darajada kichik edi. Kino ekranlariga o’xshash ekran nisbati (21:9:9) tufayli foydalanuvchilar jonli va qiziqarli kontentning hayajonli dunyosiga shong`ish imkoniyatiga ega bo`lishdi.

 

 

 

 

 

Galaxy Z Flip bilan Samsung yashirin sharnir mexanizimi foydalanuvchi tajribasini yangi darajaga olib chiqdi. Mahsus sharnir mexanizmi telefoda noutbukdagidag qulay buklanuvchanlikni taqdim etadi. Foydalanuvchilar o’z qurilmalarini bemalol buklashlari, aylantirishlari va joylashtirishlari mumkin bo`ldi– bu qo’llarsiz selfi olish va do’stlari bilan suratga tushish jarayonini yengillashtirdi.

 

 

 

Shuningdek, Samsung Flex rejimi paydo bo`ldi, u qurilmani bukkanda ekranni avtomatik ravishda ikki qismga ajratish imkonini beradi. Turli hamkorliklar natijasida, Samsung ushbu zamonaviy interfeysni optimallashtirdi va foydalanuvchi tajribasini oshirdi. Masalan, Kamera ilovasidan foydalaniyapkaningizda ekranning yuqori qismida kadrlarni ko’rishingiz va bir vaqtning o`zida ekranning past qismida kamera rejimlari yoki linzalarini sozlashingiz mumkin. Bundan tashqari, telefon “ko’p ekran”likka egaligi uchun, har bir ekranda bir vaqtning o’zida bir nechta ilovalarni namoyish qilish orqali ko’p vazifalarni bajarishga imkon beradi.

 

 

 

 

 

Galaxy Z Flip qadriyatlarini davom ettirgan holda, Galaxy Z Flip 3 debyuti seriyaning dizayni va ishlashini yangi cho’qqilarga olib chiqdi. Kattalashtirilgan orqa ekran telefonning eng ko’zga ko’rinar yangilanishlaridan biri bo’lib, endi avvalgi olchamga nisbatan to’rt baravar katta. Foydalanuvchilar rasmlar yoki GIF-lar bilan muqova ekranini sozlash va sakkiz qatorgacha bildirishnomalar va xabarlarni qulay tarzda ko’rish orqali foydalanish tajribalarini oshirishlari mumkun.

 

 

Galaxy Z Flip 3 shuningdek, Foydalanuvchining suratga olish qulayligini oshiradigan ko’plab kamera funksiyalariga ega bo’lib, lahzalarni qo’llarsiz suratga olish va ularni moslashuvchan rejimda baham ko’rish imkonini beradi. Avtomatik ‘aniqlash” funksiyasi qo’shilishi bilan kamera kadrdagi odamlar yoki ob’ektlarning joylashuvi va sonini aniqladi va fotosuratlar va videolar uchun formatni avtomatik ravishda moslashtirdi. Aytaylik, fotosuratchi va suratga tushyapkan inson bir vaqtning o’zida rasmni oldindan ko’rishni xohladi. Bunday holda, foydalanuvchi ekranning yuqori o’ng burchagidagi oldindan ko’rish tugmachasini bosishi yetarli. Bundan tashqari, yangilangan Quick Shot xususiyati yordami bilan hohlagan pozangizda oson suratga tushaolasiz.

 

 

 

Galaxy Z Flip 3 ko`rinishi tufayli deyarli har qanday joyga sig’ishi mumkunligi juda qulay, va yana bir afzalligi bu oshirilgan chidamlilig va suvdan himoya. Yengil korpus zirhli alyuminiydan bo`lib bugungi kunda Galaxy qurilmalarida ishlatilgan eng bardoshli materiallardan biri. Galaxy Z Flip 3 old oynasi Corning® Gorilla® Glass Victus® himoyasiga ega. Asosiy display uchun qo’llanilgan yangi ekran himoyasi oldingi avlodga nisbatan 80% ko`proq chidamli. Shuningdek, Galaxy Z Flip 3 IPX8[1] suvga chidamlilig darajasiga ega birinchi smartfon bo’lib, buklanuvchan telefonlar foydalanuvchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va xotirjamlik baxsh etadi.

 

 

 

 

2022-yilda Samsung kundalik hayotga osongina mos keladigan ko’plab amaliy funksiyalarga ega Galaxy Z Flip 4-ni yaratdi. Masalan, ekranning pastki qismida bir qator imo-ishoralarni qo’llab-quvvatlaydigan sensor paneli moslashuvchan Flex rejimiga[2] ega bo`ldi. Kompyuter sichqonchasi kursoriga o’xshab, foydalanuvchilar barmoqning bir harakati bilan turli elementlarni osongina boshqarishi imkoniyatini yaratish uchun qurilmani ko’tarmasdan videolarni to’xtatib turish, orqaga qaytarish yoki ijro etish mumkin. Samaradorlikni oshiruvchi yana bir xususiyat-bu ko’p vazifalarni bajarish uchun optimallashtirilgan surish imo-ishorasi. Misol uchun, agar foydalanuvchi ikki barmog’ini yuqoriga surgan bo’lsa, yangi ilovani ochish uchun ekran yuqori va pastki yarmiga bo’lingan.

 

 

 

Galaxy Z Flip 4, shuningdek, foydalanuvchilarga o’z fotosuratlari ustidan ishlash imkoniyatlarini oshirdi. Yon tugmani ikki marta bosish orqali foydalanuvchilar Galaxy Z Flip 4-ning tezkor suratga olish funksiyasidan foydalanib, telefonlarini ochmasdan suratlar olish imkonini beradi. Endi ular hatto Quickshot-da videoni ishga tushirishlari va hech qanday uzilishlarsiz Flexcam-ga osongina o’tishlari mumkin edi. Yulduzli tungi osmonni suratga olish uchun foydalanuvchilar butunlay yangi tungi suratga olish rejimidan foydalanishlariimkoniyatiga ega bo`lishti, bu hatto qorong’uda ham suratga olish imkonini beradi – tasvirda kamroq shovqin bilan yorqin, tiniq suratlar uchun.

 

 

 

Galaxy Z Flip 4 o’z egasining uslubini chinakam aks ettirgan holda, shaxsiyatni ifodalash uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etdi. Shuningdek, foydalanuvchilar 400 Ma/soat quvvatga ega batareya tufayli Galaxy Z Flip 4-dan oldingi avlodlarga qaraganda uzoqroq xizmat qiladi.

 

 

 

 

Bu yil Samsung Galaxy Z Flip 5-ni taqdim etdi, bu bugungi kundagi eng zamonaviy va noyob buklanuvchan smartfon. O’zini ifoda etish uchun yaratilgan va innovatsion dizayn va moslashtirilgan xususiyatlar bilan to’ldirilgan, o’ziga xos xususiyat-bu avvalgi modellar orqa ekranidan 3,78 baravar katta bo’lgan yangilangan moslashuvchan oyna.

 

 

 

Katta ekran bilan Galaxy Z Flip 5 har qachongidan ham ko’proq foydalanish imkoniyatini beradi. Flex Window yordamida foydalanuvchilar vidjetlarni, jumladan ob-havo, fond bozori va musiqani osongina tekshirishlari va telefonlarini ochmasdan ham boshqarishlari mumkin. Himoya ekrani va to’liq mavjud QWERTY klaviaturasi bilan telefon qo’ng’iroqlari va xabarlarini tekshirish va ularga javob berish yanada osonlashti.

 

 

Yangi moslashuvchan kamera bugungi kunda Samsung Galaxy smartfonlarida eng ko’p qirrali kamera tajribasini taqdim etadi. Orqa kamera yordamida selfi olish uchun foydalanuvchilar Flex kamerada o’zlarining tabassumlarini qulay tarzda sinab ko’rishlari, har hil rakurstan ajoyib, qo’lsiz suratga tushishlari, rang va tonallikni sozlashlari mumkin. Kamerani barqarorlashtiradigan Super Steady xususiyati, shuningdek, foydalanuvchilar yo’lda silliq suratga olishlarini ta’minlaydi. Kam yorug’likdagi fotosuratlarni optimallashtirish va raqamli 10x kattalashtirish uchun tungi suratga olish imkoniyatlari yaxshilanganligi sababli, foydalanuvchilar o’z ijodlarini istalgan joyda, vaqtda va istalgan burchakdan namoyish etishlari mumkin.

 

 

Endi Galaxy Z Flip 5-ni ichki va tashqi tomondan sozlashning yanada ko’proq usullari mavjud. Masalan, yangi Flipsuit Case[3] Flip suit Card deb nomlangan almashtiriladigan NFC-karta mavjud, bu foydalanuvchilarga orqa oyna dizayni va qopqoq dizaynini sinxronlashtirish imkoniyatini beradi.

 

 

 

 

 

 

 

Flip telefonlarning kelajagi shu yerda

 

 

Tarixdagi o’zgarishlarga asoslanib, Samsung kundalik hayotni yaxshilaydigan mobil qurilmalarni taqdim etadi. Har bir qurilmada mobil innovatsiyalar chegaralarini oshiradigan ko’plab xususiyatlar mavjud. Galaxy Z Flip seriyasi bukiluvchan ekran texnologiyasi bilan smartfon sanoatini tubdan o’zgartirdi. Samsung butun dunyo bo’ylab foydalanuvchilar uchun yangi va g’ayrioddiy imkoniyatlarni ochib berar ekan, Galaxy Z Flip seriyasi bilan smartfonlar haqidagi an’anaviy tushunchalarga yangilashni davom etadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

[1] IPX8 himoyasi 1,5 metrgacha bol`gan chonqurlikta, chuchuk suvda 30 daqiqa  davomida sinovdan o`tgan.
[2] Moslashuvchan rejim paneli Galaxy Z Fold 4-da ham qo’llab-quvvatlanadi. Avval sozlamalarda Labs orqali moslashuvchan rejimni faollashtirishingiz kerak. Ba’zi ilovalar moslashuvchanlik rejimini qo’llab-quvvatlamasligi mumkin.
[3] Aksessuarlar alohida sotiladi. Model va rangning mavjudligi bozorga qarab farq qilishi mumkin.

 

 

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Munozaralar va faktlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga