[Intervyu] 8K tomon shoʻngʻiymiz: suvosti kinematografchisi Pavel Axtel yuqori oʻlchamli kino ijodkorligining yangi davri toʻgʻrisida soʻzlaydi
Videografiya va kino ijodkorligi olami doimo rivojlanib, yangi texnologiyalar chegaralarni ochib bormoqda. Ushbu texnologiyalarning eng soʻnggisi 8K oʻlchamli video boʻlib, u ilgari tasavvur qilib boʻlmagan yangi darajadagi tiniq detallar va yorqinlikni videoga muhrlash imkonini beradi. 8K bilan rejissyorlar va videograflar quruqlikda ham, suv ostida ham tasvirlarni mislsiz tiniqlik va realizmlik bilan suratga olishlari mumkin, bu esa teletomoshabinlarga chinakam immersiv tomosha taassurotini beradi.
Pavel Axtel bilan tanishamiz: 35 yildan koʻp karyeraga ega va ekvatordan Antarktidagacha boʻlgan oraliqda 5000 dan ortiq shoʻngʻishlarni amalga oshirgan, suvosti kinematografiyasi boʻyicha dunyoga mashhur professional. Rejissyorning shoʻngʻish boʻyicha katta tajribasi uning kinematografiyadagi ishi haqida maʼlumot beradi. Xususan, uning suvosti hayoti haqidagi oʻzgacha nuqtayi nazari National Geographic, BBC va Discovery kabi sanoat yetakchilari eʼtiborini tortgan va ilgʻor kinematografiya uskunalarini loyihalash va ishlab chiqarishi uning bu sohadagi katta tajribasini yana bir bor taʼkidlaydi. Shuningdek, u “Avatar: suv yoʻli” filmi uchun 8K oʻlchamdagi suvosti kadrlarini suratga olishda ishtirok etgan.
Samsung Newsroom Pavel Axtel bilan suvosti kinematografiyasi tafsilotlari haqida maʼlumot olish va Samsung Neo QLED 8K televizorlari kino ijodkorlari va uydagi tomoshabinlar uchun kino olamini qanday o‘zgartirayotganini o‘rganish uchun suhbatlashdi.
8K texnologiyasi qanday qilib suvosti filmlarini yaratishni taraqqiy etadi
Suvosti kinematografiyasi kabi vizuallik muhim boʻlgan sohalarda Samsung Neo QLED 8K televizori ajralmas unsur hisoblanadi. Bu nafaqat tomoshabinlarni filmga shoʻngʻishiga yordam beradi, balki kino ijodkorlari uchun suvosti kadrlarini texnik jihatdan baholay olishi uchun ham juda muhimdir.
▲ Suvosti kinematograflari suvostida suratga olish jarayonida koʻplab muammolarga duch kelishadi: okean oqimlari, yorugʻlikning sinishidan optikal muhitning qiyinlashishi. Ammo Axtelga to‘siqlarni yengib o‘tgandan keyingi hayratlanarli natijalar qiziqroqdir (video manba: havola)
Okean oqimlari va yorugʻlikning sinishi kabi toʻsiqlar tufayli suv ostida haqiqiy 8K sifatiga ega videoni suratga olish qiyinlashadi. “Ammo hammasi reja boʻyicha ketganda natijalar hayratlanarli chiqadi”, dedi Axtel.
Suvosti linzalari kabi ilg‘or texnologiyalar ushbu kadrlarni suratga olishda yordam bersa-da, o‘zining yuqori detallar va tiniqligi bilan mashhur Neo QLED 8K televozori Axtel kabi kino ijodkorlarga suvosti sahnalarining eng mayda detallarini ham sinchiklab o‘rganish imkonini beradi. Bu suvosti optikasi muammolarini yengan holda suratga olishdan keyingi tasvir aniqligi va uning boshqa jihatlarini yaxshilashga yordam beradi.
“Suvosti dunyosini boʻysindirish qiyin va kino ijodkorlari odamlarga uni boshqa hech qayerda uchratolmaydigan qilib batafsil koʻrsatib berish uddasidan doim ham chiqa olmaydi”, dedi Axtel. “Bu omillar kadrlarni qiziqarli va jozibali qiladi. Ayniqsa, biz uchun mutlaqo begona boʻlgan muhit ajoyib detallar bilan ochib berilsa.”
Samsung CES 2024 ko‘rgazmasida katta shov-shuv koʻrsatdi: yangi Neo QLED 8K televizorini yangi NQ8 AI Gen3 protsessori bilan birga namoyish etib, uy ichidagi kinematografik muhitni yaratdi. Uning xususiyatlaridan hayratda qolgan kinorejissyor televizorni “tubdan oʻzgartiruvchi texnologiya” deb atadi.
U Neo QLED 8K modellarida mavjud bo‘lgan 8K AI Upscaling Pro va AI Motion Enhancer Pro [1] kabi funksiyalarni alohida maqtab, Samsung’ning ajoyib vizual tasvirlarni yetkazishga sodiqligini ta’kidladi. “CES 2024 ko‘rgazmasida ilg‘or funksiyalarga guvoh bo‘lib, ishonch bilan aytishim mumkinki, ular realistik va immersiv muhitni rivojlantiradi”, deya qo‘shimcha qildi Axtel.
Biroq ushbu suvosti kinematografi 8K ning haqiqiy kuchi kontent yaratish va isteʼmol qilishda yangi yoʻnalishni belgilab beruvchi ishlab chiqarish va tomosha qilish texnologiyalarining uzluksiz integratsiyasida deb biladi.
8K uy kinoteatriga sho‘ng‘iymiz
8K suratga olish jihozlarini ishlab chiqish va sohada qoʻllash toʻxtovsiz davom etar ekan, bu 8K oʻlchamli sifatni toʻliq ochib beradigan kontent yaratilishiga ham turtki boʻlmoqda. 8K ning mislsiz detallarga boyligi va aql bovar qilmaydigan jihatlari uni storitelling uchun muhim vositaga aylantiradi. Ayniqsa, unda kuchli vizual taʼsirga ega kontent talab qilinadigan boʻlsa.
Koʻpincha sekinlik bilan koʻrsatiladigan suvosti tasvirlarni misol qilib olaylik. Sekin kadrlar tomoshabinlarga notanish muhit manzaralarini kuzatish, ularni oʻrganish va eʼtibordan chetda qoladigan elementarni ilgʻay olishi uchun choʻzilib koʻrsatiladi.
Neo QLED 8K televizori bilan tomoshabinlar okean tubidagi ta’sirchan ranglar turfaligi va detallarga boy sahnalarning nozik tasviridan bahramand boʻla olishadi. Tinchlantiruvchi moviy suvdan baliq va marjon riflarining jonli va yorqin ranglarigacha Axtel oʻzining 8K suvosti tasvirida ularning jozibador noyob ranglari va naqshlarining xilma-xilligini detallar bilan koʻrsatib beradi. Neo QLED 8K bilan endi video kontentning sifati bilangina cheklanib qolmaysiz.
“Tomoshabinlar nuqtayi nazaridan, Neo QLED 8K televizori 8K ekotizimini jonlantirishda muhim rol oʻynaydi”, taʼkidladi u. “Televizor ajoyib tasvir aniqligi bilan kontentni namoyish etibgina qolmay kichik oʻlchamli tasvirlarni ham deyarli 8K sifatida koʻrsatadi va tomosha qilish paytidagi taassurotni choʻqqilarga chiqaradi.”
Kengaytirilgan neyron tarmoqlari va ilgʻor AI apskeyl funksiyalari bilan taʼminlangan tasvir sifatini hisobga olgan holda, Neo QLED 8K televizori dastlab 8K formatida suratga olinmagan kontentda ham tomosha zavqini oshiradi. Kengaytirilgan tasvir sifatini katta ekran o‘lchamlari bilan birlashtirish yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Xususan, teatrdagi anʼanaviy katta ekranlar bilan raqobatlasha oladigan televizor endi uyingizda boʻladi.
Toʻxtamasdan rivojlanib borayotgan vizual storitelling sohasida televizorning 8K boʻlmagan kontentni apskeyl qilish qobiliyati katta imtiyozdir. Bu esa kino ijodkorlarini yuqori sifatli kontent yaratishga ilhomlantiradi.
“Oxir-oqibat, kengaytirilgan vizual tasvir va immersiv qobiliyatlar bilan jihozlangan qurilmaga ega boʻlish kinematograflarga tomoshabinlar yoqtiradigan diqqatni tortuvchi kontentni yaratish va baholash imkonini beradi”, dedi Axtel.
▲ AI Motion Enhancer Pro nafaqat suv ostidagi kadrlarni, balki sahnadagi raqqoslar yoki sport tadbirlari kabi tezkor surʼatlarda kadrga olinayotgan tasvirlarni ham 8K oʻlchamida yanada zavq bilan tomosha qilishga yordam beradi
8K texnologiyasining suvosti kinematografiyasida va uyda maroqli vaqt oʻtkazishda oʻynaydigan roli vizual storitellingni yaxshilash va butun dunyo boʻylab tomoshabinlarga qoyilmaqom taassurotlarni yetkazish bilan oʻzining sohadagi taraqqiy salohiyatini namoyish etadi.
Samsung Neo QLED 8K haqida batafsil ma’lumot olish uchun samsung.com saytiga tashrif buyuring.
[1] 8K AI Upscaling Pro va AI Motion Enhancer Pro funksiyalari faqat QN900D modeli uchun.
Qurilmalar > TV va Audio
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.