[Intervyu] Galaxy Watch Ultra va Galaxy Watch7 sahna ortida: Keyingi avlod aqlli soatlari uchun mahsulotlarni rejalashtirish

26/08/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Yangi aqlli soat paydo bo’ldi – foydalanuvchilar sog’ligiga kundalik ravishda g’amxo’rlik qilish imkoniyatini taqdim etishdan tashqari, ekstremal sarguzashtlarni boshlayotganlarida ham hamrohlik qiladi. Galaxy Watch turkumidagi eng kuchli aqlli soat, ya’ni Galaxy Watch Ultra bilan tanishtiramiz.

 

Ilg‘or salomatlik monitoringi vositalariga ega va premium segmentiga tegishli bo‘lgan Galaxy Watch Ultra va Galaxy Watch7 sotuvga chiqarilishi Samsung Electronics kompaniyasining foydalanuvchilarning bilaklariga taqish mumkin bo‘lgan cheksiz imkoniyatlarni namoyish etishga sodiqligini bildiradi.

 

Samsung Newsroom ushbu mahsulotlar qanday shakllanganligini muhokama qilish uchun Samsung Electronics kompaniyasining Mobile eXperience Business yo’nalishiga qarashli Taqiladigan mahsulotlarni rejalashtirish guruhi a’zolari Scott Yu va Elin Park bilan uchrashdi.

 

Ekstremal vaziyatlar uchun ishlab chiqilgan o’ta quvvatli AI soatining paydo bo’lishi

 

Savol: Galaxy Watch Ultra’ni rejalashtirish jarayoni qanday kechdi?

 

Yu: Galaxy Watch Ultra bizning Galaxy Watch modellar qatorimizda yangi premium darajali qo‘shimcha hisoblanadi. Turli tadqiqotlar orqali biz premium bozorda sezilarli o’sish salohiyatini aniqladik va ushbu segmentga birinchi qadamlarni qo’ya boshladik. Galaxy Watch Ultra keyingi darajadagi ochiq havoda faol mashg’ulotlar tajribasini taqdim etish uchun chidamlilik va ilg‘or AI imkoniyatlari bilan ta’minlangan.

 

▲ Scott Yu

 

Savol: Kundalik ravishda sog’liqqa g’amxo’rlik qilish bilan solishtirganda ochiq havoda sport turlari uchun xususiyatlarni ishlab chiqish yondashuvi qanday farq qildi?

 

Park: Biz oddiy foydalanuvchilardan tortib sport havaskorlari va o’zlarining fitnes darajasini yaxshilashni istagan professionallargacha bo’lgan barchani qoniqtiradigan yechim topmoqchi edik. Dastlab, biz yugurish, velosport va suzish kabi eng mashhur mashqlarga e’tibor qaratdik, shu bilan birga tegishli xususiyatlarni yaxshilash uchun turli xil foydalanish holatlariga e’tibor qaratdik. Qizig’i shundaki, biz ko’p odamlar bitta mashqni bajarish o’rniga ikki yoki uch turdagi mashqni almashtirib turishini aniqladik. Ushbu tushuncha bizni Multi-sport birikmalarini joriy etishga ilhomlantirdi – bu xususiyat foydalanuvchilarga o’zlarining mashqlar kombinatsiyasini sozlash va turli mashqlar natijalarini hisoblash, shu jumladan duatlon va triatlon ko’rsatkichlarini hisoblash imkonini beradi.

 

▲ Elin Park

 

Savol: Galaxy AI Galaxy Watch seriyasini rejalashtirishga qanday ta’sir qildi?

 

Yu: Biz taqiladigan qurilmalar Galaxy ekotizimida AI tajribasini taqdim etish uchun vosita bo’lib xizmat qilishi haqida o’ylab ko’rdik. Tegishli bo’limlar bilan hamkorlik qilib, biz AI funksiyalarini maksimal darajada oshirish uchun Galaxy smartfonlari va soatlarining imkoniyatlarini birlashtirishga harakat qildik. Masalan, funksional chegara quvvati (FTP)[1] foydalanuvchilarning maksimal velosiped quvvatini yurak urish tezligi monitoringi va AI ko’rsatkichlari asosida o’lchaydi va foydalanuvchilarga to’liq potentsialni ochishga imkon beradi. Bundan tashqari, Galaxy Watch uyqu maʼlumotlarini doimiy ravishda kuzatib borish va uyqu haqidagi ilgʻor maʼlumotlarni taqdim etish uchun AI algoritmlaridan foydalanadi.

 

Park: Galaxy AI foydalanuvchilar uchun juda ko’p imkoniyatlarni ochib beradi. Men ta’kidlamoqchi bo’lgan xususiyatlardan biri Energy Score[2] – Galaxy Watch Ultra va Galaxy Watch7’da mavjud. Galaxy AI turli sog‘liq ko‘rsatkichlarini, jumladan uyqu va faollik ma’lumotlarini tahlil qiladi va foydalanuvchilarga o‘z tanalarini yanada intuitiv va aniqroq tushunishga yordam beradigan umumiy energiya darajasini aks ettiruvchi ballarni taqdim etadi.

 

Optimal foydalanish va qulaylikka intilish

Savol: Yangi soatlarni loyihalashda eng murakkab masala nimadan iborat edi?

 

Park: Birinchi marta Galaxy Watch Ultra Quick Button (tarj. “Tezkor tugma”) bilan jihozlangan bo’lib, u qurilmani ishlatish uchun zarur bo’lgan turli xil foydalanuvchilar yo’nalishlari va harakatlariga e’tibor qaratishning eng yuqori nuqtasini ifodalaydi. Bir yoki ikki marta tezda bosish orqali foydalanuvchilar eng ko’p ishlatiladigan funksiyalariga kirishlari mumkin. Favqulodda vaziyatlarda tugmani besh soniya ushlab turish 180 metrgacha eshitiladigan 86 desibelgacha bo’lgan Favqulodda sirena tovushini faollashtiradi. Yangi elementni qo’shish mexanik, dizayn va texnik ta’minot guruhlari o’rtasida doimiy aloqa va hamkorlikni talab qiladigan muhim o’zgarish edi.

 

▲ Galaxy Watch Ultra’dagi Quick Button

 

Savol: Quick Button’dan tashqari, Galaxy Watch Ultra uchun tashqi dizaynning qaysi jihatlari ustuvor edi?

 

Yu: Galaxy Watch Ultra yangi yostiq dizayniga ega bo‘lib, u asl Galaxy Watch seriyasidagi dumaloq dizaynni aks ettiradi. Bundan tashqari, dizayn an’anaviy soatlarning jihatlarini o’z ichiga oladi va shu bilan birga har qanday muhitda xotirjamlik uchun ishonchli himoyani ta’minlaydi.

 

Park: Galaxy Watch Ultra maksimal qulaylik uchun bir nechta soat bantlari bilan birga keladi. Yangi, soddalashtirilgan moslashuvchan qulflar tizimidan foydalangan holda, soat tasmalari osongina biriktirilishi va turli xil tashqi mashg’ulotlarga mos ravishda almashtirilishi mumkin.

 

▲ (chapdan) Scott Yu va Elin Park yangi Galaxy Watch qurilmalarining so’nggi xususiyatlarini yoritib bermoqdalar.

 

Savol: Mahsulotlar sotuvga chiqarilgandan beri eng esda qolarli fikr-mulohazalar haqida gapirib bersangiz.

 

Yu: Galaxy Watch Ultra o‘zining asosiy tamoyillariga sodiq qoladi – ulardan biri ilg‘or teginish hissi. Ushbu texnologiya foydalanuvchilarning sensorli ekran bilan o’zaro aloqada bo’lgan teginish hissini takomillashtiradi va displeyni yumshoqroq va sezgirroq qiladi. Ko’pchilik bu yaxshilanishni payqaganini ko’rishdan mamnunman. Mahsulot faqat taqilganda to’liq baholanishi mumkin va umid qilamanki, ko’pchilik buni boshdan kechirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

 

Park: “Nihoyat!” eng quvontiruvchi sharh bo’ldi. Biz iste’molchilar va texnologiya mutaxassislaridan mahsulot sifati yaxshilangani haqida ko’plab maqtovlar oldik. Men hammaning mashaqqatli mehnati nihoyat amalga oshganidan xursandman va ko’pchilik so’nggi taqiladigan moslamalarni qadrlashini bilishdan juda minnatdorman.

 

Galaxy Watch seriyasi tomonidan qayta belgilangan kelajak

Savol. Bir so‘z yoki jumla bilan yangi Galaxy soatlarini qanday ta’riflagan bo‘lardingiz?

 

Yu: Samimiylik bizning ustuvor tamoyilimiz edi. Biz iste’molchiga samimiylik bilan yaqinlashtiradigan aqlli soat ishlab chiqmoqchi edik. Mahsulotni rejalashtirish va ishlab chiqish simfonik spektaklni boshqarishga o’xshaydi – bu jarayonga har bir kishi o’z qalbi va ruhini, hatto siz ko’ra olmaydigan qismlarni ham jalb qiladi. So’ngra, ajoyib natijani ko’rishimiz mumkin. Fursatdan foydalanib, ishlab chiqish va dizayn jamoalariga hamda mahsulotlarni bozorga chiqarishda ko’p mehnat qilgan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

 

Park: Men uchun bu “burilish nuqtasi” bo’lardi. Galaxy Watch Ultra ham, Galaxy Watch7 ham Galaxy Watch tarixidagi katta o‘zgarishlarni anglatadi. Biz sevimli Galaxy soatlarini zamonaviy va minimalistik dizayni bilan doimiy ravishda rivojlantirdik. Endi biz Galaxy Watch Ultra kabi aniq maqsadga ega modelni taqdim etish orqali oldinga qadam tashlamoqdamiz. Bu turli bozorlarga qanday munosabatda bo’lishimizning asosiy burilish nuqtasidir.

 

▲ (chapdan) Scott Yu va Elin Park eng yangi Galaxy Watch modellari bilan suratga tushishdi.

 

Savol: Galaxy Watch’dan kelgusida nima kutsa bo’ladi?

 

Yu: Biz AI imkoniyatlariga ko’proq e’tibor qaratmoqchimiz. Galaxy AI’ning bir qator xususiyatlarini Galaxy Watch seriyasiga integratsiyalashgan holda, biz foydalanuvchilarga raqamli sog’liq uchun takomillashgan tajriba va ko’proq moslashtirilgan tushunchalarni taqdim etishga harakat qilamiz.

 

Park: Sog’liqqa g’amxo’rlik qilish yechimi sohasida hali ham rivojlanish uchun imkoniyatlar mavjud, shuning uchun biz bu yo’ldan qadam-baqadam o’tmoqchimiz. Biz bir qator ishlanmalar ustida ish olib boryapmiz va optimal foydalanuvchi tajribasini ta’minlash uchun mavjud modellarni doimiy ravishda yangilab turamiz. Umid qilamanki, biz Galaxy Watch kelajagi haqidagi ilhomlanishimizni foydalanuvchilarimiz bilan baham ko’ra olamiz.

 

Eng so’nggi Galaxy soatlari izchil va noyob innovatsiyalar bilan o’z chegaralaridan tashqariga chiqdi. Samsung foydalanuvchilar hayotining turli sohalarida muqarrar ravishda markaziy rol o’ynaydigan Galaxy Watch’ning evolyutsiyasini kutmoqda.

 

 

[1] Shaxsiylashtirilgan FTP’ni o’lchash uchun Galaxy smartfoni quvvat o’lchagichga ulangan bo’lishi kerak. FTP’ni aniqroq hisoblash uchun Galaxy Watch’ni smartfonga ulash lozim. Velosipedga velosiped quvvati o’lchagich ulangan holda 4 daqiqadan ko’proq vaqt davomida velosiped haydash o’rta va yuqori intensivlik darajasida sodir bo’lganda FTP avtomatik ravishda hisoblanadi. Mashinali o’rganishdan foydalangan holda, foydalanuvchilar qancha ko’p marta qayta-qayta haydashsa, FTP qiymatlari shunchalik aniq va moslashtirilgan hisoblab chiqiladi. Velosiped quvvat o’lchagich alohida sotiladi. Professional uskunada an’anaviy FTP tahlilining davomiyligi o’rtacha 1 soatgacha.

 

[2] Energy Score Android telefonlarida (Android 11 yoki undan yuqori) mavjud va Samsung Health ilovasini talab qiladi (v6.27 yoki undan yuqori). Samsung akkauntiga kirish talab qilinadi. Xizmat mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Energiya reytingini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch’dan kuzatilgan salomatlik ma’lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashtirilishi kerak. Hech bo’lmaganda oldingi kundagi faollik va uyqu, uxlaganda yurak urishi ma’lumotlari kerak. Har qanday tibbiy holatni aniqlash, diagnostika qilish, davolashda foydalanish uchun mo’ljallanmagan. Axboriy natija faqat sizning shaxsiy ma’lumotingiz uchun taqdim etiladi. Tibbiy xulosa uchun shifokor bilan maslahatlashing.

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga