Samsung art platformalari dizayn sohasida hamkorlik orqali rang-baranglik va inkluzivlikni qanday targʻib qilmoqda
Sanʼat asaridagi dadil chiziqlar va yorqin ranglar inson eʼtiborini oʻziga qaratishi mumkin. Tomoshabin sanʼat asari bilan oʻzaro munosabatga kirishganda u rassom nigohi bilan koʻrishi va ularning universal qarashlari haqida tasavvur hosil qilishi mumkin.
Quyidagi taqdim etilgan sanʼat asarlari kontent vositasida ijtimoiy toʻsiqlarni bartaraf qiluvchi tashkilot – KIMUSTUDIO (KIMU) maxsus dizaynerlari bilan hamkorlikda yaratilgan. Maxsus dizaynerlar bu – rivojlanishda nuqsoni mavjud dizaynerlar jamoasidir, ular butun dunyo uchun noyob va qiziqarli sanʼat asarlari yaratish ustida ishlashadi.
Endi ularning sanʼat asarlarini Samsung Electronics kompaniyasining turli xil badiiy platformalarida koʻrish mumkin. Samsung va KIMUSTUDIO isteʼmolchilaring kundalik turmushiga noyob KIMU estetik elementlari va qadriyatlarini olib kirish maqsadida yangi maxsus loyihani taqdim etish uchun birlashdi. Drawing Diversity loyihasi haqida batafsil maʼlumot uchun Samsung yangiliklar boʻlimi loyiha ishtirokchilari bilan uchrashdi hamda jamoa va bu hamkorlik qanday yuzaga kelgani haqida maʼlumot oldi.
Art-platforma kontenti: Sanʼatni sodda qabul qilish D&I qadriyatlarini oshiradi
“Biz Samsung kompaniyasi isteʼmolchilari porloq kelajakni yaratishda bizga qoʻshilishi uchun nima qilishi mumkinligi haqida uzoq va qizgʻin fikrladik”,- deydi Korporativ barqarorlik markazidan Bora Kim, u Drawing Diversity loyihasini rejalashtirgan. “Agar mahsulotlarimiz va xizmatlarimizda rang-baranglik va inkluzivlik (D&I) qadriyatlarini dastaklay olsak, isteʼmolchilarimiz tabiiy ravishda bu qadriyatlarni isteʼmol qilishda va tarqatishda ishtirok etishi mumkin deb oʻyladik”, deb izohlaydi u.
“KIMUSTUDIOʼda barcha xodimlar bir-birini toʻldiradi va ularning isteʼdodi va kuchli jihatlari qoʻl keladigan vazifalar taqsimlanadi”,- deydi Korporativ barqarorlik markazidan Yeonji Chi KIMUSTUDIO bilan hamkorlik qanday boshlanganini tushuntirar ekan. “KIMUSTUDIO bir tomonlama yordam koʻrsatmaydi, buning oʻrniga barchani oʻzini qanday boʻlsa, shunday qabul qilishga ham isteʼdodini oshkor qilishga chaqiradi. Bu tarzda sanʼat asarlarini yaratish turli xodimlar, hamkorlar va manfaatdor shaxslar bilan hamkorlik va oʻzaro rivojlanish orqali barqaror kelajakni yaratish boʻyicha oliy maqsadimizga muvofiq keldi”.
“Gap bu hamkorlikka borib taqalganda, biz KIMUSTUDIO faoliyati sifatini taʼkidlamasligimiz mumkin emas”,- deydi Chi. “Avvalo, biz KIMUSTUDIO uchun noyob boʻlgan alohida sanʼat asarlari taʼsiriga tushib qoldik. Shaxsan menga nafaqat yorqin ranglar va maftunkor ish uslubi, balki ularning sifati ham yoqdi, ular juda diqqatga sazovor va Samsung badiiy platformalari orqali isteʼmolchilarimizga taqdim etish uchun mos edi”, – qoʻshimcha qiladi Chi.
“KIMU sanʼat asarlari ilgari sanʼatda qobiq yaratgan stereotiplarni buzib yuboradi. Buning oʻrniga ular bizga insonlar orasidagi tafovutlarga yangicha razm solishga yordam beradi”,-deydi Kim. “Biz KIMU studiyasining sanʼat va D&I qadriyatlarini cheklangan tarzda umumlashtirgan sanʼat asarlarini isteʼmolchilar bilan Samsung mahsulotlari va xizmatlari orqali ulashishni xohladik”,-deydi u.
Isteʼmolchilar Samsung badiiy platformalaridagi maxsus dizaynerlarning sanʼat asarlarini sotib olganda tushumning bir qismi darhol KIMUʼga ulashiladi. Shunday qilib, isteʼmolchilar oʻz kundalik turmushida D&I qadriyatlari targʻibotida ishtirok etishi hamda hamda goʻzal KIMU sanʼat asarlariga baho berishi mumkin.
Rang-baranglikni kengroq dunyoga ulashamiz
KIMU sanʼat asarlari koʻplab insonlar bilan hamkorlika yaratiladi. Maxsus dizaynerlar va jamoaning boshqa aʼzolari oʻzlarining eskizlar chizish, boʻyash, dizayn kabi boshqa koʻplab noyob badiiy isteʼdodlari yordamida birgalikda ishlaydi. Umumiy hisobda 16 nafar KIMU dizayneri Samsung Drawing Diversity loyihasi ustida birgalikda ishlagan.
Biroq sanʼat asarlarini badiiy platformalar orqali namoyish qilish KIMU koʻproq tanish boʻlgani kabi sanʼat asarlarini galereyalarda namoyish qilishdan farq qiladi. Shuningdek, badiiy asarlarni va bu mahsulotlarning xususiyatlarini aks ettiruvchi elektron qurilmalarning rolini, masalan, ular odatda qayerga joylashtirilishini inobatga olish zarur edi. Bundan tashqari loyiha ishtirokchilari televizorlar, smartfonlar va sovitkichlar tomoshabinlarning kundalik hayotida qanday ishlatilishini koʻrishi zarur edi.
“Biz Samsung badiiy platformalarining unikal xususiyatlarini inobatga olgan holda turli xil uslubdagi sanʼat asarlarini tashkil qildik, ular sanʼata asarlaridan insonlarning kundalik turmushida oson foydalanishga imkon beradi”,-deydi KIMUSTUDIO Bosh direktori Jang-won Nam. “Bizning ijod qilish uslubimiz mavjud asarlarimizdan farq qiladi va biz oʻzimiz ustida ishlagan loyihalar asosida yangi naqshlar, peyzajlar va badiiy obyektlar yaratdik. Natijada yanada badiiyroq boʻlgan va yangi aurani hosil qiluvchi sanʼat asarlarini yaratdik”.
Odatda kvadrat shaklidagi sanʼat asarlari qurilmaning muayyan oʻlchamlariga muvofiq tuzatildi, shuningdek, rang-barang yangi naqshlar, dizaynlar va mavzular yaratildi. Qolaversa, sovitkichlarga joylangan badiiy sanʼat asarlari odatda tabiat va jonivorlar tasvirini ichiga oladi, bu esa oshxona va tashqi muhit bogʻliqligi haqida taassurot hosil qiladi va uyda yanada shinam atmosfera yaratadi.
“Bespoke Atelier va the Art Store uchun biz maishiy texnika uchun unikal ranglar va shakllar kabi dizayn elementlari bilan yaxshi chiqishadigan sanʼat asarlari haqida oʻylab koʻrdik”,-deydi Hur. “Foydalanuvchilar har kuni munosabatga kirishadigan smartfonlardagi Galaxy mavzulari uchun foydalanuvchilarning afzalliklariga muvofiq urfdagi ranglar va uslublarni yaratishga eʼtiborimizni qaratdik”.
Sanʼat asarlari namoyishi platformasi oʻzgargan boʻlishiga qaramay, loyiha KIMU noyob atmosferasini saqlab qolishga harakat qildi. Maxsus dizaynerlar Taegyu Li va ByungHun Song loyihada ishtirok etib, sanʼat asarlarini yaratish jarayoni haqida hikoya qildi. Biz oʻzimizga yoqqan narsani unikal usulda chizishga harakat qildik va bu jarayon yoqimli boʻldi”, – deydi dizaynerlar.
“Menga eng yoqqani – KIMU kontenti uchun platforma butun dunyo boʻylab isteʼmolchilarga ega Samsung kompaniyasi bilan hamkorlik tufayli kengaydi”,-deydi hamkorlik aloqalari uchun maxsus dizaynerlarni ishga olish uchun masʼul KIMU jamoasi menejeri Ran Hur. “Umid qilamizki, KIMU sanʼat asarlari ijobiy taʼsir koʻrsatadi va KIMUʼga oʻzining kontent orqali toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadiga yaqinlashishda asqatadi.”
Samsung art platformalari turli joylarda D&I qadriyatlariga nur bagʻishlamoqda
Samsung kompaniyasining uchta biznes boʻlinmasi bu loyihada ishtirok etdi, bu esa KIMU uchun yangi hamkorlik chorlovi boʻlib xizmat qildi.
“Har bir platforma intilgan yoʻnalish va qadriyat aniq edi, shu bois ularni ishlab chiqishda maqbul usulni qidirish yoqimli va qimmatli tajriba boʻldi”,- deydi Bosh direktor Nam.
KIMU sanʼat asarlarini namoyish qilish uchun masʼul har bir biznes boʻlinma menejerlari loyiha yuzasidan oʻz qarashlarini ham havola qilishdi.
Kontent yaratish borasida birgalikdagi faoliyat dunyodagi toʻsiqlarni qanday bartaraf qiladi
“Kontent yaratishda maxsus dizaynerlar va jamoaning boshqa aʼzolari muhim rol oʻynaydigan KIMU D&I nimaligini koʻrsatmoqda”,- deydi Bora Kim.
“Bu loyiha vositasida boshqa xizmatlarni rejalashtirishda ham D&I qadriyatlari va baqaror rivojlanish inobatga olinishiga umid qilaman”,- deydi Chi. “Shuningdek, turli xil Samsung xizmatlari, qolaversa, uning art platformalari uchun uchun kontent taqdim etuvchi ijodkorlar rang-barangligini kengaytirishda davom eta olamiz deb umid qilaman.”
D&I qadriyatlari KIMUʼning barcha sanʼat asarlarida mavjud. “Samsung kompaniyasi bilan bu loyiha har birimiz uchun alohida qadrli hisoblanadi”,- deydi Bosh direktor Nam. “Men dizaynerlarimizning isteʼdodlarini ularning sanʼat asarlari orqali namoyish qilish imkoniga ega ekanimdan behad xursandman, bu D&I qadriyatlarini butun dunyoga yetkazishga va eʼtirof etishga imkon beradi. KIMUʼning alohida aurasi va tarixi art platformalar orqali tomoshabinlarda ijobiy taassurot uygʻotadi.”
TAGSBespoke AtelierGalaxy mavzulariHoshiyaHoshiyalar badiiy doʻkoniKIMUSTUDIOMaxsus dizaynerlarOilaviy sovitkichRang-baranglik va inkluzivlik
Korporativ > Odamlar va madaniyat
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.