[Intervyu] Samsung’ning buklanuvchan displey ishlab chiqaruvchisi bilan suhbat
Buklanuvchan smartfonlarning kashshofi — Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy Z modellarining oltinchi avlodini taqdim etdi. Har bir avlodda progressiv takomillashuvlar bilan buklanuvchan Galaxy mahsulotlari innovatsion xususiyatlar orqali yangicha, tasavvurga sigʻmagan usullarda foydalanuvchilarning yuraklarni zabt etib, hayratda qoldirishda davom etmoqda.
Eng soʻnggi Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 nafaqat aqlli sunʼiy intellekt funksiyalari va shaxsiylashtirish imkoniyatlarini, balki vaqt sinovidan oʻtgan, yanada silliq va chidamli displeylarni ham taqdim etadi.[1] Bu takomillashuvlarni bir kechada yaratish mumkin emas, zero bu Samsung ishlab chiqaruvchilarining eng yaxshi displeyni yaratish uchun doimiy saʼy-harakatlari natijasidir.
Samsung Newsroom Galaxy Z modellaridagi innovatsion buklanuvchan displeylar haqida koʻproq maʼlumot olish uchun Samsung Electronics kompaniyasining Mobile eXperience (MX) Business Display guruhining tadqiqotchisi Jason Noh bilan suhbatlashdi.
Ilk buklanuvchan displey revolyutsion innovatsiyalarning boshlanishini belgilaydi
Samsung’ning buklanuvchan innovatsiyasi 2008-yilda kompaniya buklanadigan displeyni tadqiq qila boshlagan paytdan start olgan. Ushbu yangi texnologiya tomon sayohat displey jamoasi uchun oson kechmadi, chunki optimal displey sifati va funksionalligini saqlab qolgan holda ekranni bukish kerak edi.
“Biz buklanuvchan displeylar boʻyicha tadqiqotlar olib bordik va ilk buklanuvchan qurilmamiz ishga tushirilgunga qadar son-sanoqsiz tajribalar oʻtkazdik”, deb tushuntirdi Noh. “Har birimizda buklanuvchan smartfonlarning kashshofi boʻlish istagi kuchli boʻlgan boʻlsa-da, jarayon oson kechmadi. Bizning jamoamiz buklana oladigan, ammo zarralarga chidamli yuqori sifatli displey yaratishi kerak edi. Bu esa displeyni ushlab turuvchi plitkani oʻzgartirishimiz kerakligini anglatardi”.
Bunga erishish uchun ishlab chiqaruvchilar Samsung’ning ilk buklanuvchan smartfoniga zamin yaratish boʻyicha keng qamrovli tadqiqotlar oʻtkazishdi. Bunga displeyni tashqi moddalardan himoya qiluvchi metall plitka ixtiro qilish va displey panelining turli sharoit va muhitlarda buklanish imkoniyatlarini saqlab qolishga yordam beradigan, bosimga sezgir yelim (PSA) ishlab chiqishlar kiradi. Shu bilan Samsung 2019-yilda ilk Galaxy Fold’ni namoyish qildi.
Galaxy Z Fold6 va Z Flip6: displey texnologiyasida mahorat choʻqqisi
Dastlabki Galaxy Z Fold taqdim etilgach, keyingi olti yil ichida Samsung uchta muhim omilga — super tiniq displey, chidamlilik va mahsuldorlikka eʼtibor qaratib, eng yaxshi mahsulotni taqdim etishga harakat qildi. Yillar davomida toʻplangan isteʼmolchi insaytlarini chuqur tahlil qilish orqali Galaxy Z modellari yangi xususiyatlarni taqdim etish uchun doimiy ravishda rivojlanib bordi. Bu yil chiqarilgan Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 takomillashgan displey, yanada chidamlilik va maksimal mahsuldorlik orqali yana bir bor isteʼmolchilarni hayratda qoldirdi.
Jozibador tomosha hissi
Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 oʻzlarining katta buklanuvchan ekranlari tufayli tengi yoʻq tomosha hissini beradi. Xususan, Galaxy Z Flip6 ning tiniq displeyi Samsung’ning xususiy ultra yupqa shisha (UTG) materialini Infinity Flex Display bilan birlashtiradi. Bu texnologiya birinchi marta Galaxy Z Flip’da ishlatilgan.
“Biz odatiy baton shaklli smartfonlardagi sensor ekran qulayliklarini buklanuvchan qurilmalarga ham olib kirmoqchi edik. Foydalanuvchilarga eng zoʻr qulayliklarni taʼminlashga boʻlgan doimiy sodiqlik Samsung’ning ilk buklanuvchan shisha displeyi yaralishiga sababchi boʻldi”, deb tushuntirdi No. “UTG’ning amalda qoʻllanishi bilan yanada tiniqroq displeyni taqdim etishga muvaffaq boʻldik: buklanuvchan smartfonda hali kuzatilmagan premium tashqi koʻrinish va premium his. Oʻshandan beri UTG qoʻllanila boshlandi”.
Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 displeylarining har biri oldingilariga nisbatan ekranning ustki burishishini kamaytirish, yanada silliqroq qilish uchun yangi himoya qatlami bilan jihozlangan. Galaxy Z Fold6 da displey va tana qismi oʻrtasidagi yopishqoqlikning kuchayishi burishishlarni kamaytiradi va Galaxy Z Fold modellaridagi eng tekis displeyni hosil qiladi.
Yanada immersiv displeyni taqdim etish uchun Galaxy Z Fold6 2600 nitgacha yorqin displeyga ega. Ekranning kengligi buklanganda 1,0 millimmetrga, ochilganda esa 2,7 millimetrga kengaygan, uzunligi esa 1,4 millimetrga qisqargan. Ekran oʻlchamidagi bu oʻzgarish ekrandan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi va koʻproq maʼlumotni gorizontal holatda koʻrsatish bilan uni yanada qulayroq qiladi.[2]
Buklanuvchanlar uchun kengaytirilgan chidamlilik
Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 displeylari Galaxy Z modellaridagi eng mustahkam displeylardir. Displeyning mustahkamligini oshirish uchun himoya qatlamiga turli bosimlarga moslashuvchan va zarbadan deformatsiyalarga qarshilik koʻrsatadigan yangi material — siljishlardagi tirqishlarni zichlaydigan suyuqlik (STF) qoʻshildi.
“Galaxy foydalanuvchilari kutgan yuqori standartlarga javob berish uchun eng soʻnggi buklanuvchan modellariga STF texnologiyasi qoʻllanildi. Ushbu saʼy-harakatlar natijasida buklanuvchan panelning chidamliligi oldingi modellarga qaraganda ancha yaxshilandi”, deb tushuntirdi No. Bundan tashqari, Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 suvga chidamli xususiyatlar[3] bilan taʼminlangan. Bu ilk marta Galaxy Z Fold3 va Z Flip3 — dunyodagi eng birinchi suvga chidamli buklanuvchan smartfonlarda tanishtirilgan edi. Displeyning tashqi qismiga ham, oshiq-moshiqqa ham qoʻllaniladigan rezina displeyning tashqi qismini oʻrab oladi va unga suyuqlik kirib ketishi va shikastlanishiga yoʻl qoʻymaydi.
Eng soʻnggi Galaxy Z modeldagi buklanuvchan qurilmalar changga ham chidamli. Har bir qurilmadagi Sweeper (supurgi) texnologiyasi qurilma old qismi va oshiq-moshiqdagi boʻshliqlar orqali kirib keladigan har qanday chang va zarralardan displeyni himoya qilish uchun nozik kesilgan optik tolalardan foydalanadi. Chang va suvdan mustahkam himoya esa foydalanuvchilarga xotirjamlik baxsh etadi.
S Pen bilan maksimal mahsuldorlik
Galaxy Z Fold modellari oʻzining ultra katta ekrani orqali koʻp vazifali funksiyalarni taklif qilsa-da, ilova dasturchilari katta ekrandan qanday samaraliroq va qulayroq foydalanish haqida oʻylashdi. Koʻp vazifalilik va unumdorlikni oshirish uchun S Pen Galaxy Z Fold modellariga kiritildi. Endi Galaxy Z Fold6 dagi Galaxy AI xususiyatlari qulayligi S Pen bilan keyingi bosqichga chiqadi.
S Pen Galaxy Z Fold’ga ilk bor kirib kelganida metall plitka materialini uglerod tolasiga oʻzgartirish kerak edi, shunda S Pen’ni aniqlaydigan raqamlashtirgichlar uzilishlarsiz ishlashi mumkin edi. Displeyning chap va oʻng tomonida joylashgan raqamlashtirgichlar S Pen’ni ekranning buklanuvchan qismida ham qoʻshimcha komponentlarsiz sezishi kerak edi. Dasturchilar murakkab hisob-kitoblar asosida raqamlashtirgichlarga ekranning buklangan qismidagi S Pen’ni aniqlash imkonini beruvchi yangi yechim yaratish orqali bu qiyinchilikni yengib oʻtishdi.
S Pen yordamida foydalanuvchilar Galaxy Z Fold6 ning katta ekranida Circle to Search va Note Assist kabi yuqori samarador funksiyalardan yanada qulayroq foydalanishlari mumkin. Ushbu oʻzgarishlar ishlab chiquvchilarning foydalanuvchilar qurilmadan oʻzgacha taassurot olishlari uchun qilingan saʼy-harakatlari natijasidir.
Mukammal displey yaratish tomon cheksiz sayohat
Buklanuvchan ekranlar sohasida sezilarli yutuqlarga erishganiga qaramay, Samsung Display guruhi hech ham toʻxtab qolmaydi. Ular displey sifatini yaxshilashni davom ettirishga intilishadi.
“Buklanuvchan smartfonning kashshofi sifatida bizning jamoamiz foydalanuvchilar yangi form faktordan nimani kutishlari boʻyicha bilim va tajriba toʻpladi”, dedi Noh. “Ushbu umidlarni oqlash uchun biz mukammal displeyni yaratish tomon sayohatimizni toʻxtatmaymiz. Galaxy Z modellari Samsung kompaniyasining buklanuvchan smartfonlar sohasida yetakchi ekanligini isbotlash uchun doimiy ravishda takomillashtirib boriladi”.
[1] Oldingi modellarga nisbatan.
[2] Galaxy Z Fold5 bilan solishtirganda.
[3] Laboratoriya sharoitida 1,5 metrgacha boʻlgan toza suvda 30 daqiqagacha choʻktirish sinoviga asoslanadi. Plyaj yoki hovuzda foydalanish tavsiya etilmaydi. Zarralarni yuvib tashlang va quriting. Qurilmaning suvga chidamliligi doimiy emas va vaqt oʻtishi bilan chidamlilik susayishi mumkin.
Qurilmalar > Mobil
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.