[Intervyu] Shaxsiy kompyuterlarning ish samaradorligini yangi darajaga chiqarish: Samsung va Intel Galaxy Book4 modellari bilan shaxsiy AI kompyuterlarining kelajagini o‘rganmoqda
Samsung Electronics o‘zining eng kuchli va aqlli Galaxy Book mahsuloti — Galaxy Book4 modellarini chiqarish bilan 2024-yilni sun’iy ong bilan jihozlangan kompyuterlar yiliga aylantirmoqda.
Galaxy Book4 Ultra, Galaxy Book4 Pro va Galaxy Book4 Pro 360 dan tashkil topgan ushbu so‘nggi mahsulotlar qatori ultra portativ dizaynli, aqlli, takomillashgan xavfsizlikka ega hamda yorqin va interaktiv sensor displeyiga ega noutbuklarni taklif etadi. Yangi Intel® Core™ Ultra protsessoridan tortib, AI funksiyalari to‘plamigacha zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan Galaxy Book4 modellari foydalanuvchilarning kompyuterdagi ishlarini soddalashtiribgina qolmay yangicha funksiyalar bilan kengaytirishga qaratilgan.
Tashrif buyuruvchilar 26-29-fevral kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan dunyodagi eng yirik mobil ko‘rgazma — Mobile World Congress (MWC) 2024 da Samsung stendida Galaxy Book4 modellarining barcha imkoniyatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdilar.
Samsung Newsroom ushbu ikki mezbon bilan foydalanuvchilarning hayotini ijodkorlik bilan boyitadigan Galaxy Book4 modellari erishgan yutuqlar to‘g‘risida suhbatlashdi: Samsung Electronics kompaniyasining Mobile eXperience Business rahbari va Galaxy Eco Biz jamoasi rahbari Mincheol Li hamda Intel kompaniyasining mijozlarni segmentlash bo‘yicha bosh menejeri va Client Computing guruhi prezident o‘rinbosari Devid Feng.
AI bilan jihozlangan Galaxy Book4 modellarining taqdimoti
Savol: yangi “AI PC” kategoriyasidagi Galaxy Book4 modellari foydalanuvchilar uchun qanday asosiy afzalliklarga ega?
Li: Galaxy Book4 Ultra va Pro modellari eng so‘nggi va ilg‘or markaziy protsessor (CPU), grafik protsessor (GPU) va neyron protsessorini (NPU) birlashtirgan yangi Intel® Core™ Ultra protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, misli ko‘rilmagan unumdorlikni namoyish etadi. Xususan, katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va samarali qayta ishlash uchun ichki NPU, Intel AI Boost yangi funksiyalari qo‘shildi: ular ajoyib ko‘p vazifalilik va tezkor grafikani ta’minlaydi. Galaxy Book4 modellaridagi ushbu yangi protsessor mahsuldorlikni oshirishga yordam beruvchi hamda kontent yaratish va geympleyda tezkorlikni yangi darajaga chiqaruvchi yangi AI funksiyalarini namoyish etadi.
Bundan tashqari, Galaxy S24 modellarining turli sun’iy ong funksiyalaridan Windows’ga bog‘lanish funksiyasi orqali katta kompyuter ekranida qulay foydalanish mumkin.
Savol: Intel® Core™ Ultra protsessoriga yangi blok — NPU qo‘shilishi bilan hammaning diqqatini tortdi. Uning roli va funksiyasini tushuntirib bera olasizmi?
Feng: Intel yaqinda taqdim etgan Intel Core Ultra protsessori bilan shaxsiy kompyuterga ega har bir kishini sun’iy ong texnologiyalaridan bahramand qilish safarida. Alohida ta’kidlab o‘tsak, Intel Core Ultra protsessori uchta sun’iy ong dvigateliga ega: tezkor javob beruvchi CPU, yuqori hisoblash imkoniyatlariga ega GPU va yangi kam quvvat bilan uzluksiz ishlaydigan AI protsessori — NPU.
Yangi NPU AI ilovalarini kamroq quvvat bilan ishga tushira oladi, bu esa CPU va GPU’ni boshqa yuqori unumdorlik talab qilinadigan dastur va o‘yinlar kabi hisoblash ishlari uchun bo‘shatadi. Biz tizimning hozirjavobligi, batareya quvvati yoki boshqa muhim funksiyalardan voz kechmagan holda shaxsiy kompyuterlarda yangi AI hisoblash qobiliyatlarini taqdim etishni nazarda tutganmiz.
Savol: yangi mahsulot haqida yana biror muhim narsani aytib o‘tishni xohlaysizmi?
Li: Galaxy Book4 modellari turli xil takomillashgan xususiyatlarga ega va sohadagi yetakchi hamkorlar, jumladan, Intel va Microsoft bilan hamkorlikda ta’minlanadigan turli aqlli funksiyalar orqali foydalanuvchilarga eng yuqori ish samaradorligini taqdim etadi.
Intel’ning so‘nggi Core Ultra protsessori va Samsung’ning ilg‘or qurilmalari quvvat samaradorligini oshirish va sovitish tizimini yaxshilashga qaratilgan optimallashtirilgan noutbuklarni taqdim etadi. Galaxy Book4 modellari Dynamic AMOLED 2X displey bilan jihozlangan bo‘lib, u atrof-muhitdan qat’i nazar yorqin displeyni kafolatlaydi va qulaylik uchun sensorli ekranga ega. Istalgan vaqtda va istalgan joyda yorqin displeyni ta’minlash uchun antireflektiv displey ekrandagi nur qaytishini kamaytiradi va Vision Booster funksiyasi quyosh nuri ostida ham ranglar kontrasti va yorqinligini avtomatik ravishda sozlaydi.
Samsung’ning Galaxy ekotizimi orqali Galaxy Book4 modellari shaxsiy kompyuterlar, telefonlar va planshetlar bo‘ylab o‘zaro ulanuvchanlikni ta’minlaydi va barchasi Samsung Knox tomonidan himoyalangan bo‘lib, 10 yil mobaynida shakllangan xavfsizlik texnologiyasi va maxsus xavfsizlik chiplari orqali muhim tizim ma’lumotlarini xavfdan asraydi.
Inqilobiy innovatsiyalar tomon hamkorlik
Savol: Samsung Electronics va Intel’ning Galaxy Book4 modellarini chiqarishdan ko‘zlagan umumiy maqsadi nima va unga erishish uchun qaysi asosiy sohalarga e’tibor qaratildi?
Feng: Intel va Samsung iste’molchilarga eng zo‘r shaxsiy kompyuterlarni taqdim etishga intiladi. Intel’ning ekotizimni rivojlantirishga yondashuvi uning “ochiq hamkorlik” qadriyatiga asoslanadi. Galaxy Book4 modellarining ishga tushirilishi Intel’ning doimiy ravishda yangi imkoniyatlarni o‘rganib, mavjud hamkorligimizni mustahkamlashga intilishini ko‘rsatadi. Zero inqilobiy innovatsiyalar kompyuter sanoati rivojlanishiga yordam berishning muhim turtkisidir.
Li: Samsung va Intel kuchli hamkorlar. Yangi sun’iy ong, immersiv grafika, uzoq muddatli batareya va optimal tezkorlikka ega noutbuklarni iste’molchilarga taqdim etish ikkala kompaniyaning ham maqsadidir. Biz mijozlarning mahsulotdan foydalanish qulayligini oshirish uchun tezkorlik, mobillik va ulanuvchanlik kabi fundamental sohalarda shaxsiy kompyuterlarning raqobatbardoshligini doimiy ravishda kuchaytirib boramiz. Galaxy Book4 modellarining nozik va yengil dizayni hamda yangi Intel Core Ultra protsessorlari bilan Samsung yanada ko‘p mijozlarga yangi sun’iy ong texnologiyalarini taqdim etadi.
Savol: Galaxy Book’ning so‘nggi modellarini yaratish bo‘yicha hamkorlik jarayonidagi eng qiyin vazifa nima edi va unga qanday yechim topdingiz?
Li: shaxsiy kompyuterlarda ajoyib AI unumdorligini ta’minlash uchun Intel va Samsung jamoalari eng yaxshi platformani yaratish va sun’iy ongni jonlantiradigan dastlabki ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishdi. Bunga javobgar jamoa uchun ushbu hamkorlik yordami muhim ahamiyat kasb etdi va ular o‘zaro kelishib ishlash orqali ajoyib natijaga erishdi.
Savol: Intel kompaniyasining Samsung Electronics bilan hamkorlikdagi qarashlari haqida ma’lumot bersangiz. Ikkita sanoat yetakchisi o‘rtasidagi hamkorlik bozorga qanday ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylaysiz?
Feng: Samsung kompaniyasi qurilmalar, aksessuarlar va dasturiy ta’minot ekotizimlari orqali ajoyib qulaylik va unumdorlikni taqdim etishga qanday jiddiy e’tibor qaratganini Intel juda qadrlaydi. Biz iste’molchilarga eng zo‘r mahsulotlar, texnologiya va funksiyalarni yetkazish uchun Samsung bilan hamkorlik qilishga sodiqmiz. Galaxy Book4 modellarining chiqarilishi ikkala kompaniya o‘rtasidagi chuqur hamkorlikdan dalolat beradi.
Shaxsiy AI kompyuterlarining yangi davri
Savol: yangi Galaxy Book4 modellari shaxsiy kompyuterlar bozoriga qanday ta’sir qiladi deb o‘ylaysiz?
Li: kompyuter bozori 2024-yildan boshlab butun dunyo bo‘ylab yangiliklarga to‘lishi kutilmoqda. Foydalanuvchilar uchun yangi AI texnologiyasi imtiyozlarini keng taqdim etib borar ekanmiz, bu shaxsiy AI kompyuterida qo‘llanganda sohadagi qo‘shimcha o‘sishlarni kutish mumkin. Ishonchimiz komil, Samsung’ning ilg‘or qurilmalari, o‘zaro ulangan ekotizimi va Intel’ning so‘nggi Core Ultra chipsetlari bilan jihozlangan Galaxy Book4 modellari bilan biz sun’iy ong kompyuterlarining yangi davriga qadam qo‘yamiz. Bu bilan foydalanuvchilarga mislsiz samaradorlik va unumdorlikni taklif etamiz.
Savol: iste’molchilarning doimiy ravishda o‘zgarib borayotgan talablarini inobatga olgan holda, Intel va Samsung bugungi kunda shaxsiy kompyuter sanoatida qanday turmush tarzi tendensiyalariga ko‘proq e’tibor qaratyapti?
Li: iste’molchilar doimiy ravishda istalgan joydan turib ishlash, ilm o‘rganish va vaqtni maroqli o‘tkazish uchun moslashuvchanlik, mobillikni qidirmoqda. Iste’molchilar o‘zlarini tashqi dunyo bilan ulangan, ishda samarali va har yerda xavfsiz his qilishlarini istashadi. Bu borada ularga yordam bo‘ladigan bir qator vositalar mavjud. Biz odamlarga ularning kundalik hayotini yaxshilaydigan yangi imkoniyatlarni taqdim etishga sodiqmiz. Qurilmalar kun sayin integratsiyalashib borar ekan, shaxsiy kompyuterlar iste’molchilarning telefonlari, planshetlari va boshqa qurilmalari o‘rtasidagi munosabatni o‘zgartirib yuboruvchi yangi ulanuvchanlik texnologiyalarini vujudga keltirishda muhim rol o‘ynaydi.
Galaxy Book modellarining har bir avlodi bilan Samsung butun dunyo bo‘ylab iste’molchilarga yanada aqlli, o‘zaro ulangan va xavfsiz noutbuklarni taqdim etadi. Galaxy Book4 modellari 26-fevraldan boshlab ayrim bozorlarda, jumladan, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQShda sotuvga chiqadi. Batafsil ma’lumot olish uchun samsung.com/galaxy-book sahifasiga tashrif buyuring.
Qurilmalar > Mobil
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.