[Intervyu] Yetakchi innovatsiya — sun’iy ong asosida ishlaydigan aqlli uy jihozlari [Samsung uy jihozlari Core Tech, 3-qism]

12/02/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

“Maishiy texnikalar ham zamon bilan hamnafas bo‘lishi uchun tinmay rivojlanishi va takomillashishi lozim. Uy yumushlarini kamaytirishgagina qaratilgan texnologiyalar yaratish an’anasidan bir qadam oldinga sakragan holda biz endilikda o‘zaro bog‘langan qurilmalarning avtonom rejimda ishlashini ta’minlashimiz hamda shu orqali hayot sifatini yaxshilashga e’tibor qaratishimiz darkor. Bunga erishish yo‘lida esa sensorlar va qurilmadan foydalanganlik haqidagi hisobot ma’lumotlari kalit vazifasini bajaradi.”

 

 

– Muhyung Li, Samsung Electronics ijrochi direktori va raqamli jihozlar (DA) biznesining mijozlar bilan ishlash guruhi rahbari

 

Tezkor sur’atlarda rivojlanayotgan texnologik dunyoda zukkolik va topqirlik sifati brendlarni kelajakka undaydigan harakatlantiruvchi kuchdir. Samsung IFA 2023 ko‘rgazmasida “Core Tech” tamoyilini taqdim etdi. Unda kompaniyaning maishiy texnikaga bo‘lgan qarashlari ko‘rsatildi va innovatsiyalar chegaralarini kengaytirishga sodiqligi namoyish etildi. Mazkur uch qismli maqola orqali Core Tech maishiy texnikalarni qanday o‘zgartirishi va qay tarzda texnologiya bilan uyg‘unlikka erishishda revolyutsiyaga olib chiqishini bilib oling.

 

Maishiy texnikalar anchadan buyon uy ishlaridagi og‘irliklarni yengillashtirishga yordam berib kelgan. Yangi va ilg‘or texnologiyalarning paydo bo‘lishi bilan sanoat hayotimizga yangi darajadagi qulayliklarni olib kiruvchi va foydalanuvchilarning xohishiga ko‘ra ishlaydigan qurilmalarni ishlab chiqishni boshladi.

 

Bunga asosan, iste’molchilarning yangi talablarini qondirish uchun o‘zaro bog‘langan muhitda avtonom tarzda ishlaydigan qurilmalar vujudga keldi. Ko‘pgina sanoat rahbarlari ushbu yutuqlarni Las Vegasda bo‘lib o‘tgan dunyodagi eng yirik maishiy elektronika va axborot texnologiyalari ko‘rgazmasida (CES) namoyish etdilar.

 

Samsung Electronics o‘zining Core Tech tamoyili bilan kelajak maishiy texnikalarini evolyutsiya yo‘liga boshlab borishini xohlaydi. Ushbu maqolalar turkumining so‘nggi qismida Samsung Newsroom maishiy texnika falsafasi va rivojlanishi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Samsung Electronics kompaniyasining raqamli jihozlar (DA) biznes iste’molchilarini tadqiq etuvchi jamoasi rahbari, ijrochi direktor Muhyung Li bilan uchrashdi.

 

▲ Muhyung Li, ijrochi direktor va raqamli jihozlar (DA) biznesining mijozlar bilan ishlash guruhi rahbari

“Core Tech tamoyili Samsung maishiy texnikalarini harakatga soluvchi kuchdir. Core Tech orqali foydalanuvchilar noyob va ilg‘or innovatsiyalar asosida qurilgan kelajakka nazar tashlay oladilar”.

 

Core Tech bilan kundalik hayotni qayta belgilash

Texnologik yutuqlar uydagi hayotni revolyutsiyaga yetakladi, foydalanuvchilarning turmush tarzini yanada qulaylashtirdi va kundalik odatlarini o‘zgartirdi. Sovitkich ixtirosi oziq-ovqat sifatini yaxshiladi va achigan oziq-ovqat tufayli yuzaga keladigan kasalliklarning sezilarli darajada kamayishiga sababchi bo‘ldi. Shu bilan birga, kir yuvish mashinalarining keng tarqalishi va ommaviy iste’moli kir yuvishga sarflanadigan vaqtni keskin qisqartirdi. O‘z o‘rnida bu odamlarga uyga kamroq vaqt ajratib, tashqarida ko‘proq ishlash imkoniyatini berdi.

 

▲ Core Tech tamoyili Samsung maishiy texnikasining poydevorini yaratgan to‘rtta qismdan iborat: qoyilmaqom, sun’iy ongga asoslangan, moslashuvchanlik, bardoshlilik & barqarorlik.

Samsung yarim asrdan ko‘p vaqt mobaynida maishiy texnika ishlab chiqishda yetakchi o‘rinni egallab, bozor innovatsiyasiga rahbarlik qilgan holda uy g‘oyasini qayta belgilab kelmoqda. Kompaniya Core Tech tamoyilining to‘rt unsuri: “Qoyilmaqom”, “Sun’iy ongga asoslangan”, “Moslashuvchanlik” va “Bardoshlilik & Barqarorlik” — bular kompaniyaning rivojlanish yo‘nalishini belgilaydi.

 

“Biz foydalanuvchilar duch keladigan to‘siqlarni minimallashtirish yoki bartaraf etish uchun qoyilmaqom texnologiyalarni ishlab chiqdik, — dedi Li. — Samsung jihozlari noqulayliklarni kamaytirish va foydalanishda erkinlikni oshirish orqali uy g‘oyasini qayta shakllantirmoqda”.

 

Samsung’ning sanoatdagi tajribasi maishiy texnika paradigmasini o‘zgartirib yubordi; bir paytlar tasavvur qilib bo‘lmaydigan narsalarni haqiqatga aylantirdi. Kir yuvish mashinalaridagi AI Ecobubble™ optimallashtirilgan va energiyani tejamkorlik bilan ishlatadigan kir yuvish jarayonini ta’minlaydi. WindFree™ Cooling bilan jihozlangan konditsionerlar sovuq havoni to‘g‘ridan to‘g‘ri puflamaydigan uylarni sovitish standartini o‘rnatdi. Twin Cooling Plus™ sovitkich va muzlatkichlar avtonom tartibga solinadigan interyer orqali harorat o‘zgarishini minimallashtiradi. Bespoke Jet™ AI simsiz changyutkichning Clean Station™ funksiyasi tozalashdan keyin chang qutisini avtomatik ravishda bo‘shatadi.

 

▲ Samsung CES 2024 ko‘rgazmasida yangi Bespoke Jet Bot Combo™ va Bespoke Jet™ AI’ni namoyish etdi. Samsung’ning Core Tech tamoyili foydalanuvchilarning uylarini tozalash usullarini yangilash uchun qo‘llandi.

Turli xil turmush tarzi uchun maxsus qulayliklarni yaratish

Ixcham, yuqori unumdorlik va energiyani tejaydigan qurilmalarni yaratish maishiy texnika brendlari uchun keng tarqalgan muammo bo‘lib kelgan. Samsung ushbu cheklovlarni yengib o‘tadigan jihozlarni ishlab chiqdi. Bu qurilmalar foydalanuvchilarning ehtiyojlari yoki muhitiga moslashtirilishi mumkin.

 

Samsung o‘ziga moslash imkonini beruvchi va Core Tech’ning moslashuvchanlik unsurini aks ettiruvchi mahsulot dizaynlarini yaratishni maqsad qilgan. Dual Cook Flex™ pechi ikkita taomni bir vaqtning o‘zida turli haroratlarda pishirish imkonini beradi. Moslashuvchanlikning boshqa misollari orasida foydalanuvchilarga kiyimlarni bitta mashinada yuvish va quritish imkoniyatini beruvchi Bespoke AI Laundry Combo™, shuningdek, tashqi sozlanuvchan panelli Bespoke muzlatkichlari kiradi.

 

▲ Dual Cook Flex™ pechning ichki qismini bir vaqtning o‘zida turli haroratlarda ovqat pishirish uchun ikkita bo‘shliqqa bo‘lish mumkin. Pech eshigi ham qisman yoki to‘liq ochilishi mumkin.

 

▲ Bespoke Laundry foydalanuvchilarga o‘z mashinalarini taxlash yoki ularni yonma-yon o‘rnatish imkonini beradi. Bespoke AI Laundry Hub™ kir yuvish mashinasi va quritkich funksiyalarini nozik bitta blokli dizaynda jamlaydi. Bespoke AI Laundry Combo™ foydalanuvchilarga bir mashinada ham yuvish, ham quritish funksiyasini birlashtirgan holda hamma kirlarni yuvish imkonini beradi.

 

“Biz doimiy ravishda turli xil turmush tarziga mos keladigan yangi funksiyalarni tadqiq qilamiz va ishlab chiqamiz”, — deydi Li. — Samsung maishiy texnikalari moslashuvchanlikni g‘urur bilan o‘zida mujassam etadi, chunki ular foydalanuvchilarga ularning ehtiyojlari va afzalliklariga ko‘ra moslashtirish imkonini beradi”.

 

Maishiy texnika uzoq umr ko‘rish uchun qurilgan bo‘lsa-da, bu mahsulotlar yoki ularning xususiyatlari vaqt o‘tishi bilan eskirib qolishi va foydalanuvchilarning turmush tarziga moslashmay qolish xavotiri bor. Buni hal qilish uchun Samsung nafaqat vaqt sinoviga bardosh beradigan, balki foydalanuvchilarning tez o‘zgaruvchan hayotiga mos keladigan jihozlarni yaratish ustida ishladi.

 

▲ Li Core Tech tamoyili Samsung maishiy texnika evolyutsiyasini qanday to‘g‘ri yo‘naltirishini tushuntirdi.

“Texnologiyalarni ishlab chiqarayotganda biz foydalanuvchilarning hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarini hisobga olishimiz kerak. Bunga erishish uchun biz o‘z sa’y-harakatlarimizni Core Tech’ning bardoshlilik qismiga qaratdik: mahsulotning uzoq umr ko‘rishini ta’minlash, shuningdek, vaqt o‘tishi bilan qurilma va dasturiy ta’minotni takomillashtirish”.

 

Bardoshlilik isboti sifatida Samsung o‘zining maishiy texnikasining xizmat qilish muddatini uzaytirishda eng yangi texnologiyalar va ilg‘or sanoat amaliyotlaridan foydalanadi. Kompaniya mahsulotlarni eng yaxshi holatda saqlash uchun raqamli inverter motorlari yoki kompressorlar kabi asosiy mashina komponentlariga kafolat beradi. Boshqa tomondan, Samsung mahsulotning tashqi ko‘rinishi urfdan chiqib ketmasligi uchun almashtiriladigan tashqi panelli Bespoke mahsulotlarini yaratdi.

 

Takomillashgan mahsulotdan mahsulotga ulanish funksiyasi tufayli SmartThings — kompaniyaning integratsiyalashgan va keng qamrovli uy ekotizimi foydalanuvchilarga o‘z qurilmalarida diagnostika qilish, muammolarni hal qilish va mashinalarini eng so‘nggi dasturiy ta’minot bilan yangilash imkonini beradi.

 

Bundan tashqari, Core Tech’ning barqarorliligi foydalanuvchilarning sayyoramizga salbiy ta’sirini yengillik bilan kamaytirishga va uy ishlarini ekologik jihatdan sog‘lom ravishda bajarishda yordam berishga sodiqligini aks ettiradi. Patagonia tashqi kiyim brendi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Less Microfiber™ sikli va filtri chayish jarayonida mikroplastmassa chiqindilarini kamaytiradi.

 

▲ Patagonia bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan Less Microfiber™ filtri kir yuvish jarayonida mikroplastmassa chiqindilarini kamaytiradi. Bespoke kir yuvish mashinalari yangilangan dasturiy ta’minot orqali Less Microfiber™ siklini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Maishiy texnikada sun’iy ongning ahamiyati

CES 2024 ko‘rgazmasida aytilganidek, sun’iy ong bilan jihozlangan maishiy texnika davri shu yerda. Bunga muvofiq, Samsung Core Tech tamoyilining yakuniy qismi — sun’iy ongga asoslangan innovatsiyasi bo‘lib, foydalanuvchi ishtirokini minimallashtirish orqali ularga yanada ko‘p qulayliklarni taqdim etishdir.

 

Samsung CES 2024 ko‘rgazmasida sun’iy ong bilan jihozlangan ko‘plab qurilmalarni namoyish etdi. AI Family Hub™ funksiyasiga ega 4 eshikli Flex™ Bespoke muzlatkichi ichidagi ovqatni avtomatik ravishda qayd qilib, kuzatib boruvchi yangi AI Vision Inside bilan jihozlangan. Bespoke AI Laundry Combo™ yuk og‘irligi, mato turi va tuproq hajmi kabi turli omillarga qarab optimal yuvish va quritish sikllarini aniqlaydi. Bespoke Jet Bot Combo™ robot changyutkichi uy atrofida avtonom harakatlanish uchun takomillashgan haydov imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan.

 

▲ (Chapdan) CES 2024 ko‘rgazmasida AI Family Hub™ bilan jihozlangan 4 eshikli Flex™ Bespoke muzlatkichi, Bespoke AI Laundry Combo™ va Bespoke Jet Bot Combo™

“Samsung maishiy texnikalari foydalanuvchilarning ishtirokini kamaytirishga intiladi. Biz sun’iy ong texnologiyasidan yanada aqlliroq ishlaydigan, go‘yoki foydalanuvchining fikrini o‘qiyotgan maishiy texnikani ishlab chiqishda foydalanmoqdamiz, — dedi Li. — Ushbu texnologik yutuqlarimiz foydalanuvchilarning texnikani qo‘lda boshqarish va sozlash zaruratini yo‘q qiladi, chunki Samsung qurilmalari konditsioner rejimlarini, pechning haroratini, pishirish vaqtini va boshqalarni avtomatik o‘rnatishga qodir”.

 

▲ Li Samsung kompaniyasining sun’iy ongga asoslangan, qoyilmaqom maishiy texnikalarning rivojlanish yo‘nalishini batafsil tushuntirib berdi.

Datchiklar va ma’lumotlar Samsung’ning sun’iy ongga asoslangan maishiy texnikalari uchun zarurdir. Datchiklar yordamida doimiy ravishda tahlillarni to‘plash va foydalanuvchilarning xatti-harakatlarini o‘rganish uchun sun’iy ongdan foydalanish orqali Samsung jihozlari qarovsiz qolganda ham ishlayverishi mumkin.

 

Maishiy texnikadagi bu datchiklar foydalanuvchilar uchun ma’lum funksiyalarni bajarish imkonini beradi. Masalan, muzlatkichdan oziq-ovqat qachon chiqarilganini monitoring qilish, kir yuvishda ifloslik qanchaligi va vaznini hisoblash hamda tozalash payti obyektlarni aniqlash. Samsung LiDAR va 3D sensorlar kabi ilg‘or texnologiyalar orqali qurilmalarda sensorlardan foydalanishni kengaytirishda davom etmoqda.

 

“Ushbu sensorlar ko‘zga ko‘rinmasa-da, ular maishiy texnikaning sun’iy ong algoritmini kuchaytirish uchun signallar va ma’lumotlarni yig‘ishda muhim rol o‘ynaydi, — dedi Li. — Sovitkich taxminan 300 ta signalni, kir yuvish mashinasi esa 200 ga yaqin signalni to‘playdi. Biz qurilmalarimizdagi sun’iy ong texnologiyasini takomil etish yo‘lida bu raqamlarni oshirishni rejalashtirmoqdamiz”.

 

Sensorlar, ma’lumotlar va takomillashgan o‘zaro bog‘lanuvchanlik uy ichidagi sun’iy ong bilan jihozlangan qurilmalarning rolini kengaytirishga qaratilgan. Foydalanuvchi uchun eng zo‘r qulayliklar taqdim etish yo‘lida Samsung foydalanuvchilar hayotini oson va mazmunli qiladigan sun’iy ongga asoslangan maishiy texnikalarni yaratishda davom etadi.

 

“Core Tech tamoyili — Samsung’ning Bespoke qurilmalari asosidir. Kelajak sari intilar ekanmiz, biz foydalanuvchilar uchun shaxsiylashtirilgan va ularning ehtiyojlarini qondirishni birinchi o‘ringa qo‘yadigan innovatsiyalar ortidan quvishda to‘xtamaymiz”, — deydi Li.

Qurilmalar > Uy uchun

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga