Ish joyingizda unumdorlikni oshiradigan telefoningizdagi 5 ta sun’iy ong vositasi

14/02/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Bizga uzoq vaqt mobaynida va’da qilib kelishgan AI davri nihoyat yetib keldi. Buning guvohi bo‘ling.

 

Bu sizning ish kuningiz davomida ortingizdan qolmaydigan AI. Metrodagi qatnovingizda xo‘jayiningizning elektron pochtasiga chiroyli qilib javob berishni taklif qiluvchi vosita. Tushlikdan keyin global jamoangiz bilan bo‘ladigan qo‘ng‘irog‘ingizni jonli ravishda tarjima qilib, darhol qo‘ng‘iroq xulosasi va transkriptini taqdim etuvchi yordamchi. Kechga kelib, uni qil, buni qil bilan to‘lgan kuningiz davomida to‘plangan barcha hujjat va materiallarni sanoqli soniyalar ichida arxivlashga yordam beradigan dastyordir.

 

Katta hajmli beso‘naqay kompyuterlarni qo‘yaturing, zero haqiqiy revolyutsiya — bu cho‘ntagingizda olib yuroladigan sun’iy ongdir. U ishda, uyda yoki boshqa joyda sizga yordam berishga doim tayyor bo‘lgan aqlli hamrohdir.

 

AI bilan ishlaydigan birinchi telefon — Galaxy S24’ni qarshi oling.

 

Samsung kundalik hayotimizga qulaylik, mahsuldorlik va aloqadagi cheklovlarni olib tashlash uchun Galaxy S24’da sun’iy ongdan foydalanmoqda. Har bir daqiqani samarador o‘tkazish ishning bir qismiga aylanib qolgan bu ish dunyosida bunday qurilmaning ta’siri sezilarli darajada bo‘ladi.

 

Galaxy AI bilan qo‘llab-quvvatlangan qurilmaning bir qancha funksiyalari ishimizdagi tartibni qanday o‘zgartirib yuborishini ko‘ring:

 

Suhbatdagi til to‘siqlarini olib tashlash

Bugungi kunda korxonalar bozorning yangi imkoniyatlarini qo‘lga kiritish uchun muntazam ravishda chet el mamlakatlariga turli xil vaqt zonalari bo‘ylab bog‘lanadi. Aniqlik va tezlik juda muhim bo‘lgan bu ishda til to‘sig‘i tufayli tushunmovchilik, noaniqlik va kechikishlar bo‘lib turishi mumkin. Galaxy S24 mutaxassislarga ofisda, uydan ishlaganda yoki chet elliklar bilan yuzma-yuz bo‘lganda ham avvalgidan-da samarali hamkorlik aloqalarini olib borishga yordam beradi.

Konferensiya qo‘ng‘iroqlarida ikki tomonlama jonli tarjima: siz xorij kompaniyasida potensial biznes sherik bilan konferensiya qo‘ng‘irog‘ini uyushtirmoqchisiz. Siz buni iloji boricha muammolarsiz o‘tishini xohlaysiz-u, til to‘siqlari haqida tinmay qayg‘uraverasiz.

Galaxy S24 Live Translate (Jonli tarjima) telefon suhbatlarini jonli tarzda tarjima qilib, xorijdagi hamkasblaringiz yoki mijozlaringiz bilan o‘z tilingizda bo‘lgani kabi aniq, ijodiy va professional bo‘lishingizni ta’minlaydi. 13 ta tilda taqdim etilgan Live Translate ikkala qurilmada ham ikki tomonlama tarjimani ta’minlaydi, hatto bir tomon Galaxy qurilmasini yoki, umuman, smartfondan foydalanmayotgan bo‘lsa ham.

 

 

Maktublar va matnlaringiz uchun tarjima qilingan va moslashtirilgan matn ohangi: yangi ishingizning birinchi kunidasiz va hamkasblaringizga ilk maktubingizda yaxshi taassurot qoldirishni istaysiz.

 

Galaxy S24 Chat Assist (Chat yordamchisi) ilovasi sizga xabaringizni turli xil ohanglarda qanday yozilishi mumkin ekanligini sun’iy ong yordamida yaratilgan turli variantlarni taklif qilib ko‘rsatadi. Shunda siz to‘g‘ri ohangni tanlashda adashmaysiz. Ijtimoiy tarmoqdagi qiziqarli post yozishmi yoki xo‘jayiningizga rasmiy email xabarini yozishmi, har qanday holatda bu funksiyadan Samsung klaviaturasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanishingiz mumkin. Shuning uchun funksiya istalgan ilovada siz bilan hamrohdir va har safar mos ohangni tanlaganingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Agar siz chet eldagi hamkasbingiz bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, Chat Assist’ning 13 ta tilda mavjudligi bu ishlarning barchasini siz hatto bilmaydigan tilda ham qilish imkonini beradi.

 

 

Til to‘siqlarisiz yuzma-yuz suhbatlashing: kichik biznes egasi sifatida siz rivojlanayotgan bozor tendensiyalari ko‘rgazmasida qatnashayotib YouTube’ning mashhur biznes sahifasidan o‘z sohangizdagi taniqli mutaxassisni uchratib qolasiz. Siz uning fikrlarini, bilimlari bilan tanishib chiqmoqchisiz, lekin uning videolaridan bilasizki, uning italyancha suhbatini tushunmasligingiz tayin.

Tarjimon nafaqat qo‘ng‘iroqlaringizni, balki siz eshitayotgan va ko‘rayotgan narsalaringizni ham tarjima qilishga qodir. Ushbu funksiya orqali Galaxy S24 sizning shaxsiy og‘zaki tarjimoningizga aylanadi. Ilova telefon ekranini gorizontal ravishda ikkiga bo‘la olishi tufayli ikkala suhbatdosh ham bir zumda tarjima qilingan matnni unga qo‘shilgan audio bilan birga eshitishi mumkin. Shuningdek, ilova sizga kerakli tilni tanlash va atrofingizdagilar bilan muammosiz va professional muloqot qilish imkonini beradi.

 

 

Telefoningizni hamda fikrlaringizni tartibga soling

 

Telefonlarimiz g‘oyalar, tadqiqot loyihalari va uchrashuvlar tashkil qilishning qulay usulini taqdim etsa-da, bularning barchasini telefondagina tashkil qilish mushkul vazifaga aylanib ketadi. Biroq Galaxy AI’ning hozirjavob imkoniyatlari Galaxy S24 telefoningizni aqlli tarzda tartibga soladi, shunda siz har bir mayda ishlarga diqqatingizni qaratib o‘tirmaysiz.

Hujjatlaringiz va rejalaringizni tartib bilan saqlang: loyihadan bosh chiqarmay ishlasangiz, zarur hujjatlar hamma joyda sochilib yotganini ilg‘aysiz: uzun email xabarlari, katta-katta maqolalar, PDF fayllar va boshqalar. Agar siz hamma narsani bitta yaxlit formatda birlashtira olganingizda edi, bu sizga soatlab ketadigan eslatmalar yozish va fayllarni o‘zgartirish kabi mashaqqatli mashg‘ulotdan asrab qolar edi.

Baxtingizga, Note Assist (Eslatma yordamchisi) ilovasi funksiyalari orqali siz bir necha marta ekranga bosish orqali barcha materiallaringizning qisqartirilgan versiyalarini yaratishingiz, o‘qishingiz va saqlashingiz mumkin. Bu esa kunlik hujjatlarning aylanmasini puxta tuzilgan arxivga olib borish imkonini beradi. Hujjatni ochishingiz bilan Note Assist uning mazmunini to‘g‘ridan to‘g‘ri Samsung Notes ilovangizga saqlashni so‘raydi. Rozi bo‘lsangiz, bu funksiya asl hujjatning ustiga oddiy yoki batafsil yozilgan xulosani yaratishdan oldin matnni avtomatik ravishda formatlaydi va imlo xatolarini tuzata oladi. Bu orqali siz istalgan payt barcha asosiy g‘oyalarni bir qarashda tushunib olasiz.

 

 

Funksiya, shuningdek, matnni to‘g‘ridan to‘g‘ri bosma kitoblar va qog‘ozlardan ajratib olishi hamda umumlashtirishi va ulardan yasalgan eslatmalarni boshqa tillarga tarjima qilishi mumkin. Bundan tashqari, uning Browsing Assist (Ko‘rib chiqish yordamchisi) imkoniyatlari uzoq va katta maqolalarni qisqacha xulosalarga aylantira oladi.

Transcript Assist (Transkript yordamchisi) ilovasi uchrashuvlar va suhbatlarning to‘liq va aniq qaydlarini yaratadi. Oddiy Samsung ovoz yozish ilovasi yordamida uchrashuvni yozib oling. So‘ng Transcript Assist uni matnga aylantirishni so‘raydi hamda har bir suhbatdoshning gaplari alohida ajratib ko‘rsatiladi. Transkriptni olganingizdan so‘ng uni hamkasblaringiz bilan doimgidek bo‘lishishingiz yoki Samsung Notes’ga yuborishingiz va Note Assist’da uni AI yordamida xulosalashingiz mumkin.

 

 

Agar sizda Transcript Assist bilan yozilmagan audiofayllar mavjud bo‘lsa, bu fayllarni matndan audioga o‘girish funksiyasi yordamida eslatmalarga aylantirishingiz mumkin.

Ishga keladigan bo‘lsak, mobil qurilmalarimizda sun’iy ongning kuchi oddiy vazifalarni avtomatlashtirishdan bir qadam oldinga siljidi. Galaxy S24 ajralmas, mobil va doim qo‘limizda bo‘lishi orqali zamonaviy texnologiyalar qanday qilib ishlash, fikrlash va yaratish ko‘nikmalarimizni keskin yaxshilashini ko‘rsatib berishga qodir.

 

 

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga