Istalgan joyda ovozingiz tiniq eshitilsin: Galaxy Buds4 Pro atrofdagi shovqinni qanday bartaraf etadi?

27/06/2026
Share open/close
Havola nusxalandi.

Har kuni simsiz quloqchinlarga tayanadigan  kishi uchun qo‘ng‘iroq paytida uni eshitish qiyinligi juda tanish ko‘ngilsizlik holati bo‘lishi mumkin. Gavjum ko‘chada harakatlanyapsizmi yoki shunchaki atrofdagi shovqin bilan shug‘ullanyapsizmi, atrofdagi shovqin aniq muloqotni deyarli imkonsiz qilishi mumkin.

 

Samsung yangi Galaxy Buds4 Pro’ni ishlab chiqishda aynan shu muammoga barham berishni maqsad qildi. Buning uchun quloqchinning inson ovozini qabul qilish va uzatish tizimi tubdan yangilandi. Kompaniya muhandislari maxsus “Sensorlar sintezi” texnologiyasini ishlab chiqishdi – endi atrof qanchalik sershovqin bo‘lmasin, ushbu texnologiya faqat sizning nutqingizni ajratib oladi va suhbatdoshga mutlaqo tiniq holda yetkazib beradi.

 

Sensorlar sintezi nima va u qo‘ng‘iroq sifati uchun nega muhim?

 

Qo‘ng‘iroqlar vaqtida quloqchin mikrofoni smartfonnikiga nisbatan og‘izdan uzoqroqda joylashadi, bu esa ovozning atrofdagi shovqinlar fonida yutilib ketishiga sabab bo‘ladi. Faqat bitta sensorga tayanadigan an’anaviy quloqchinlarda bu jismoniy cheklov ko‘pincha qo‘ng‘iroq sifatining pasayishiga olib keladi, ayniqsa, atrof-muhit shovqini foydalanuvchi ovozidan balandroq bo‘lsa.

 

Bu muammoni hal qilish maqsadida, Samsung Galaxy Buds4 Pro uchun atrof-muhitni sezuvchi sensorlar sintezi tizimini ishlab chiqdi1. Mazkur texnologiya faqat bitta ma’lumot manbasiga tayanib qolmay, atrof-muhitni aniqlash va unga moslashish uchun bir nechta sensorlarni intellektual tarzda birlashtiradi.

 

Galaxy Buds4 Pro uchta mikrofon bilan jihozlangan: ikkita tashqi mikrofon foydalanuvchi ovozini bevosita qabul qilsa, uchinchi ichki mikrofon tana orqali uzatiladigan tovushlarni aniqlaydi. Muhimi shundaki, suyak o‘tkazuvchanligiga asoslangan ovozni ilg‘ovchi moslama foydalanuvchi gapirayotgan vaqtdagi bosh tebranishlarini ham sezadi.

 

 

Galaxy Buds4 Pro X-Ray

▲ Galaxy Buds4 Pro’ning ichki tuzilishi: uchta mikrofon va ovozni ilg‘ovchi moslama ovoz ma’lumotlarini aniq tiklash uchun hamohanglikda ishlaydi.

 

Shundan so‘ng, shovqinni kamaytirish algoritmi ishga tushib, olingan ovoz ma’lumotlariga ishlov beradi. Bu esa Galaxy Buds4 Pro’ga foydalanuvchi ovozini atrofdagi shovqinlardan yuqori aniqlikda ajratib olish va to‘liq tiklash imkonini beradi. Natijada hatto murakkab va shovqinli sharoitlarda ham tiniq muloqot ta’minlanadi.

 

Galaxy Buds4 Pro’ning shovqinni kamaytirish algoritmi qanchalik mukammal?

 

Galaxy Buds4 Pro’dagi sensorlar sintezi arxitekturasining asosi inson miyasi tuzilishiga o‘xshash chuqur neyron tarmog‘i deb ataluvchi sun’iy intellekt tizimidir. Odatda bunday kuchli dasturiy ixcham quloqchin korpusiga joylashtirish imkonsiz bo‘lgan darajadagi yuqori hisoblash quvvatini talab qiladi. Biroq Samsung o‘z algoritmini qurilmaning o‘zida ishlashi uchun sinchkovlik bilan optimallashtirdi: hisoblash hajmini dastlabki holatiga nisbatan 10 foizgacha kamaytirdi va model hajmini 30 foizgacha qisqartirdi. Shu tarzda kuchli sun’iy intellekt asosidagi ovozga ishlov berish texnologiyasini ixcham quloqchin korpusiga joylashtirishga erishildi.

 

Biroq faqat shovqinni to‘sishning o‘zi qo‘ng‘iroqning tiniqligini to‘liq kafolatlamaydi. Quloqchinlar ovozning tabiiy yangrashini ham ta’minlashi kerak. Buning uchun Galaxy Buds4 Pro tez o‘zgaruvchan muhitga zudlik bilan moslashish maqsadida joriy va kelgusida kutilayotgan tovush ma’lumotlarini tahlil qiladi. Shuningdek, Samsung nutq tafsilotlarini avvalgi modellarga qaraganda 16 baravar ko‘proq qamrab olish uchun o‘z algoritmini yangiladi. Yuqori aniqlik tufayli atrof qanchalik shovqinli bo‘lishidan qat’i nazar, nutqingizning har bir bo‘lagi – yuqori chastotalardan tortib, undoshlar va so‘z oxirlarigacha ravshan hamda tushunarli eshitiladi.

 

Galaxy Buds4 Pro tananing tabiiy harakatlarini ham hisobga oladi. Harakatlanish quloqchin joylashuvining siljishiga va quloqqa zich o‘rnashish holatining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Natijada fon shovqini ichkariga sizib kiradi. Buning oldini olish maqsadida Galaxy Buds4 Pro real vaqt rejimida shovqin sizib kirishini baholash uchun ichki va tashqi mikrofonlardan kelayotgan signallarni tahlil qiladi va qo‘ng‘iroq tiniqligini saqlab qolish uchun audioni vaziyatga moslab sozlaydi.

 

Bundan tashqari, Galaxy Buds4 Pro’ning chuqur neyron tarmog‘i yordamida ta’minlangan ovoz tiniqligi Galaxy smartfoni bilan birgalikda ishlatilganda ajoyib hamohanglikni yuzaga keltiradi. Bu 16 kHz gacha bo‘lgan o‘ta keng polosali tarmoqdan foydalanilgan holda tabiiy ovoz sifatini taqdim etadi.

 

 

▲Galaxy Buds4 Pro’ning shovqinni kamaytirish algoritmidan oldingi ovoz yozuvi  ▲Galaxy Buds4 Pro’ning shovqinni kamaytirish algoritmidan keyingi ovoz yozuvi

 

Galaxy Buds4 Pro’ning qo‘ng‘iroq sifati real muhitda qanday sinovdan o‘tkazildi?

 

Galaxy Buds4 Pro real sharoitlarda yuqori sifatli qo‘ng‘iroqlarni ta’minlashiga ishonch hosil qilish uchun Samsung turli joylarda vujudga keladigan akustik vaziyatlarni laboratoriyada simulyatsiya qildi. Buning uchun yirik shamol tunnellaridan foydalanildi.

 

 

Galaxy Buds4 PRO test laboratoriyasi

▲ Ushbu rasm sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan va faqat illyustrativ xarakterga ega. Unda Galaxy Buds4 Pro orqali so‘zlashuv paytida tiniq ovozni ta’minlaydigan texnologiya sinovdan o‘tkazilayotgan laboratoriya ko‘rsatilgan

 

 

Laboratoriya sinovlaridan tashqari, Samsung kundalik hayotning shovqinli joylarida – gavjum kafelar, yirik savdo markazlari va aks-sado beruvchi poyezd bekatlarida keng ko‘lamli sinovlarni o‘tkazdi. Qo‘ng‘iroq sifati hatto tunda ko‘chada va derazalari ochiq avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda ham tekshirildi. Bularning barchasi quloqchinlar imkoniyatlarini real ssenariylarda mukammallashtirish uchun amalga oshirildi.

 

Katta shaharning tinimsiz shovqini yoki noqulay muhit endi muhim suhbatlaringizga to‘sqinlik qila olmaydi. Galaxy Buds4 Pro o‘zidagi murakkab sensorlar va aqlli algoritmlar yordamida simsiz quloqchinlarning odatiy chegaralarini buzib o‘tdi. Natija esa yagona va qat’iy: siz qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, ovozingiz suhbatdoshga mutlaqo tiniq va xuddi yuzma-yuz turib gaplashayotgandek yetib boradi.

 

1 Galaxy Buds Live va undan keyingi modellarda ishlaydi

Qurilmalar > Mobil

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga