Knox kundaligi: Galaxy Security yordamida onlayn faolligingizni maxfiy saqlash

27/08/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Qayerda boʻlmang, Xavfsiz Wi-Fi va Samsung Internet vositalari maxfiyligingizni taʼminlaydi

 

Ish uchunmi yoki oʻyin uchunmi, koʻpchiligimiz har kuni soatlab internetdan foydalanamiz. Internetga ulanganimizda u yerdagi faolligimiz maxfiy va himoyalangan boʻlishini istaymiz. Bu kelgusi shopping rejalari uchun onlayn doʻkonlarni koʻrib chiqishimizdami yoki muhim hujjatlar bilan ishlayotganimizdami, barchasiga amal qiladi. Samsung Galaxy bilan biz sizga shunday himoyani berolamiz. Qayerda boʻlmang, bular bilan siz internetdan xavfsizroq foydalana olasiz.

 

Xavfsiz Wi-Fi:

 

Samsung’ning Xavfsiz Wi-Fi funksiyasi bilan siz oʻzingizga qulay boʻlgan joydan turib bexavotir ishlashingiz mumkin. Bu funksiya hatto xavfsiz boʻlmagan, jamoat Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanganda ham internetga xavfsiz kirish imkonini beradi va internet trafigini shifrlash orqali toʻliq himoyani taqdim etadi. Maxfiylikni kengroq himoya qilish uchun siz hatto internet trafigingizni ikkita alohida retranslyator orqali yoʻnaltirishingiz ham mumkin, shunda hech kim sizning IP manzilingizni bila olmaydi. Bu ayniqsa jamoat joylarida masofadan ishlayotganingizda samara beradi.

 

Xavfsiz Wi-Fi’dan foydalanish uchun Sozlamalar, Xavfsizlik va maxfiylik menyusiga oʻting va Qoʻshimcha xavfsizlik sozlamalarini tanlang. U yerdan Xavfsiz Wi-Fi’ga bossangiz kifoya. Shuningdek, buni tezda amalga oshirish uchun Xavfsiz Wi-Fi belgisini bosh ekranga qoʻshib qoʻyishingiz mumkin.

 

▲ Sozlamalar > Xavfsizlik va maxfiylik > Qoʻshimcha xavfsizlik sozlamalari > Xavfsiz Wi-Fi’ni tanlang

 

Galaxy bilan shaxsiy maʼlumotlaringiz va maxfiy hujjatlaringiz jamoat tarmoqlarining potensial tahdidlariga bardoshli boʻlgani uchun xotirjamlik bilan masofadan turib ishlashingiz mumkin. Xavfsiz Wi-Fi hatto oyiga 1024 MB gacha bepul himoyani taklif qiladi va Wi-Fi tarmogʻiga ulanganda avtomatik ravishda yoqiladi[1]. Shuningdek, tarifini yangilamoqchi boʻlganlar uchun qoʻshimcha tarif rejalari mavjud.

 

Samsung Internet:

 

Samsung Internet foydalanuvchiga yoʻnaltirilgan xavfsizlik va maxfiylik xususiyatlarini veb-brauzerga ham olib kiradi, bu sizga shaxsiy maʼlumotlaringizni himoya qilgan holda sevimli veb-saytlaringizni erkin kuzatish qilish imkonini beradi. Samsung Internet bilan biz sizni va onlayn faolligingizni xavfsiz qilishga qaratilgan son-sanoqsiz funksiyalarni yaratdik.

 

Masalan, brauzer Quick Access (Tezkor yorliqlar) orqali kiriladigan Privacy Dashboard (Maxfiylik darchasi) panelida batafsil bayon qilingan, internetdagi faoliyatingizni qanday himoyalashi haqida toʻliq maʼlumot beradi. Bu haftalik faollik va sozlamalarning batafsil qaydini taqdim etadi, ularni istalgan vaqtda siz istagan maxfiylik darajasiga moslashtira olasiz. Funksiyani topish uchun brauzerni oching, uchta nuqtaga bosing va Maxfiylikni tanlang.

 

Qoʻshimcha xavfsizlik uchun Samsung Internet Yashirin rejim bilan shaxsiy muhitni ham faollashtiradi. Bu sizning qurilmangizga kirish huquqiga ega boʻlgan kishiga sovgʻa xarid qilishda syurprizni saqlab qolishda qoʻl keladi. Bu opsiya yordamida siz Samsung Internetda odatdagidek veb-saytlarga kira olasiz, ammo qoʻshimcha maxfiylik va xavfsizlik bilan. Maxfiy rejimda siz tashrif buyurgan har qanday veb-saytlar uchun cookie fayllar va sayt tarixi Maxfiy rejimi yopilishi bilanoq hammasi telefoningizdan oʻchib ketadi. Sahifalar va xatchoʻplarni saqlashingiz mumkin, biroq ular faqat maxfiy rejimda koʻrinadi. Bu funksiyadan foydalanish uchun Samsung Internet’ga oʻting va asosiy ekranning pastki qismidagi ochiq sahifalaringizni boshqaruvchi tab menejeri belgisiga bosing. “Maxfiy rejimni yoqish” tugmasini bosish orqali maxfiy rejimni faollashtiring.

 

▲ Samsung Internet > Tab menejeri belgisi > Maxfiy rejimni yoqish

 

Shuningdek, Samsung Internet avtomatik yoqilgan, sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan Smart Anti-tracking funksiyasini ham taqdim etadi. Bu funksiya cookie fayllarni va sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni kuzatishga urinayotgan uchinchi shaxslarni bloklashga yordam beradi, shuningdek, saytlararo kuzatuvchilar maxsus usullar orqali blokni buzib oʻtishining oldini ham oladi. Smart Anti-tracking URL manzilini kiritishda xavfsizroq HTTPS manzilni maʼqul koʻradi hamda maʼlumotlar omborida qayd etilgan trekerlar bilan til biriktirgan domenlardan sizni saqlaydi. Smart Anti-tracking’dan foydalanish uchun Samsung Internet’dagi Maxfiylik darchasiga kiring va Smart Anti-tracking’ga bosing.

 

Samsung Internet > Maxfiylik darchasi > Smart Anti-tracking

 

Nihoyat Samsung Internet reklamani bloklash imkonini beradi. Biz veb-saytlarni koʻrayotganingizda chalgʻituvchi reklamalarni olib tashlashni istashingizni hisobga oldik. Biz sizga uchinchi tomon reklama blokerlarini yuklab olish imkonini beramiz. Reklamalarni bloklash uchun Samsung Internet ilovasini oching va uch nuqtali belgini (menyu) bosing va Reklama blokerlarini tanlang. Bu yerda reklama blokerlarini yuklab olishingiz uchun baʼzi ilovalarni tavsiya qilamiz.

 

▲ Samsung Internet > Menyu > Reklama blokerlari

 

Samsung Galaxy qurilmangiz bilan qachon va qayerda internetga kirsam boʻlar ekan deb tashvishlanishga hojat yoʻq. Biz hammasini oʻylab chiqqanmiz. Qayerda boʻlishingizdan qatʼi nazar onlayn faoliyatingiz davomida sizni himoya qilish uchun biz choralar taqdim etamiz.

 

 

[1] Xavfsiz Wi-Fi Android OS 12 yoki undan keyingi versiyalari uchun oyiga 1024 MB gacha va Android OS 11 yoki undan oldingi versiyalari uchun oyiga 250 MB gacha bepul himoyani taklif etadi. Xizmat mavjudligi bozor yoki tarmoq provayderiga qarab farq qilishi mumkin va xizmatga ulanish imkoniyati tarmoq muhitiga qarab oʻzgaradi.

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga