Knox kundaligi: Xavfsizlikning maxfiy soʻzlarsiz kelajagi
Qurilmalarimiz tufayli eng yuqori ish samaradorligiga erisha oldik. Smartfonlardan tortib aqlli uylargacha bizning hayot tarzimiz endi aql bovar qilmaydigan darajada oʻzaro bogʻlangan. Ammo bu ulanuvchanlik oʻsib borishi sari qurilma va maʼlumotlar xavfsizligi bilan bogʻliq tashvishlar ham ortib boradi.
Oʻzaro bogʻlangan ekotizimdan foydalanayotganingizda Samsung oʻzining Knox Vault, maxfiy kalitlar va Knox Matrix xavfsizlik tizimlari orqali sizni va raqamli hayotingizni himoya qilib, xotirjamlikni taʼminlashni ustuvor vazifaga aylantirgan.
Knox Vault
Biz doimiy ravishda dasturiy va apparat innovatsiyalari orqali mahsulotlarimizga qoʻshimcha xavfsizlik qatlamlarini qoʻshish yoʻllarini oʻrganib chiqamiz. Bunga misol qilib PIN-kodlar, maxfiy soʻzlar va biometrik maʼlumotlar kabi eng nozik maʼlumotlaringizni qurilmangizning qolgan barcha qismidan himoya qilish va maʼlumotlaringizga boshqa hech kim jismoniy yoki masofadan kira olmasligini taʼminlash uchun xavfsiz protsessorni xavfsiz xotira bilan birlashtirgan, apparat bilan taʼminlangan Knox Vault misol boʻla oladi.
Ammo biz faqat shu bilan toʻxtab qolmaymiz. Hozirda koʻpchilik bir nechta qurilmalardan foydalanayotgani bois biz Knox Vault’ni koʻproq qurilmalarga kengaytirmoqdamiz[1] va eng xavfsiz mobil qulaylikni kengroq auditoriyaga taqdim etmoqdamiz. Bizning texnologiyalarimiz doimo rivojlanib borishiga shubha yoʻq va sizni va shaxsiy maʼlumotlaringizni xavfsiz saqlashni birinchi oʻringa qoʻyishda davom etishimizga ishonsangiz boʻladi.
Maxfiy kalitlar
Qurilmamiz ekotizimlari oʻsishda davom etar ekan, biz hammamiz koʻpincha uzun, murakkab va unutish oson boʻlgan maxfiy soʻzlar bilan ilovalar va veb-saytlardan roʻyxatdan oʻtish kabi noqulaylikni boshdan kechirdik. Ammo, tasavvur qiling, endi bunaqa boʻlmasa va login maʼlumotlarini bir nechta qurilmalarda xavfsiz almashish mumkin boʻlsa-chi?
Knox Matrix tomonidan Galaxy smartfonlari va planshetlari bilan ochilgan veb-saytlar va ilovalarda autentifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan raqamli login maʼlumotlari — bizning maxfiy kalitlar haqidagi tasavvurimizdir.[2] Maxfiy kalitlar foydalanuvchilarga Samsung Wallet’ning Samsung Pass funksiyasi yordamida Galaxy qurilmalaridagi ilovalar va veb-saytlarga kirish imkonini beradi.[3] Bu xavfsiz va sodda funksiya foydalanuvchilarga barmoq izlari kabi biometrik autentifikatsiya yordamida tizimga kirishni osonlashtiradi va joriy maxfiy soʻzlarni eslab qolish yoki unutilganlarni qayta tiklash zaruratini yoʻq qiladi. Xavfsizlikka putur yetkazmaydigan qulaylik — maxfiy soʻzlarsiz kelajak sari muhim qadamdir.
Maxfiy kalitlar bilan qurilmangiz yanada tezkor, boshqarish oson va xavfsiz bo‘ladi. Vaqtni tejaysiz, zero qurilmangizga login maʼlumotlarini endi kiritib oʻtirish shart emas. Shunchaki qaysi tizimga kirmoqchi boʻlsangiz, oʻsha tizim uchun saqlangan maxfiy kalitni tanlasangiz kifoya. Maxfiy kalitlar roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yangi ulangan qurilmada ularni sinxronlash oson va qaytadan login qilishga hojat yoʻqoladi. Maxfiy kalitlar faqat foydalanuvchilarning roʻyxatdan oʻtgan veb-saytlari va ilovalarida ishlaydi, bu esa zararli saytlar yoki ilovalarning fishing hujumlaridan himoya qiladi.
Knox matrix
Giperbogʻlangan dunyo uchun identifikatorlar va login maʼlumotlarini himoya qilishning yangi usullarini taqdim etuvchi maxfiy kalitlar Knox Matrix‘ning asosiy komponenti boʻlgan Credential Sync’ning bir qismidir. Biz telefonlarimizdan tortib televizorlar va hatto sovitkichlargacha oʻzaro ulangan qurilmalar bilan oʻralgan dunyoda yashayapmiz. Ushbu ulanuvchanlik qiziqarli yangi imkoniyatlarni taqdim etsa-da, ulardab foydalanish xavfini oshiradi. Yagona qurilmalarni himoya qiluvchi anʼanaviy xavfsizlik usullari bilan bitta buzilgan qurilma bir xil ekotizimdagi boshqa qurilmalarga salbiy taʼsir koʻrsatsa, bu usul endilikda yaroqsizga chiqadi. Oʻz navbatda bu boshqa himoya qatlamiga ehtiyoj tugʻdiradi.
Shuning uchun biz Knox Matrix’ni yaratdik, bu bizning keyingi avlod xavfsizlik tizimimiz va xavfsizlik kelajagiga qarashlarimizdir. Ushbu xavfsizlik tizimi keng qamrovli yondashuv boʻlib, hayotimizga yanada koʻplab qurilmalar ulanib borgan sari muhimlashib boradi. Tizim esa uyingizni aqlli qalqonga aylantiradi va sizni va ulangan qurilmalar ekotizimingizni xavfsiz saqlaydi. Knox Matrix sizning shaxsiy blokcheyn tizimingiz sifatida ishlaydi va bunda oʻzaro ulangan, oʻzaro qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar bir-birini buzilishlarga tekshiradigan koʻp qatlamli, aqlli tahdid monitoringi orqali asosiy qismlarda xavfsizlikni taʼminlaydi.
Credential Sync maʼlumotlarni qurilmadan qurilmaga koʻchirishda himoya qiladi, bu esa nozik maʼlumotlarni shifrlashda bir nechta loginlarni boshqarishni osonlashtiradi. Login maʼlumotlarini qurilmalar boʻylab ulashish orqali biz qurilmangizning butun ekotizimini himoya qilishni maqsad qilganmiz. Shunday ekan, ulanuvchanlik yoki qulaylikni deb endi xavfsizlikdan voz kechishingiz shart emas.
Knox Matrix Trust Chain butun qurilmalaringiz ekotizimiga yanada ilgʻor himoyani taqdim etadi. Trust Chain’da oʻzaro ulangan qurilmalar bir-birini xavfsizlik tahdidlari uchun kuzatib boradi. Agar qurilma hujumga uchragan boʻlsa, bildirishnomalar faollashadi va tahdidni bloklash uchun choralar koʻriladi. Shuningdek, Cross Platform SDK turli xil operatsion tizimlardagi qurilmalarga Knox Matrix’dan barqaror xavfsizlik standartlari orqali foydalanish imkonini beradi. Yaʼni Samsung qurilmalaringiz Android, Tizen, Windows yoki boshqa operatsion tizimlarga asoslangan boʻlsa ham, siz Knox Matrix bilan eng kuchli xavfsizlikdan bahramand boʻlaverasiz.
Samsung ushbu oʻzaro zich bogʻlangan dunyoda hozir va kelajakda Samsung Galaxy bilan erkin va qulay tarzda yashashingizni xohlaydi. Shu maqsadda biz sizga Knox Vault va Knox Matrix bilan raqamli dunyongizdan maksimal darajada foydalanishga yordam berishga tayyormiz. Maxfiy soʻzlarsiz kelajak sari intilar ekanmiz, bu kuchli xavfsizlik yechimlari doim ishonchingizni oqlaydigan himoyani taʼminlab borishiga shubhamiz yoʻq.
[1] Jumladan Galaxy S modellari, Galaxy A modellari, Galaxy Tab S modellari va boshqalar, lekin faqat ular bilan cheklanmagan. Knox Vault mavjudligi modelga qarab farq qilishi mumkin.
[2] One UI 6 yoki undan keyingi versiyalarni qoʻllab-quvvatlaydigan Samsung Pass oʻrnatilgan Galaxy smartfon va planshetlarida mavjud.
[3] Samsung Wallet va Samsung Pass mavjudligi bozor yoki modelga qarab farq qilishi mumkin.
Qurilmalar > Mobil
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.