Knox Matrix taqdimoti: Samsung Knox bilan 10 yil himoya va Samsung’ning yanada xavfsiz kelajakka bo‘lgan nigohi

09/06/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics’dan Knox xavfsizlik platformasi 10 yoshga to‘ldi! Dunyodagi eng kuchli qo‘riqlanuvchi joylardan biri nomiga qo‘yilgan Knox ilk bor 2013-yilda Mobile World Congress (MWC)’da taqdim etilgan edi.

 

 

Butun dunyo bo‘ylab mobil qurilmalar yetakchi himoyasining bu 10 yilligi davomida Samsung Knox kompleks himoya platformasiga aylandi hamda milliardlab foydalanuvchilar va korporativ mijozlar himoyachisi nomini qozondi. Bugungi kunda Samsung kompaniyasi Knox Matrix yordamida qurilmalarning yangi xavfsizlik darajasiga ko‘tarildi.

 

 

 

 

O’zaro bog‘liq qurilmalar ortib borayotgan olamda xavfsizlikni ta’minlash

 

 

Knox Matrix — bu Samsung’ning kelajakka bo‘lgan nigohi bo‘lib, unda ekotizimga ulangan qurilmalar bir-birlari va boshqa foydalanuvchilar himoyasini ta’minlay oladi. Bu jahonda smartfonlar va ulangan tizimlar soni ortishi bilan dolzarblashib boradigan xavfsizlikka bo‘lgan kompleks yondashuv.

 

 

Dunyo bo‘ylab ko‘plab foydalanuvchilar o‘zaro bog‘langan qurilmalarni ishlatishmoqda: televizorlar va mobil telefonlardan tortib sovitkich va robot-changyutkichlargacha. Jami 14 milliarddan ziyod bog‘langan qurilmalarning borligi bu bozorning nihoyatda ulkan ekanidan va faqat o‘sib borishidan dalolat qiladi.

 

 

Bunday o‘sishning barcha afzalliklariga qaramay, bog‘langan qurilmalar soni ortishi kiberhujumlar xavfini orttirishini Samsung kompaniyasi yaxshi anglaydi. Alohida tizimlar himoyasiga qaratilgan an’anaviy xavfsizlik infratuzilmalari bunday vazifani bajara olmaydi, negaki birgina buzib kirilgan holat tufayli ekotizimdagi boshqa qurilmalar faoliyatiga ham salbiy ta’siri bo`lishi mumkin. Knox Matrix bu muammoni birdaniga bir qancha qurilmalar: mobil telefonlar, televizorlar, maishiy texnika vositalari va boshqa qurilmalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan revolyutsion konsepsiya yordamida hal qiladi.

 

 

 

 

Knox Matrix’ni qo‘llab-quvvatlovchi Samsung qurilmalari tekshirilgan xavfsizlik tarmog‘i doirasida bir-birini himoya qiladi. Bir elementga buzib kirilganda Knox Matrix uni ekotizimdan chiqarib yuboradi (izolyatsiya qiladi). Turli qurilmalarda Knox Matrix’ning qo‘llab-quvvatlanishi aqlli uyni o‘zgacha aqlli qalqonga aylantiradi — tarmoqqa ulangan qurilmalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ularning umumiy xavfsizligi shuncha yuqori bo‘ladi.

 

 

Ayni damda platforma samaradorligini ta’minlovchi Knox Matrix’ning 3 ta nihoyatda muhim funksiyasi bor. Trust Chain funksiyasi qurilmalarga xavf bor-yo‘qligini nazorat qilishga yordam beradi. Credential Sync funksiyasi qurilmalararo ma’lumotlar o‘tkazishda foydalanuvchi ma’lumotlarini himoyalaydi. Cross Platform SDK esa turli operatsion tizim va platformalardagi (jumladan, Android, Tizen va Windows) qurilmalarda tegishli xavfsizlik standartlarini ta’minlash uchun Knox Matrix’ni faollashtirish imkonini beradi. Shu tariqa biz ulkan miqdordagi giper-bog‘langan qurilmalar olamida ham ularning xavfsizligini ta’minlay olamiz.

 

 

Knox Matrix yopiq blokcheyn doirasida xavfsizlik elementlarini boshqaradi va xavflarning intellektual monitoringi yordamida bog‘langan qurilmalarga bir-birlaridagi buzilishlar bor-yo‘qligini tekshirish va xavfsizlikni ta’minlashga imkon yaratadi.

 

 

 

 

Yangi marralar sari yo‘l: birga kuchliroq

 

 

Qurilmalar xavfsizligining yangi davrini yaratish puxta tahlillarni talab qiladi. Knox Matrix’ni ishlab chiqish jarayoni jadal ketmoqda, ammo keyingi marraga yetish yo‘lida bir qancha qiyinchiliklar bor. Masalan, turli operatsion tizimlar va xavfsizlik standartlariga ega ko‘plab qurilmalar turlarining bir-biriga mos kelishini ta’minlash, shuningdek, yaxlitlikda ishlashga qodir samarali tizim doirasida ularni birlashtirish.

 

 

Bog‘langan qurilmalar imkoniyatlari ortishi bilan Samsung kompaniyasi ulardan foydalanish murakkablashib bormasligini nazorat qilishi lozim. Knox Matrix bilan foydalanuvchilar shaffoflikka erishadi va himoya bilan bir qatorda keng tanlovga ham ega bo‘ladi. Foydalanuvchilar o‘z qurilmalarida, ayniqsa himoya masalalarida mustaqil ravishda asoslangan qarorlar qabul qilish mumkinligini bilgan holda o‘zlarini himoyalangan deb his qilishlari zarur. Knox Matrix foydalanuvchilarni eski proshivkadan foydalanish kabi potensial xavfsiz bo‘lmagan holatlar haqida ogohlantirishi va keyingi harakatlarni taklif qilishni boshlashi kutilmoqda.

 

 

Bog‘langan ekotizimlar himoyasi bo‘yicha Knox Matrix’ning imkoniyatlari bosqichma-bosqich Samsung Galaxy smartfon va planshetlaridan boshlab namoyish qilib boriladi. Knox Matrix’ni qo‘llab-quvvatlovchi modellar 2024-yildan — dastlab yuqorida aytilgan 3 ta asosiy funksiya bilan yo‘lga qo‘yiladi. Boshqa funksiyalarni yangilanish doiralarida taqdim etish rejalashtirilmoqda. Keyingi 2-3 yil davomida avval platforma Samsung maishiy texnika vositalari uchun, keyin esa hamkorlik qurilmalari uchun taqdim etiladi. Hamkorlik qurilmalari bilan ishlanmalar boshlab yuborilgan.

 

 

Xavfsiz innovatsiyalar yaratishda ulkan tajriba

 

 

Samsung kompaniyasida SmartThings yordamida turli qurilmalar orasidagi moslikni ta’minlashga doir ulkan tajribasi bor. Kompaniyaning ochiq hamkorlik haqidagi falsafasiga muvofiq, masalalar muammolarga aylanishidan oldin ehtimoiy vaziyatlarni oldindan izlagan holda xavfsizlik standartlarini aniqlash va rivojlantirish uchun Samsung sohaga oid eng ishonchli sheriklar va xavfsizlik bo‘yicha keng miqyosdagi hamjamiyat bilan hamkorlik qiladi. Odamlar va g‘oyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, yechimlar ham shunchalik yaxshi bo‘ladi. Bu fikr har bir bosqichda mahsulotlarga o‘rnatilgan kompleks himoya va real vaqtda xavflarni aniqlash bilan bir qatorda Samsung Galaxy’ning barcha qurilmalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

 

Knox Matrix — bu Samsung Knox yordamida xavfsizlikni ta’minlash ulkan yo‘lining yangi bosqichi. Yaqindagina Samsung o‘ta muhim ma’lumotlarni alohida saqlovchi va ular hech qachon begona qo‘llarga tushib qolmasligini kafolatlovchi xavfsizlikni ta’minlash uchun muhim yechim — Knox Vault’ni taqdim qilgandi.

 

 

Oldingi ishlanmalar sezgir ilovalar va jarayonlarni odatiy dasturiy ta’minotdan alohida ravishda ishga tushirish uchun asosiy operatsion tizimda xavfsiz muhitni ta’minlovchi TrustZone ishlanmasini o‘z ichiga olgandi. Shunday qilib, ish va o‘yin ilovalari bir qurilmada xavfsiz tarzda mavjud bo‘la olishi mumkin.\

 

 

Samsung Knox platformasi butun dunyodagi kompaniya va muhim tashkilotlarga sozlanuvchi, boshqarilishi oddiy dasturiy ta’minot va kompleks xavfsizlik orqali o‘z qurilmalar to‘plamini samarali himoya qilish, kengaytirish va boshqarishga yordam berishga qaratilgan Knox Suite[1]  butun xafvsizlik elementlari paketiga sekin-asta aylanib bordi.

 

 

Soha tahlilchilari Samsung Knox’ni reytinglarning eng yuqori pog‘onalariga qo‘yishlari hayratlanarli emas. So‘nggi o‘n yillikda Samsung Knox ko‘plab davlat tuzilmalari va agentliklardan sertifikatlar qo‘lga kiritdi. Shu bois Samsung  faxr bilan ta’kidlaydi: Knox — mudofaa darajasidagi ma’lumotlar himoyasini taklif etuvchi dunyodagi eng ishonchli xafvsizlik platformalaridan biri.

 

 

Samsung Knox har jabhada hurmat qozondi, shu bois ishonchimiz komilki, bu platforma qurilmalar xavfsizligining yangi davrini boshlab berish uchun eng to‘g‘ri tanlov bo‘ladi. Zamonaviy aloqa texnologiyalari bizga hayotni yaxshiroq va qiziqarliroq qilishga yordam beradi, shu bilan birga, bog‘langan qurilmalar sonining ortishi katta xavf paydo bo‘lishi muqarrar ekanini bildirmaydi. Samsung Knox yordamida Samsung kompaniyasi birgalikda kuchliroq va samaraliroq bo‘lish uchun yanada xavfsiz ertangi kunga poydevor qurmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

[1] Alohida litsenzion kalit talab qilinadi (alohida xarid qilinadi).

 

Korporativ > Texnologiyalar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga