Ko‘p vazifa, oz vaqtda? Galaxy A56 bilan hammasi oson
O’zbekistonda sun’iy intellekt, mustahkam dizayn va zamonaviy funksiyalar –
Galaxy A56 bilan vaqtingizni tejang, vazifalaringizni yengillashtiring.
Ko‘plab vazifalarni bir vaqtning o‘zida bajarish uchun smartfon tanlashda to‘g‘ri qaror qabul qilish muhim. Samsung Galaxy A56 – o‘zbekistonliklar hayotiga moslashtirilgan, har kuni foydalaniladigan universal yordamchi. U siz bilan birga uyda, ko‘chada, ishda yoki blogingizda – yordamga doim tayyor.

Kimlar uchun Galaxy A56 ideal telefon?
Yosh onalar uchun:
- Galaxy A56 harakatdagi bolani suratga olishda yordam beradi – masalan, u raqsga tushayotgan bo‘lsa ham, kamera stabilizatsiyasi tasvirni tiniq saqlaydi, sun’iy intellekt esa suratni avtomatik yaxshilaydi.
– Bolaning rasm va videolari qanchalik ko‘p bo‘lsa ham, ularni saqlashga joy bemalol yetadi: 128 / 256 GB xotira + microSD bilan yillar davomida rasm va videolarni o‘chirmay to‘plash mumkin.
– Chaqaloq sokin musiqa eshitib uxlayotganda telefon quvvati tugab qolishidan xavotir olmasa ham bo‘ladi. 5000 mAh batareya bilan kun bo‘yi ishlaydi, 25W zaryadlash esa quvvatni tezda to‘ldiradi.
Ishbilarmonlar uchun:
– Har kuni ko‘plab ilovalar ochib, videoqo‘ng‘iroqlar qilinishiga qaramay, Exynos 1480 chipseti + 8 GB xotira bilan hech qanday qotib qolish holatlari yuzaga kelmaydi.
– Fayllarni tezroq ulashish kerak bo‘lganda, Quick Share bilan suratlar, hujjatlar, videolarni bir zumda jo‘natish mumkin.
- Biznes uchrashuvlari, xizmat safarlari yoki sayohat vaqtida ham qulay: qurilma IP67 darajasida suv va changdan himoyalangan.
Talabalar uchun:
– Xorijiy manbalarga asoslanib dars tayyorlash uchun endi har bir matnni soatlab tarjima qilish shart emas. Galaxy AI matnni o‘zi tarjima qilib beradi.
- PDF Reader va AI tahrirlovchi yordamida har qanday hajmdagi matnni qisqartirib o‘qish yoki qayta yozish mumkin.
– Ko‘plab topshiriqlarni telefon orqali bajarishga to‘g‘ri kelganda yorqin AMOLED ekran va ko‘zni kam charchatadigan rejim ayni muddao.

Kontent yaratuvchilar uchun:
– Asosiy kamerasi (50 MP) har bir detalni tiniq va aniq tasvirga oladi – har qanday kadr sifatli va professional ko‘rinadi.
– Selfi uchun yorug‘lik kamlik qilsa ham, 12 MP old kamera va Super HDR bilan yuz tabiiy va tiniq ko‘rinadi.
– Rasmlarni tahrir qilish yanada oson va qulay. AI yordamchi suratni orqa fonidan ajratadi, keraksiz narsani bilintirmay olib tashlaydi.
– Tayyor kontentni tezda ulashish mumkin – Wi-Fi 6 bilan yuklash va ulashish 2 baravar tez!

Nima uchun Galaxy A56 siz uchun ham ideal?
- Ingichka (7,4 mm) va yengil (198 g) Galaxy A56 ni ushlab yurish oson va qulay.
- 90 daqiqagacha uzluksiz videoga olish mumkin. Tahrir qilish uchun maxsus funksiyalarga ham ega.
- Smartfonni qayta zaryadlamasdan 29 soatgacha uzluksiz video tomosha qilish mumkin.
- Suratlar uchun tayyor filtrlar – alohida ilova yuklab olish shart emas.
- Smart Switch yordamida eski telefondagi maʼlumotlarni Galaxy A56ʼga tez va xavfsiz ko‘chirib, ishni o‘sha paytdayoq davom ettirish mumkin.
- Gemini yordamchisi matn yozishda, tarjima qilishda va hujjatlarni soddalashtirishda yordam beradi.
- Aylana chizib qidirish funksiyasi ekrandagi istalgan rasm yoki matnga shunchaki barmoq bilan aylana chizish orqali bir zumda qidiruv natijalarini olish imkonini beradi.
- Guruh bo‘lib suratga tushirilganda eng yaxshi yuz ifodalarini telefonning o‘zi tanlab oladi va joylashtiradi.
Agar siz zamonaviy, samarali va qulay telefon izlayotgan bo‘lsangiz, Galaxy A56 – bu aynan siz uchun! U sizga har bir vazifani yengil va tez bajarishga yordam beradi.
Batafsil ma’lumot https://www.samsung.com/uz_uz/ saytida.
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com