Ko‘proq hissiyotlar. Ko‘proq taassurotlar. Samsung Jahon Chempionati arafasida maxsus taklifni taqdim etadi

Samsung kompaniyasi 2026-yilgi Jahon Chempionatiga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rmoqda! Futbol muxlislariga maxsus taklif — yangi Samsung texnikasi bilan o‘yinlarni haqiqiy stadion atmosferasida uyingizda tomosha qiling. Bu xabar, texnikani yangilashni rejalashtirganlar uchun — ayni muddao!
Aksiyaning asosiy g‘oyasi – xariddan “ko‘prog‘iga ega bo‘lish”. 2026-yilning 25-mayidan 14-iyunigacha quyidagi takliflar amal qiladi:
- Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonini xarid qiling va Galaxy Buds4 Pro simsiz quloqchinlarini sovg‘a sifatida oling.
- 55 dyuymli Samsung Crystal UHD televizorini 50 dyuymli model narxida xarid qilish imkoniyatidan foydalaning.
Galaxy S26 Ultra: yorqin lahzalar uchun

Mazkur qurilma o‘zida yuqori unumdorlik va qator intellektual yechimlarni jamlagan bo‘lib, nafis va ingichka korpusi bilan ajralib turadi. Smartfonning asosiy imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
- Maxfiy displey funksiyasi: innovatsion texnologiyalar yordamida ekrandagi ma’lumotlarni begona nigohlardan yashirib, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiladi. Shuningdek, aynan nimani yashirishni tanlashingiz mumkin: masalan, ma’lum ilovalar, barcha kiruvchi bildirishnomalar yoki PIN-kod va parollarni kiritish jarayoni.
- Nightography: Kam yorug‘lik sharoitida ham aniq va tafsilotlarga boy suratlar olish imkonini beradi. Tungi sayrlar yoki yorug’ligi past bo‘lgan hududlarda kadrlarni yorqin muhrlash uchun qulay.
- Super Steady video: Harakat vaqtida video yozish jarayonini barqarorlashtiruvchi tizim bo‘lib, kadrlarning titrashini kamaytiradi va videoning professional darajada silliq chiqishini ta’minlaydi.
Galaxy Buds4 Pro quloqchinlari bilan esa siz stadion jo’shqinligiga eng yuqori audio sifati bilan sho’ng’ib, futbol o‘yinlarining har bir lahzasini mukammal tarzda his qilasiz.
Samsung Crystal UHD: uydagi qulaylik va aniq tasvir

Ekran sifati uyda yanada qulay tomosha qilish uchun muhim. Ushbu televizor bir qator texnologik funksiyalarni taqdim etadi:
- 4K upscaling: Dastlabki tasvir sifati qanday formatda uzatilishidan qat’i nazar, uni qayta ishlab, 4K darajasigacha yaqinlashtiradi va nihoyatda tiniq ko‘rsatadi.
- Knox Security: Qurilma darajasida ma’lumotlar hamda tarmoqdagi barcha ulangan xizmatlar xavfsizligini ta’minlovchi platforma.
- 7 yillik OT yangilanishi: Televizorning operatsion tizimi yetti yil davomida muntazam yangilanib boradi. Bu esa qurilma uzoq vaqt davomida zamonaviy funksiyalar va ilovalarni qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.
Texnikangizni yangilang va yilning eng muhim sport o‘yinlarining kuchli va hayajonli daqiqalarini haqiqiy muxlislarga xos tarzda qarshi oling.
Qurilmalar > Mobil
Pressa uchun > Press-relizlar
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com