Kun davomida faol foydalanishga mo‘ljallangan Galaxy A08 yangilangan unumdorlik, katta batareya va Galaxy’ga xos ishonchlilikni birlashtiradi

30/09/2026
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics yangi Galaxy A08 smartfonini taqdim etadi — kun davomida faol foydalanishga mo‘ljallangan qurilma yangilangan unumdorlik, katta batareya va Galaxy’ga xos ishonchlilikni birlashtiradi. Modelning asosiy g‘oyasi kundalik vazifalarni ortiqcha murakkabliksiz, barqaror va uzoq davom etadigan tajriba bilan bajarishga yordam berishdir. Shu sababli Galaxy A08’da aynan foydalanuvchi har kuni sezadigan jihatlar — quvvat, tezkorlik va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash — markaziy o‘rin tutadi.

 

Samsung Galaxy A08 presented

 

Video tomosha qilish, muloqot qilish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoki kundalik ishlarni bajarish — Galaxy A08 foydalanuvchi bilan bir ritmda ishlashga mo‘ljallangan. Qurilma biror bitta funksiyani emas, balki kun davomida takrorlanadigan turli vazifalarni barqaror bajarishga e’tibor qaratadi. Bu uni ish kuni, o‘qish yoki bo‘sh vaqt davomida bir xil darajada amaliy qurilmaga aylantiradi.

 

6 000 mA·soat — kun davomida ko‘proq erkinlik

 

 

Galaxy A08’ning asosiy jihatlaridan biri — 6 000 mA·soat1 sig‘imli batareya. Katta sig‘im smartfondan uzoqroq vaqt foydalanishga yordam beradi va ayniqsa kun davomida ko‘p muloqot qiladigan, video ko‘radigan yoki mobil internetdan faol foydalanadigan foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratadi. Batareya resursining kattaligi qurilmani doimiy ravishda quvvat manbaini izlash zaruratini kamaytirishga qaratilgan.

 

Katta batareya uzoq vaqt davomida video tomosha qilish, musiqa tinglash, muloqot qilish va ilovalardan foydalanishga imkon beradi. Bu foydalanuvchiga kun davomida quvvat haqida kamroq o‘ylab, o‘z ishlariga ko‘proq e’tibor qaratish imkoniyatini beradi. Masalan, ertalab yo‘lda kontent tomosha qilish, kun davomida messenjer va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, kechqurun esa video yoki musiqa bilan dam olish kabi turli ssenariylar bitta qurilmada uzluksiz davom etishi mumkin.

 

Katta ekran va nafis dizayn

 

Galaxy A08 6,7 dyuymli HD+ PLS LCD displey bilan jihozlangan.2 Katta ekran videolarni tomosha qilish, ijtimoiy tarmoqlarda kontent ko‘rish, veb-sahifalarni o‘qish va kundalik ilovalardan foydalanishda kengroq ko‘rish maydonini taqdim etadi. Bu, ayniqsa, ko‘p vaqtini telefonda kontent ko‘rish yoki muloqot qilish bilan o‘tkazadigan foydalanuvchilar uchun qulay.

 

8,0 mm qalinlikdagi yupqa korpus Galaxy A08’ga sodda va zamonaviy ko‘rinish beradi hamda uni qo‘lda qulay ushlashga yordam beradi. Smartfon to‘q ko‘k, kumushrang va yashil ranglarda taqdim etiladi, shuning uchun foydalanuvchi shaxsiy uslubiga mos variantni tanlashi mumkin.

 

Barqaror va ravon ishlash

 

Galaxy A08 yangilangan protsessor va LPDDR5 tezkor xotirasi bilan jihozlangan. Bu ilovalarni ochish, ular o‘rtasida almashish va bir vaqtning o‘zida bir nechta kundalik vazifalarni bajarishda ravon tajribaga yordam beradi. Rasmiy Samsung mahsulot ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu konfiguratsiya video tomosha qilish, o‘yin o‘ynash yoki ijtimoiy tarmoq ilovalari o‘rtasida almashish kabi ssenariylarda barqaror ishlashga qaratilgan.

 

RAM Plus3 funksiyasi esa zarurat tug‘ilganda ichki xotiraning bir qismini qo‘shimcha operativ xotira sifatida ishlatish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, bir nechta ilova bilan navbatma-navbat ishlashda tizimga qo‘shimcha moslashuvchanlik beradi. Foydalanuvchi uchun esa bu ilovalar o‘rtasida o‘tish jarayonining qulayroq bo‘lishi va kundalik multitasking ssenariylarida barqarorroq tajriba anglatadi.

 

50 MP kamera bilan kundalik lahzalar

 

 

Galaxy A08 50 MP asosiy kamera va 2 MP chuqurlik sensori bilan jihozlangan. Asosiy kamera kundalik suratlarda rang va detallarni aniq aks ettirishga yordam beradi, chuqurlik sensori esa portretlarda obyektni fondan tabiiy ajratishga xizmat qiladi. 8 MP old kamera selfi va videoqo‘ng‘iroqlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, foydalanuvchiga kundalik xotiralarni qulay tarzda saqlash va ulashish imkonini beradi.

 

Kundalik hayot uchun aqlli yordamchilar

 

Galaxy A08 Circle to Search with Google4 funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi — ekrandagi obyekt yoki matnni belgilash orqali kerakli ma’lumotni tezda topish mumkin. Masalan, foydalanuvchi videoda ko‘rgan buyum, rasmdagi joy yoki matndagi tushuncha haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun joriy ilovani tark etishi shart emas. Bu qidiruvni kundalik kontent iste’molining tabiiy qismiga aylantiradi.

 

AI agentlari esa foydalanuvchiga kundalik vazifalarni tabiiy so‘rovlar orqali bajarishda yordam beradi. Bunday yondashuv smartfon bilan ishlashni soddalashtirib, kerakli harakatni bir necha bosqich o‘rniga oddiy so‘rov orqali boshlash imkonini beradi. Natijada AI imkoniyatlari texnologik funksiya sifatida emas, balki kundalik vazifalarni tezroq bajarishga yordam beradigan amaliy vosita sifatida namoyon bo‘ladi.

 

Uzoq muddatli ishonchlilik

 

Galaxy A08’da yangi One UI 9 dasturiy ta’minoti5 oldindan o’rnatilgan holda taqdim etiladi. U yangilangan dizayn, takomillashgan funksiyalar va intuitiv boshqaruv imkoniyatlarini birlashtirib, smartfondan foydalanishni yanada qulay va samarali qiladi. Samsung Knox Vault6 esa shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga yordam beradi. Samsung qurilma uchun olti avlodgacha operatsion tizim yangilanishlari va olti yilgacha xavfsizlik yangilanishlari7 esa qurilmadan uzoq vaqt davomida foydalanish imkonini beradi.  Ushbu imkoniyatlar foydalanuvchilarga nafaqat smartfonning dastlabki afzalliklaridan bahramand bo’lish, balki kelgusi yillar davomida hamyangi funksiyalar, takomillashgan dasturiy ta’minot va ishonchli himoya vositalaridan foydalanish imkonini beradi.

 

Bundan tashqari, Galaxy A08 IP648 standartiga muvofiq chang va suv sachrashidan himoyalangan. Bu kundalik foydalanishda qurilmaning turli sharoitlarga moslashuvchanligini oshiradi va tasodifiy sachrashlar yoki changli muhitda qo‘shimcha xotirjamlik beradi. Himoya darajasi smartfonning uzoq muddatli foydalanishga yo‘naltirilgan umumiy konsepsiyasini to‘ldiradi.

 

Galaxy A08 katta batareya, barqaror unumdorlik va uzoq muddatli dasturiy qo‘llab-quvvatlash orqali kundalik smartfon tajribasining eng muhim jihatlariga e’tibor qaratadi.

 

Batafsil ma’lumot uchun www.samsung.com.


* Tasvirlar illyustrativ maqsadda keltirilgan. Mahsulot xususiyatlari, ranglari, xotira variantlari va funksiyalarning mavjudligi mamlakat yoki hududga qarab farq qilishi mumkin.
1. Batareya sig‘imi nominal qiymatdir. Haqiqiy batareya ishlash vaqti tarmoq muhiti, foydalanish xususiyatlari, ilovalar va boshqa omillarga qarab farq qiladi.
2. Displey o‘lchami diagonal bo‘yicha to‘liq to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida o‘lchanadi; yumaloqlangan burchaklar va kamera o‘yiqchasi sababli amalda ko‘rinadigan maydon kichikroq bo‘lishi mumkin. Ranglar, xotira variantlari va RAM Plus imkoniyatlari bozor hamda konfiguratsiyaga qarab farq qiladi. 50 MP aniqlik faqat asosiy keng burchakli orqa kamerada mavjud.
3. RAM Plus ichki xotiraning bir qismini virtual operativ xotira sifatida ishlatadi. Mavjud konfiguratsiyalar qurilma xotirasiga qarab farq qilishi mumkin.
4. Circle to Search Google LLC kompaniyasining savdo belgisidir. Funksiyaning mavjudligi qurilma, mamlakat, til va ilova versiyasiga qarab farq qilishi mumkin. Internetga ulanish va mos Google hisobi talab etilishi mumkin.
5. One UI 9 funksiyalari va ularning mavjudligiqurilma modeli, mamlakat yoki mintaqa hamda dasturiy ta’minot versiyasiga qarab farq qilishi mumkin.
6. Samsung Knox Vault funksiyalari model va bozorga qarab farq qilishi mumkin. Galaxy A seriyasidagi Knox Vault arxitekturasi flagman Galaxy qurilmalaridagi yechimdan farq qilishi mumkin.
7. Operatsion tizim yangilanishlari va xavfsizlik yangilanishlarining muddati hamda mavjudligi bozor, operator va qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. 
8. IP64 himoya darajasi nazorat qilinadigan laboratoriya sharoitlaridagi sinovlarga asoslanadi. Suv va changga chidamlilik doimiy emas va odatiy eskirish natijasida kamayishi mumkin.

Qurilmalar > Mobil

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga