Maxfiyatingiz ishonchli qo‘lda: Galaxy AI qanday qilib Samsung Knox Vault orqali xavfsizlikni ta’minlaydi

19/08/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Galaxy ustunligi: shaxsiy hayotingizni birinchi o‘ringa qo‘yuvchi, AI asosidagi tajribalar

 

Galaxy AI sizning ehtiyojlaringizni oldindan tushunib, kerakli paytda kerakli ma’lumot yoki tavsiyalarni taklif qiladi.

Bunday shaxsiylashtirish darajasi juda foydali, lekin telefoningiz qancha ko‘p narsani bilsa, shuncha ko‘p himoya talab etiladi. Unda barcha ushbu shaxsiy ma’lumotlaringizni kim himoya qiladi?

 

Samsung ishonadiki: kuchli xavfsizliksiz maxfiylik bo‘lmaydi. Shu sababli har bir Galaxy qurilmasi chip darajasidan boshlab ko‘p qatlamli himoya tizimi bilan ta’minlangan. Bu tizim on-device (qurilma ichida) shaxsiylashtirish, foydalanuvchi nazoratidagi bulutli qayta ishlash va Samsung Knox Matrix orqali butun ekotizim bo‘ylab himoyani o‘z ichiga oladi.

Ushbu tizimning markazida Samsung Knox Vault joylashgan — kompaniyaning eng nozik ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan apparat (hardware) darajasidagi xavfsizlik yechimi.

 

Apparat darajasida himoya

 

Ko‘plab mobil qurilmalar shaxsiy ma’lumotlarni faqat dasturiy vositalar orqali himoya qiladi. Galaxy esa bundan ham bir qadam oldinda.

Knox Vault apparat darajasidagi xavfsizlik tizimi bo‘lib, eng shaxsiy ma’lumotlaringizni telefonning boshqa qismlaridan ajratib turuvchi “qulflangan xona”ga o‘xshaydi. Unda alohida protsessor va xotira mavjud bo‘lib, parollar, PIN-kodlar, biometrik ma’lumotlar, moliyaviy ma’lumotlar va kriptografik kalitlar kabi sezgir ma’lumotlarni shifrlaydi. Siz uni ishga tushirishingiz yoki boshqarishingiz shart emas — Knox Vault doimiy ravishda fon rejimida ishlaydi va ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlaydi.

 

AI davrida foydalanuvchilarning tashvishlari kengaymoqda: oddiy virus va zararli dasturlardan tashqari, AI yordamchisi bilan bo‘lgan suhbatlar yoki fotosuratlardagi joylashuv ma’lumotlari kabi shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishidan ham xavotir kuchaymoqda.

Masalan, fotosuratlaringizdagi metadata nafaqat format va o‘lchamni, balki surat olingan aniq joyni ham ko‘rsatadi. Bunday ma’lumotlar kundalik hayotingiz bilan bevosita bog‘liq va AI davrida ular yanada muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Knox Vault esa ushbu ma’lumotlarni maxsus ajratilgan xavfsiz muhitda saqlab, na masofaviy xurujlarga, na jismoniy buzib kirishga imkon bermaydi.

 

Shaxsiylashtirilgan AI — markazda himoya

 

Knox Vault nafaqat bugungi tahdidlarga qarshi, balki ertangi mobil tajribalar uchun ham ishonchli himoya yaratadi.

Galaxy AI qurilmani ishlatish odatlaringizni o‘rganib, hayotingizni osonlashtirish uchun tobora shaxsiylashtirilgan tajribalar taqdim etadi. Va aynan shu shaxsiylashtirish darajasi yanada sezgir ma’lumotlarga tayanadi. Knox Vault bu ma’lumotlarni ishonchli tarzda himoya qilib, maxfiyligingizni kafolatlaydi.

 

Galaxy AI imkon qadar ko‘plab jarayonlarni qurilma ichida qayta ishlaydi, ma’lumotlarni serverlarga uzatmasdan qo‘lingizda qoldiradi. Masalan, Audio Eraser funksiyasi videodagi yoki yozuvdagi shovqinni bulutli xizmatlarsiz yo‘q qiladi — shaxsiy ma’lumotlaringiz sizda qoladi. Call Transcript esa qo‘ng‘iroqlaringizni qurilma ichida tartibga soladi va suhbatlaringiz maxfiyligini saqlaydi.

 

Knox Vault ma’lumotlaringizni xavfsiz, maxfiy va ishonchli saqlashni ta’minlaydi. Galaxy AI uchun u ishonchli poydevor sifatida xizmat qiladi va AI tobora chuqur integratsiyalashgan sari butun Samsung ekotizimiga kengayadi.

 

Knox Vault — bu shunchaki xavfsizlik funksiyasi emas. Bu Samsung Galaxy’ning va’dasi: qurilmalar qanchalik ilg‘or bo‘lmasin, AI qanchalik rivojlanmasin, sizning maxfiyatingiz doimo himoyalangan bo‘ladi.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga