Maxfiyligingiz himoya ostida: Galaxy AI sizga maʼlumotlaringizni toʻliq boshqarish imkonini beradi

19/09/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Galaxy AI yordamida shaffoflik va tanlov erkinligini rivojlantirish toʻgʻrisida

 

Texnologiyalar jadal surʼatlarda rivojlanib, har daqiqada aqllilashib bormoqda. Ushbu tezkor yutuqlar Galaxy AI’ni hayotga tatbiq etib, mahsuldorlik, ijodkorlik va muloqotning yangi usullarini ochishga imkon berdi. Ammo mobil sunʼiy intellektning qobiliyatlari kengayib borishi bilan u maxfiylik va boshqaruvga oid yangi tashvishlarni ham keltirib chiqaradi.

 

Samsung shu ikkisini ham ikkita asosiy usulda hal qiladi: foydalanuvchi maʼlumotlarini boshidanoq himoya qiluvchi ichki himoya mexanizmlari bilan Galaxy AI imkoniyatlarini proyeksiyalash va mobil xavfsizlik va maxfiylik himoyasini kuchaytirish uchun sunʼiy intellektni qoʻllash. Ikkala yondashuv ham muhim boʻlsa-da, maʼlumotlarga masʼuliyat bilan ishlov beradigan AI yaratish eng dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.

 

Shaffoflik va tanlov erkinligi ushbu saʼy-harakatlarni oldinga surayotgan tamoyillardir. Aynan shu borada Galaxy’ning intuitiv, ishlatish qulay boʻlgan maxfiylik sozlamalari AI hisob-kitobida u qanday maʼlumotlardan foydalanishi, qanday ishlov berishi va siz jarayonni qanday boshqarishingiz mumkinligini tushunishga yordam beradi. Bu himoya choralari sizga mobil imkoniyatlar uchun cheklov va qoidalarni yaratish va shu tarzda xavfsiz boʻlish imkonini beradi.

 

 

 

Kengaytirilgan AI uchun kengaytirilgan sozlamalar

 

Ushbu tanlov erkinligi Galaxy AI imkoniyatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. AI tobora ishimizning ajralmas bir qismiga aylanib borayotganligi sababli unda shaxsiy maʼlumotlaringiz qay tarzda ishlatilishini chuqurroq nazorat qilishni xohlashingiz tabiiydir. Galaxy AI maxfiylik himoyasi mexanizmlari yordamga keladi: Galaxy AI’dan foydalanishda sodir boʻlayotgan amallardan xabardor boʻlishingiz va himoya ostida ekanligingizga ishonch hosil qiladigan bir qator qonun-qoida ba himoya mexanizmlari tinimsiz siz uchun ishlaydi.

 

Bizning foydalanuvchiga boshqaruvni berishni qoʻllab-quvvatlash usullarimizdan biri bu qurilma ichida ishlaydigan va maʼlumotlarni xavfsiz saqlaydigan kuchli AI vositalari toʻplami orqalidir. Til toʻsiqlarini bartaraf etishda Jonli tarjima va Ogʻzaki tarjimon kabi aloqa vositalaridan foydalanasizmi yoki ijodda yordam beradigan Audio oʻchirgich[1] kabi tahrirlash vositalaridan foydalanasizmi, barcha maʼlumot faqat telefoningiz ichida saqlanadi. Bu funksiyalar shundoq qurilmangizda sizning nazoratingiz ostida ishlaydigan xavfsiz, tezkor mobil imkoniyatlarni taklif etgan holda Galaxy AI maxfiylik himoyasi mexanizmlari bilan maʼlumotlaringizni yanada aniqlik bilan nazorat qilish imkonini beradi.

 

Galaxy AI ishga tushirilgandan beri bizning qarashlarimiz ochiqlik va foydalanuvchi tanloviga sodiq qolishdan iborat boʻlgan. Shuning uchun biz qurilma ichidagi va bulutga asoslangan kuchli AI kombinatsiyasini joriy etgan holda gibrid yondashuvni tanladik. Bu uzluksizlikni taʼminlaydi va foydalanuvchilarga hatto eng murakkab vazifalar uchun ham AI’ning toʻliq quvvatidan foydalanish imkonini beradi. Generativ tahrir[2] kabi ilgʻor funksiyalar qurilma ichidagi AI’ni va, kerak boʻlganda, intensiv qayta ishlash talab qilinadigan tahrirlar uchun bulutga asoslangan AI’ni taklif etadi. Galaxy bilan barcha AI imkoniyatlari sizning maxfiyligingizni hisobga olingan holda yaratilgan, bu hatto tashqi serverlardan foydalanayotganingizda ham. Qaysi funksiya yoki sozlamalarni tanlashingizdan qatʼi nazar, shaxsiy maʼlumotlar hech qachon uzoq muddatli joyda saqlanmaydi yoki AI’ni oʻqitishda ishlatilmaydi, bu qurilma ichida yoki bulutda qayta ishlangan taqdirda ham. Bundan tashqari, Advanced Intelligence sozlamalari[3] bilan maxfiyligingizni boshqarish birgina tugmani bosishdek oson. Siz hatto shaxsiy maʼlumotlaringiz qanday qayta ishlanishi, xususan, AI funksiyalari uchun onlayn ishlov berishni oʻchirib qoʻyish tanlashingiz mumkin.

 

Maxfiylik Galaxy AI’ning asosidir va kuchli sozlamalar bilan bir qatorda qurilma ichidagi AI funksiyalarining toʻlib borayotgan roʻyxati tufayli foydalanuvchiga beriladigan nazorat ham birdek kengayib bormoqda.

 

Kengaytirilgan nazorat uchun intuitiv boshqaruv

 

AI’ga asoslangan funksiyalarga qoʻshimcha ravishda qaysi mobil imkoniyatdan foydalanishingizdan qatʼi nazar maxfiylik sozlamalarini tanlash oson va intuitiv boʻlishi juda muhimdir. Galaxy’ning Xavfsizlik va maxfiylik boshqaruv paneli maʼlumotlaringizni kim koʻrishi va undan qanday foydalanishini kuzatish imkonini beradigan puxta ishlangan interfeysni taqdim etish orqali sizga toʻliq nazoratni topshiradi. Ilova ruxsatnomalari, boshqaruv elementlari va maʼlumotlar almashish funksiyalarini koʻrish va yangilashdan tortib, intuitiv xavfsizlik holati piktogrammalari orqali qaysi maʼlumotlar xavf ostida boʻlishi mumkinligini aniqlashgacha hammasi sizning qoʻlingizda. Permission Usage (Ruxsatnoma statistikasi) funksiyasi bilan siz hatto yaqinda qaysi ilovalar maʼlumotlaringizdan foydalangan boʻlishi mumkinligini kuzatishingiz mumkin. Sozlamalar boʻylab bu darajadagi nazorat faqat Galaxy’ga xos boʻlib, bu orqali barcha Galaxy imkoniyatlari qanchalik himoyalanganligi va bari sizning xohishingizga koʻra ishlashini bilish mumkin.

 

Galaxy maxfiylik sozlamalarining yana bir asosi bu Auto Blocker boʻlib, u sizga mobil qurilmalaringizdan foydalanishda qulaylikni yoʻqotmasdan himoya qilish imkonini beruvchi muhim funksiyadir. Auto Blocker qurilmangizda zararli dasturlar va boshqa tahdidlar mavjudligini tekshirish orqali uni himoya qiladi var bir vaqtda zararli amallarni bloklaydi. Bu ruxsatsiz ilovalarni oʻrnatishning oldini oladi, USB orqali buyruqlar va yangilanishlarni bloklaydi va Message Guard bilan sezilmas hujumlar tahdidini yopadi.

 

Bugungi kiberhujumlarga qarshi yanada kuchli himoya tizimini qidirayotganlar uchun Maximum Restrictions[4] (Maksimal cheklovlar) qurilmani himoya qilishda qoʻshimcha funksionallikni taklif etadi. Bu foydalanuvchi uchun qoʻshimcha nazorat qatlamini taqdim etadi. U 2G xizmatini bloklash va xavfli tarmoqlarga ulanganda uzatilayotgan maʼlumotlarni koʻchirib olish xavfining oldini olish imkonini beradi. Shuningdek, u nisbatan xavfsiz boʻlgan baʼzi Wi-Fi tarmoqlariga avtomatik qayta ulanib ketishning oldini oladi.

 

Samsung Knox himoyasi va tushunish oson boʻlgan maxfiylik sozlamalari yordamida siz maʼlumotlaringiz qay tarzda ishlatilishini kuzatish va ular tashqariga chiqishi yoki toʻliq qurilmada qolishini hal qilish huquqiga egasiz. Kelajakda Samsung maxfiylikni yanada oqilona, moslashuvchan va uzluksiz qilish uchun AI’ga asoslangan xavfsizlik texnologiyalarini rivojlantirishda davom etadi. AI rivojlanar ekan, Samsung hozir ham, kelajakda ham shaffoflik va tanlov erkinligiga asoslangan xavfsiz funksiyalarni yaratishga sodiq qoladi.

 

 

[1] Natijalar har bir videodagi tovushlarga qarab farq qilishi mumkin. Samsung akkauntiga kirish talab qilinadi. Ovoz, musiqa, shamol, tabiat, olomon va shovqin kabi maʼlum turdagi tovushlarni aniqlashi mumkin. Amaldagi tovushni aniqlash qobiliyati audio manba va video holatiga qarab farq qilishi mumkin. Natijalar aniqligi kafolatlanmaydi.
[2] Foto yordami funksiyasidagi Generativ tahrir internet tarmogʻi va Samsung akkauntiga kirishni talab qiladi. Generativ tahrir bilan tahrirlash surat oʻlchamini oʻzgartirishi mumkin. Saqlashdan soʻng tasvir AI tomonidan yaratilganligini koʻrsatish uchun suv belgisi tasvir ustiga qoʻyiladi. Natijalar aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi.
[3] Mavjudligi qurilma modeli, OS va/yoki bozorga qarab farq qilishi mumkin.
[4] Maximum Restrictions xavfsizroq tarmoqlarga avtomatik qayta ulanib ketishning oldini oladi. Bunday tarmoqlarga ochiq tarmoq (Open), opportunistik simsiz shifrlash (OWE) yoki simli ekvivalent maxfiylik (WEP) kiradi. Bu foydalanuvchilarni fosh etilishi yoki koʻchirib olinishi mumkin boʻlgan qurilma trafigidan himoya qiladi.

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga