MSCI ESG Ratings tomonidan Samsung kompaniyasiga AA reytingi taqdim etildi, bu Koreya IT kompaniyalari orasida eng yuqori ko’rsatkichdir

07/02/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

2023-yilda Samsung Electronics barqaror rivojlanish prinsipiga sodiqligini yana bir bor isbotladi va MSCI ESG’ning AA reytingini qo‘lga kiritdi.

▲ 2023-yil natijalariga ko‘ra, MSCI ESG Ratings reytinglash tizimi Samsung Electronics kompaniyasiga AA reytingini taqdim etdi.

 

Mazkur AA reyting Morgan Stanley Capital International (MSCI) tomonidan ishlab chiqilgan MSCI ESG Ratings’ning 2023-yilgi ma’lumotlari asosida belgilangan. U Samsung’ni ekologik, ijtimoiy va korporativ (Environmental, Social and Governance, ESG) xavflar va imkoniyatlar sohasida jahon yetakchisi sifatida baholaydi.

Samsung 2020-yildan buyon har yili A reytingini olib kelgan va 2023-yilda bu ko‘rsatkich bir darajaga oshdi. Buning sababi kompaniyaning ijtimoiy va korporativ faoliyati ko‘rsatkichlarida sezilarli darajadagi takomillashuviga bog‘liqdir.

 

Dunyoning yetakchi sarmoya kiritish banki bo‘lmish Morgan Stanley’ning sho’ba korxonasi — MSCI tomonidan 2009-yildan buyon o‘tkazilib keladigan mazkur MSCI ESG reytinglash tizimi ESG tizimini ta’minlash sifatini belgilaydigan eng muhim global ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu butun dunyodagi barcha sarmoyachilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Tashkilot global birjalarda ro‘yxatga olingan 8500 dan ortiq kompaniyalarning ESG sohasida qo‘llaydigan boshqaruv amaliyotlarini har tomonlama baholashni ta’minlaydi. Uning natijalariga qarab kompaniyaga eng yuqori (AAA) dan eng quyi (CCC) baho oralig‘i bo‘yicha yettita reytingdan biri beriladi.

 

Samsung kompaniyasining o‘tgan yil davomida reytingi oshishi kompaniyaning barqaror rivojlanish sohasidagi global sa’y-harakatlari bilan bog‘liqdir. Xususan, kompaniyaning inson kapitalini rivojlantirish, ta’minotchilarni saralash va korporativ boshqaruv kabi sohalarda oshgan.

 

Kompaniya ichida Samsung o‘z xodimlari uchun mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha sara tashabbuslarni amalga oshirmoqda. “Erkin vakil“ (Free Agent) va Samsung Talent Exchange Program (STEP) — xodimlarga boshqa turli rollarni o‘rganish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlarni ochib beruvchi va butun dunyo bo‘ylab joylashgan ofislar o‘rtasida madaniy va ma’naviy almashinuvni ta’minlaydigan dastur tashabbuslar shularning sirasidan. Bundan tashqari, Samsung rahbarlari va xodimlari uchun doimiy kasbiy rivojlanishga yordam beruvchi keng qamrovli professional va yetakchilik malakalarini o‘rgatish dasturi — Samsung Electronics University (The UniverSE) universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Xomashyolarni mas’uliyat bilan tanlash borasida Samsung muntazam ravishda barcha ta’minotchilar bo‘ylab so‘rov va tekshiruvlar o‘tkazib turadi. Kompaniya xomashyoni xarid qilish jarayoni bilan bog‘liq har qanday muammolarni hal qilish va oldini olish maqsadida xomashyoni tanlashda mas’uliyatli yondashuv bilan ishga kirishgani haqida maxsus hisobotni nashr etadi.

 

MSCI o‘z hisobotida shunday degan: “Kompaniyaning mahsulot xaridlari bo‘yicha mustahkam siyosati sanoatdagi o‘xshash amaliyotlardan ustun chiqadi va mojarolarga moyil mintaqalardagi qazilmalarga oid muammolarni ham bartaraf etadi. Bundan tashqari, biz Samsung Electronics’ning korporativ boshqaruvidagi takomillashuvni qayd etmoqchimiz”.

 

Samsung o‘z rahbarlarini va butun kompaniyani nafaqat moliyaviy ko‘rsatkichlari, balki ularning atrof-muhit va jamiyatga ta’siri bo‘yicha ham baholaydi. Mustaqil direktorlardangina iborat direktorlar kengashining barqaror rivojlanish qo‘mitasi esa ESG’ga oid asosiy masalalarni muhokama qilishda muhim rol o‘ynaydi.

 

Samsung barqaror rivojlanish tamoyiliga sodiq qoladi. Kompaniya inson huquqlarini saqlashning har bir bandiga rioya qilish va o‘z mahsulotlarini ekologik toza texnologiyalar bilan kengaytirishga sarmoya kiritish orqali ESG’ga asoslangan boshqaruv tizimini mustahkamlashda davom etadi.

Korporativ > Boshqa

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga