Mustahkam uyqu — mustahkam salomatlik: Galaxy Watch kelajagi uchun yangi One UI 5 Watch dasturiy ta’minoti

26/05/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Kengaytirilgan uyqu funksiyalariga ega One UI 5 ta’minoti mustahkam tungi uyqu orqali kompleks sog‘lomlashtirish standartlarini belgilamoqda

 

 

Samsung Electronics One UI 5 Watch[1] dasturiy ta’minotini (DT) taqdim etdi, u joriy yil yakunida Galaxy Watch qurilmalari uchun ochiq bo‘ladi. Yangi DT o‘z salomatligiga qayg‘uradiganlar uchun intuitiv jihatdan tushunarli va personallashtirilgan tajriba bilan ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ko‘pincha e’tiborsiz qoldiriladigan, ammo salomatlikning muhim omili bo‘lgan sog‘lom uyquni qo‘llab-quvvatlash hamda fitnes va xavfsizlik bo‘yicha yangiliklarni o‘z ichiga oladi.

 

 

“Foydalanuvchilar o‘zlarini yaxshi his qilishlari maqsadida Samsung salomatlik uchun kompleks xizmatlar taqdim etish va imkoniyatlarni kengaytirishga intiladi. Bu albatta yaxshi uyqudan boshlanadi, biz hozir har qachongidan ham bunga ko‘proq ishonamiz, — deydi Samsung Electronics kompaniyasining MX Business bo‘linmasi raqamli salomatlik guruhi vitse-prezidenti va rahbari Xon Pak (Hon Pak). “Yangi One UI 5 Watch dasturiy ta’minoti insonlar har bir kunni tetik o‘tkazishlari va yangi kunga tayyor holda boshlashlari uchun ularga o‘z uyqulari sifatini yaxshilashga yordam berish istagimizni davom ettiradi.”

 

 

 

 

 

 

 

Mustahkam uyqu — salomatlikni yaxshilash uchun zarur omil

 

 

Samsung o‘z kuchini uyquni yaxshilashning uchta asosiy elementiga qaratdi: uyquning individual o‘ziga xosliklarini tushunish, sog‘lom odatlarni shakllantirish va uyqu uchun ijobiy muhit yaratish. One UI 5 Watch ta’minotida bu elementlar avvalgi versiyalaridan ko‘ra yanada kengroq amalga oshirilgan.

 

 

Yangi Sleep Insights foydalanuvchi interfeysida uyqu ko‘rsatkichi hamda uyqu fazasi, xurrak otish soatlari va qondagi kislorod miqdori kabi hamroh ko‘rsatkichlar aks etadi. Bundan tashqari, uyquning sakkiz turini[2] inobatga olib ishlab chiqilgan Sleep Coaching funksiyasi endilikda bevosita Galaxy Watch hamda bog‘langan smartfon uchun ochiq. Shu bois foydalanuvchilar istalgan vaqtda va joyda o‘z odatlarini kuzatib borishning qulaay va motivatsion usulini qo‘lga kiritadilar.

 

 

 

Qulay sharoitlar uyqu sifatiga sezilarli darajada ta’sir qiladi, kichik chalg‘ituvchi omillar esa to‘laqonli dam olishga xalal berishi mumkin. Aynan shuning uchun ham Samsung kompaniyasi Galaxy Watch’ni keng qamrovli qurilmalarga ulanish imkoniyatini soddalashtirdi. Galaxy Watch foydalanuvchi uxlab qolganini aniqlashi bilan dam olish uchun yanada maqbul muhit yaratish maqsadida ulangan qurilmalarni o‘chirish imkoniga ega bo‘ladi. Uyqu rejimi xabarnomalarni o‘chiradi hamda foydalanuvchi telefoni va soatining ekranlarini qorong‘ilashtiradi, One UI 5 Watch esa endilikda yashil yorug‘lik-diodli indikatordan emas, chalg‘ituvchi omillarni yana ham kamaytirish uchun infraqizil datchikdan foydalanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Fitnes bo‘yicha aqlli sherik

 

 

Galaxy Watch’ning turli xil individual yugurish instrumentlariga yurak ritmining personallashtirilgan hududi qo‘shildi, jumladan real vaqtda yugurish tahlili va oraliq mashg‘ulotlar individual dasturlari ham. Ushbu yangi funksiya individual jismoniy imkoniyatlarni[3] tahlil qiladi va mashg‘ulotlarning beshta optimal darajasini belgilaydi (qizish mashqlari, yog‘larni eritish, kardio, og‘ir mashg‘ulot va maksimal yuklanish). Bu foydalanuvchilarga o‘zlarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda shaxsiy maqsadlarini aniqlash imkonini beradi — yog‘larni eritishdan tortib to yuqori intensivlikdagi kardiogacha.

 

 

 

Galaxy Watch Pro’dan foydalanuvchi faol hordiq chiqarishni xush ko‘ruvchilar avvaldan mavjud piyoda yurish va velosipedda sayr qilish variantlari bilan bir qatorda endilikda yugurish va yurishni qo‘llab-quvvatlovchi kengaytirilgan Route Workout funksiyasi afzalliklariga ega bo‘ladilar. Galaxy Watch Pro foydalanuvchilari bevosita Samsung Health ilovasi orqali GPX fayllari ma’lumotlar bazasidan qidiruvni amalga oshirishlari hamda joylashuv, vaqt, reyting yoki mashhurlik kabi ma’lumotlar asosida yangi yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar olishlari mumkin.[4] 

 

 

 

 

 

 

 

 

Birinchi o‘rinda xavfsizlik — hamisha yoniq holda

 

 

Salomatlik va yaxshi kayfiyat haqida gap ketganda xavfsizlik muhim omil hisoblanadi, shu bois One UI 5 Watch xotirjamlik uchun takomillashtirilgan instrumentlarni ham taklif etadi. Yangilangan SOS funksiyasi devays egasining joylashuvi[5] haqidagi ma’lumotni yetkazish uchun tezkor yordam xizmatiga bevosita bog‘lanish imkonini beradi hamda SOS faollashgandan so‘ng bir zumda foydalanuvchi haqidagi tibbiy ma’lumotni olishni ta’minlaydi. Undan tashqari, endi favqulodda holatlar paydo bo‘lishi xavfini kamaytirish uchun “Tushib ketishni aniqlash” funksiyasi yoshi katta foydalanuvchilarda[6] avtomat tarzda faollashadi. Bu Samsung kompaniyasining foydalanuvchilar xavfsizligini oshirish bo‘yicha doimiy harakatlari natijasidan ba’zilari xolos.

 

 

 

One UI 5 Watch dasturiy ta’minoti joriy yilning so‘ngida navbatdagi Galaxy Watch seriyasi uchun ochiq bo‘ladi, keyingi yangilanishlar haqida esa yaqin orada e’lon qilinadi. AQSHdagi Galaxy Watch 5 va Galaxy Watch 4 seriyalari foydalanuvchilari may oyida boshlanadigan beta-dasturda ishtirok etish uchun Samsung Members ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

[1] Funksiyalarning mavjudligi hudud, aloqa operatori, model va bog‘langan smartfonga bog‘liq. Funksiyalar kasalliklar yoki boshqa holatlar diagnostikasi, shuningdek, kasalliklarni davolash, oqibatlarini yengillashtirish yoki oldini olish uchun mo‘ljallanmagan.

[2] Uyqu sifati haqidagi natijalarni olish uchun foydalanuvchi soatni uyqu paytida kamida 7 tun taqishi va so‘rovnomadan o‘tishi lozim.

[3] 10 daqiqa yugurishdan so‘ng Galaxy Watch qurilmasi VO2max va aerob/anoksik chegaralar asoida yurak ritmining personal hududini aniqlaydi.

[4] Ulangan smartfonda foydalanish mumkin. Tanlangan yo‘nalishni soatda ko‘rish mumkin.

[5] Tezkor yordamga xabar berish uchun tarmoqqa ulanish talab qilinadi. GPS aniqligiga sputnik signali yo‘lidagi to‘siqlar, masalan, binolar ta’sir qilishi mumkin.

[6] 55 yosh va undan kattalarda. Samsung akkauntida ro‘yxatdan o‘tkazgan yoshiga muvofiq.

 

Qurilmalar > Mobil

Korporativ > Texnologiyalar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga