[MWC 2024] Samsung MWC Barcelona 2024 ko‘rgazmasida AI smartfonlar davrini boshlab berdi va Galaxy Ring’ni ko‘rsatdi

29/02/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

26-fevral kuni (mahalliy vaqtda) Ispaniyaning Barselona shahrida mobil aloqa sektorining dunyodagi eng yirik ko‘rgazmasi — Mobile World Congress 2024 (MWC 2024)’ga start berildi.

 

Qizg‘in “Avvalo kelajak” nomi ostida MWC texnologiya sohasidagi eng dolzarb mavzularni muhokama qiladi va kelajagimizni shakllantiruvchi turli xil ilg‘or texnologiyalarni, jumladan, AI, 5G va 6G tarmoqlari va narsalar internetini (IoT) namoyish etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yilgi ko‘rgazma pandemiyadan oldingi raqamlar bilan tenglashadigan 100,000 ga yaqin ishtirokchilarni jalb qilishi kutilmoqda.

 

MWC-2024-AI-Phone Era and Galaxy Ring_main1 (1)

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main2

 

Samsung Electronics o‘zining mobil, tarmoq va yarimo‘tkazgich sohalaridagi biznesi bilan yaqindan tanishtirishga taklif qiladi va 2- va 3-zallar bo‘ylab o‘z stendlarida tashrif buyuruvchilarni kutib oladi. Xususan, o‘tgan yanvar oyida Galaxy Unpacked 2024 ko‘rgazmasida lavhasi ulashilgan Galaxy Ring’ning orziqib kutilgan dizayni birinchi marta ommaga ochiq zallarda namoyish etiladi.

 

Samsung Newsroom ushbu stendlarni ko‘zdan kechirib chiqdi va ko‘pchilik uchun ularning nimasi e’tiborni tortishini aniqladi va Barselona markazidagi Plaça de Catalunya’dagi Galaxy Experience Space’ga tashrif buyurdi.

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main3

 

26-fevral kuni MWC eshiklari ochilishi bilan Fira Gran Via ko‘rgazma maydonchasidagi 1745 kvadrat metrlik Galaxy stendi ommaviy axborot vositalari, sanoat hamkorlari va ekspertlarni qamrab olgan ishtirokchilar bilan to‘ldi. Hamma o‘tgan oy taqdim etilgan “AI telefon” deb nomlangan Galaxy S24 modeliga ega bo‘lish va Galaxy Ring dizaynini birinchilardan bo‘lib tomosha qilish umidida edi.

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main4

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main5

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main6

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main7

 

Galaxy AI hududi ishtirokchilarga Samsung’ning eng yangi innovatsion funksiyalarini amalda intuitiv tarzda sinab ko‘rishga chorlaydi. Jumladan, jonli tarjimon — foydalanuvchilarga hatto telefon suhbatlarida ham til to‘siqlarini yengib o‘tish imkonini beradi; aylana chizib qidirish — bu foydalanuvchilarga oddiygina uy tugmachasini bosish va qidirilayotgan obyektni aylanaga olish orqali foto yoki videoda ko‘rgan narsalarini qidirib topish imkoniyatini beradi; eslatma yordami — uzun matnlarning qisqacha xulosalarini yaratuvchi dastyor; generativ tahrir — foydalanuvchilarga fotosuratlarni professionallar kabi tahrirlash imkonini beruvchi vosita.

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main8

 

Samsung stendida tashrif buyuruvchilar Galaxy S24 modelining kamerasini ham sinab ko‘rsa bo‘ladigan maxsus maydon mavjud. Chiroq o‘chirib qo‘yilgan nim qorong‘i xona modelning yangi Nightography (tungi tasvir) funksiyasini hamda suratga olish yoki videoga olish payti takomillashgan barqaror tasvirni yaratadigan, sun’iy ong asosida ishlaydigan ProVisual dvijogining imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main9

 

Bundan tashqari, Samsung stendi ishtirokchilarga yangi Galaxy Book4 seriyasi va uning bog‘lanuvchanlik imkoniyatlarini namoyish etadi. Shuningdek, dasturiy ta’minot yangilanishi orqali Galaxy S23 modellarida ham eng yangi Galaxy AI funksiyalari mavjud bo‘lganligi tufayli bu smartfonlar ham ishtirokchilar sinab ko‘rishlari uchun ko‘rgazmaga qo‘yilgan edi.

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main10

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main11

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main12

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main13

 

MWC 2024 ko‘rgazmasida Galaxy Ring taqdimoti boshlanar ekan, global ommaviy axborot vositalari va ishtirokchilar katta hayajon bilan Samsung’ning so‘nggi mahsuloti bilan tanishishga intilishardi.

 

Samsung’ning innovatsion texnologiyalariga boy, kichik form-faktorga ega Galaxy Ring mahsuloti kecha-yu kunduz to‘playdigan salomatlikka oid ma’lumotlariga asoslangan holda foydalanuvchilarga integratsiyalashgan insaytlarni taqdim etadi. Galaxy Ring hali chiqarilmagan bo‘lsa-da, u o‘zining uchta rang — qora, oltin va kumush ranglarda va to‘qqiz xil o‘lchami bilan tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilib bo‘lgan edi.

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main14

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main15

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main16

 

MWC-2024-AI-Phone-Era-amd-Galaxy-Ring_main17

 

Ayni paytda markaziy Barselonadagi Plaça de Catalunya’da joylashgan Galaxy Experience Space maydonga olomonni yig‘gan, tashrif buyurganlar esa oldin hech xayoliga kelmagan narsalarni Galaxy AI orqali qidirish, tarjima qilish, xulosalash va tahrirlash orqali sinab ko‘rish imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqda.

 

Galaxy Experience Space 15-fevraldan beri ochiq va MWC 2024’ning oxirgi kuni — 29-fevralgacha ochiq bo‘ladi.

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga