Nega QLED o‘zbek oilalari uchun eng ma’qul tanlov bo’lishi mumkin?
Televizor tanlashda sifat, yorqinlik, chidamlilik va qulaylikni e’tiborga oling.
O‘zbek oilalarida ko‘pincha erkaklar yig‘ilib futbol ko‘rishadi, ayollar esa serial va novellalar. Kichik yoshli bolalar YouTube orqali multfilmlarni miriqib tomosha qilishsa, o‘smir yoshdagilar o‘yinlarni yoqtirishadi. Oilaviy kino kechalari ham o‘zbek oilalarining ko‘ngilochar an’analari sirasiga kiradi. Samsung QLED bularning barchasini ta’minlay oladigan ishonchli texnologiyadir.
![]()
Yorqin ranglar va jonli tasvir manbai
QLED televizorlari Quantum Dot (kvant nuqtalari) texnologiyasiga asoslangan. Bu juda mayda, ammo rang hosil qilishda nihoyatda kuchli nanozarralardir.
Oddiy aytganda:
- Tasvir yanada yorqin;
- Ranglar tabiiy;
- Quantum Dot uzoq yillar davomida sifatni yo‘qotmaydi, shuning uchun QLED televizor bir necha yildan keyin ham yangiday ko‘rinadi.
Futbol va sport translyatsiyalari
O‘zbekistonliklar futbolga alohida mehr qo‘yishgan. Ammo sport o‘yinlarida tez harakat va yorqin sahnalar bo‘lgani uchun ko‘plab televizorlarda tasvir xiralashadi.
QLEDda esa:
- Motion Rate (harakatlarni ravon ko‘rsatish) yuqori;
- Tez yugurayotgan futbolchi ham “soya” qoldirmaydi;
- Maydon ranglari haqiqiy yashil ko‘rinadi, bo‘yalgan kabi emas.
Kinoteatrda tomosha qilayotgandek hissiyot
QLEDning yana bir kuchli tomoni – chuqur qora rang.
Bu nimani anglatadi?
- Tungi sahnalarda ham detallar tiniq ko‘rinadi;
- Oq rang yo‘qolmaydi, kontrast aniq bo‘ladi;
- Klassik filmlar ham, zamonaviy HDR kontent ham tabiiy ko‘rinadi;
- Aktyor yuzidagi mayda detallar, liboslar to‘qimalari, fon yorqinligi – barchasi xuddi kinoteatrdagidek aniqlikda.
Quyoshli xonalarda ham ideal ko‘rinish
Ko‘pchilik o‘zbek xonadonlari yorug‘, katta oynali bo‘ladi. LED televizorlarda quyosh nuri aks etib, tasvirni ko‘rish qiyinlashadi.
QLEDda bunday muammo yo‘q. Glare Free – shu’lalarga qarshi texnologiya tufayli oynadan tushgan yorug‘lik televizorda aks etmaydi va siz hech qanday chalg‘ishlarsiz sevimli kontentingizni tomosha qila olasiz.
O‘yinlarga mos tanlov
Geymerlar uchun QLED – bu qulaylik va tezlikning mukammal uyg‘unligi.
QLEDning o‘yinlardagi ustunliklari:
- Past input lag (kechikish deyarli sezilmaydi);
- Yuqori kadr yangilanish tezligi;
- Rangi jonli, tasviri keskin;
- Katta ekran – keng ko‘rish maydoni;
- PUBG, FIFA, Call of Duty yoki mobil o‘yinlar – barchasi QLEDda juda ravon.
QLED va LED – farq nimada?
| Xususiyat | QLED | LED |
| Tasvir sifati | Yuqori aniqlik, jonli ranglar | Standart, oddiy rang |
| Yorqinlik | Juda yuqori | O‘rtacha |
| Xizmat qilish muddati | Uzoq, barqaror | Sifatni tezroq yo‘qotadi |
| Kontrast | Kuchli, qora rang chuqur | Standart ranglar |
| Narx | Biroz yuqori | Arzonroq |
O‘zbekiston bozoridagi ommabop QLED modellar
Ular aksariyat do‘konlarda bor:
- Samsung Q60C – kundalik foydalanish uchun optimal.
- Samsung Q70C – sport va filmlar uchun kuchli variant.
- Samsung Q80C – katta xonalar uchun yorqin tasvir.
- Samsung Neo QLED QN90B – Mini LED tufayli maksimal kontrast va aniqlik.
Har bir model o‘z segmentida yuqori sifatdagi narx va sifat nisbatiga ega.
Agar uyda hamma uchun “bitta universal televizor” izlayotgan bo‘lsangiz – Samsung QLED eng to‘g‘ri tanlov.
Kalit so‘zlar: Samsung QLEDI; LED; televizor; Samsung O‘zbekiston.
TAGSQLEDQLED 4K TV
Pressa uchun > Press-relizlar
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com