Oʻrganish sikli, 4-qism: yangi AI modeli va rivojlanayotgan til
Xitoydagi Samsung Research kompaniyasi mobil AI‘ni demokratlashtirish ortidagi odamlar va innovatsiyalar haqidagi toʻplamning bir qismidir
Samsung premium darajadagi mobil AI qulayliklarini yaratishda davom etar ekan, biz Galaxy AI koʻplab foydalanuvchilarga qay tarzda oʻz imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish imkonini berayotganini bilish uchun butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyuramiz. Galaxy AI endi 16 tilni qoʻllab-quvvatlaydi va Live Translate, Interpreter, Note Assist va Browsing Assist kabi funksiyalarning qurilmaning oʻzida tarjima qilish imkoniyati tufayli hatto oflayn rejimda ham koʻplab odamlar til imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin. Ammo AI tilini rivojlantirish deganda nima tushuniladi? Oxirgi marta biz sunʼiy intellekt modellarini oʻrgatishda foydalaniladigan maʼlumotlarni tayyorlashni oʻrganish uchun Vyetnamga tashrif buyurgan edik. Bu safar biz jamoalar qanday qilib Galaxy AI’ni Xitoy materigi va Gongkong uchun noyob taklifga aylantirganini koʻrib chiqamiz.
Katta til modellaridan (LLM) foydalanadigan sunʼiy intellekt vositalarining tezkor surʼatlarda oʻsayotgani butun dunyo boʻylab kuzatilyapti va Xitoy ham bundan mustasno emas. Baidu’ning ERNIE Bot va Meitu’ning MiracleVision modellari Xitoyda mashhur tanlov sifatida ajralib chiqqanini hisobga olinganda, Xitoydagi Samsung tadqiqot va ishlanmalar instituti mamlakat uchun Galaxy AI xususiyatlarini shakllantirishda ushbu ikkala kompaniya bilan hamkorlik qildi.
Guanchjoudagi (SRC-G) va Pekindagi (SRC-B) Samsung tadqiqot va ishlanmalar institutlari Xitoyda mandarin dialektida gaplashadigan maʼruzachilar dunyo boʻylab boshqa odamlar bilan bir xil Galaxy AI funksiyalariga ega boʻlishini taʼminlash uchun kelishib ishlashdi, garchi back-end texnologiyasida katta farq boʻlishiga qaramay. Jamoa uchinchi tomon hamkorlari taqdim etgan xitoy tili dialektlari resurslaridan foydalangan holda xitoy tili uchun noyob Galaxy AI yechimini yaratdi.
“Bizda Xitoyning mahalliy tajribalari bilan ilgʻor global tajribalarni uygʻunlashtirish, shuningdek, yangi funksiyalarni yaratish va ularni xitoylik isteʼmolchilar bilan kundalik muloqot orqali doimiy ravishda takomillashtirib borish ustunligi bor”, dedi SRC-G kompaniyasining dasturiy taʼminot innovatsiyalar guruhi rahbari Hairong Zhang. “Galaxy S24 ishlab chiqilishidan orttirgan keng tajribamiz bilan jamoamiz Xitoyning Baidu va Meitu kabi mahalliy sunʼiy intellekt kompaniyalari bilan Xitoy uchun mos keladigan yechimni taqdim etishda hamkorlik qilganidan faxrlanaman”.
Dastlab, jamoalar bir-birlarining ish tartibiga moslashishlari va axborot assimetriyasining boshlangʻich muammolarini yopishlari kerak edi. SRC-B rahbari Daijun Zhang loyihani ishlab chiqish jadvali boʻyicha ketishni taʼminlash uchun ishchi guruh tuzdi va tezda oʻz maqsadlari sari harakat qilib boshladi.
Pekin jamoasining yirik miqyosdagi modellarni yaratish tajribasi va uchinchi tomon hamkorlari bilan muvaffaqiyatli ish olib borishi tufayli barcha generativ AI funksiyalari Xitoyda muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Natija mahalliy tushunchalarga muvofiq va Touch to Search (qidirish uchun barmoq bilan tegish) kabi bozorga xos funksiyalarga ega boʻlgan yechimdir.
Xitoy tili asosida kanton dialekti uchun ishlanmalar tayyorlash
Xitoy materigi uchun xitoy tili (mandarin) Galaxy AI’ga 2024-yil yanvar oyida Galaxy S24 taqdimotida kirib kelgandi. Ammo Xitoyning Samsung tadqiqot va ishlanmalar instituti uchun ish hali nihoyasiga yetmagan edi. Jamoaga Gongkongdagi xitoy tili dialekti (kanton) uchun ham sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqish vazifasi qoʻyilgan edi. Bu dialekt mandarin dialekti uchun oldin amalga oshirilgan ishlarga asoslanadi, ammo hal qilinishi kerak boʻlgan tilning mutlaqo yangi xususiyatlari yuzaga chiqadi.
Kanton dialektini ishlab chiqishda Xitoyning tadqiqot va ishlanmalar guruhi mahalliy bozorga toʻliq moslashishni taʼminlashda katta madaniy toʻsiqlarga duch keldi. Birinchi madaniy toʻsiq bu yozma va nutq uchun ikki xil tizim mavjudligi edi. Gongkong aholisi yozishda mandarin dialektiga oʻxshash grammatika va iboralardan foydalanadi, lekin kundalik muloqotda mutlaqo boshqacha soʻzlashuv grammatikasini qoʻllaydi. Bundan tashqari, kanton dialektida talaffuz uchun toʻqqizta ohang bor, mandarin dialektida esa toʻrtta.
Yana bir madaniy toʻsiq shundaki, kanton dialektining oʻzi zamon bilan birga rivojlanadi. Odamlar kanton va ingliz tillarini suhbatda tez-tez aralashtirishini hisobga olsak, nega test keyslarni yaratish va til paketlarini tasdiqlash qiyin boʻlganini tushunish mumkin.
“Kanton dialekti mintaqalarga qarab oʻzgaradigan juda noyob dialektdir”, deydi kanton AI yechimi sinov operatsiyalarini olib boruvchi Jing Li. “Baʼzi slenglar, iboralar, lugʻat va hatto ohanglar ham hududdan hududga qarab oʻzgarishi bor. Shuning uchun biz Gongkongga aloqador maʼlumotlarni tekshirish, shuningdek, oʻn minglab test keyslarini koʻzdan kechirish orqali katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdik.
Ushbu murakkabliklarni hisobga olgan holda, SRC-G va SRC-B kanton va ingliz tillari aralashtirilgan suhbatlarni tushuna oladigan nutqni aniqlovchi modelni yaratdi. Model bir vaqtning oʻzida mashina tarjimasida yozma va ogʻzaki iboralarni qoʻllab-quvvatlaydi va nutq sintezida eng soʻnggi talaffuzlardan foydalanadi.
Muloqotning madaniy taʼsiri
Galaxy AI xitoy tili (Gongkong) variantini ishga tushirganida mijozlarning fikr-mulohazalari Samsung tadqiqot va ishlanmalar jamoasining mashaqqatli mehnati oqlanganligini koʻrsatdi.
Samsung kabi global brendning Galaxy AI faoliyati mahalliy tajriba va nyuanslarni hisobga olish qanchalik muhimligini anglashi Xitoy materigi va Gongkong uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, bu kompaniyaning boshqa tashkilotlar bilan ochiq hamkorlik olib borishning natijasini koʻrsatadi. Gongkongda kanton dialekti u yerda istiqomat qiladigan aholining oʻziga xos asosiy madaniy qismidir. Shu sababdan ham jamoa AI til modelini toʻgʻri tuzib chiqishi juda muhim edi.
“Til va muloqot har bir mintaqada va hayotning barcha jabhalarida juda muhim ahamiyatga ega”, deydi Samsung Electronics Gongkong muhandislik guruhi rahbari Genri Uot. “Tildan qatʼi nazar odamlar bilan muloqot qilishda yordam beradigan har qanday vosita bebahodir. Men qilgan ishimiz mazmunli ekanligiga ishonaman”.
“Oʻrganish sikli” toʻplamining navbatdagi sonida biz Galaxy AI’ni yanada koʻproq odamlarga yetkazishda turli davlat va madaniyatlardan tashkil topgan jamoa qay tarzda birgalikda ishlashini koʻrish uchun Braziliyaga yoʻl olamiz.
TAGSGalaxy AILanguageLive TranslateSamsung Electronics Hong KongSamsung R&D InstituteSamsung R&D Institute China
Qurilmalar > Mobil
Korporativ > Texnologiyalar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.