Oʻrganish sikli, 6-qism: AI innovatsiyalari tomon hamkorlik yoʻllari

16/07/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Hindistondagi Samsung Research kompaniyasi mobil AI’ni demokratlashtirish ortidagi odamlar va innovatsiyalar haqidagi toʻplamning bir qismidir

 

Samsung premium darajadagi mobil AI qulayliklarini yaratishda davom etar ekan, biz Galaxy AI koʻplab foydalanuvchilarga qay tarzda oʻz imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish imkonini berayotganini bilish uchun butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyuramiz. Galaxy AI endi 16 tilni qoʻllab-quvvatlaydi va Live Translate, Interpreter, Note Assist va Browsing Assist kabi funksiyalarning qurilmaning oʻzida tarjima qilish imkoniyati tufayli hatto oflayn rejimda ham koʻplab odamlar til imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin. Ammo AI tilini rivojlantirish deganda nima tushuniladi? Oxirgi marta biz Braziliyaga jamoalar Galaxy AI’ni yanada koʻplab odamlar bilan ulashish uchun madaniyat va chegaralararo qay tartibda ishlashlarini bilish uchun tashrif buyurgan edik. Bu safar biz Hindistonga mahalliy hamkorlar bilan birga ishlashning ahamiyatini tushunish uchun keldik.

 

Hindistonning Chennay shahridagi Vellore texnologiya instituti ichida futuristik audio uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya joylashgan. Bu yerda manekenlar (sohada bosh va gavda simulyatorlari sifatida tanilgan), shuningdek, binaural mikrofonlar va eshitish moslamalari mavjud. Ular ilgʻor ovozni yutish tizimi bilan ishlov berilgan maxsus kameralarda saqlanadi. Bu Hindistondagi birinchi shunaqa turdagi laboratoriyadir. Tasavvur qiling, bunday inshoot yuqori aniqlikdagi (Hi-Fi) eng soʻnggi uskunalarni ishlab chiqishda ishlatilmoqda.

 

 

Bu yerda Vellore texnologiya instituti Samsung bilan Galaxy AI til imkoniyatlari uchun eng soʻnggi AI modellarini quvvatlovchi maʼlumotlar va insaytlarni hosil qilish va ishlab chiqish uchun hamkorlik qiladi. Ushbu muassasa Samsung SEED (Muhandislik maʼlumotlari uchun talabalar ekotizimi) Labs — Hindiston universitetlari xodimlari, talabalari va amaliyotchilariga 2021-yildan beri Samsung tomonidan soʻralgan loyihalar ustida ishlash imkonini beruvchi tashabbusning bir qismi sifatida qurilgan. Bu Samsung tomonidan moliyalashtiriladigan bir nechta universitet dasturlaridan biri boʻlib, unda talabalar kompaniyaning texnik mutaxassislari bilan loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.

 

“Talaba sifatida men Samsung kabi taniqli va obroʻli kompaniya bilan bir nechta loyihalarda ishlay olganimdan gʻoyat xursandman” deydi Samsung SEED talabasi Yashika Ilanchezhiyan. “Menga yangi koʻnikmalarni amaliy yoʻl bilan oʻrganish va hozirgi va kelajakdagi mahsulotlarda sezilarli hissa qoʻshayotganimni his qilish ishonchi berildi”.

 

 

“Bu turdagi hamkorlik ikki tomonlama gʻalabadir” deydi Samsung Hindiston ilmiy-tadqiqot instituti — Bangalor (SRI-B) AI til boʻlimi boshligʻi Giridhar Jakki. “Universitetlar bilan olib borilgan loyihalarimiz tufayli biz qoʻshimcha tajriba va maxsus maʼlumotlar toʻplamidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldik. Hamkor universitetlar buning natijasida Samsung’dan sarmoya, moliyaviy ragʻbatlar va mutaxassislar murabbiyligini olmoqda”.

 

Til toʻsiqlarini kamaytirish

 

SRI-B Buyuk Britaniya ingliz tili varianti, hindcha ingliz tili varianti va Avstraliya ingliz tili varianti, shuningdek, Tailand, Vyetnam va Indoneziya davlat tillari uchun AI til modellarini ishlab chiqishda dunyo jamoalari bilan hamkorlik qildi. Yaqinda boshqa Samsung tadqiqot markazlarining bosh muhandislari Hindistonning Bangalor shahriga tashrif buyurishdi. U yerda SRI-B jamoasi Vyetnam, Tailand va Indoneziya davlat tillarini Galaxy AI’ga olib kirishda yordam berdi. Shu sababdan SRI-B Galaxy AI uchun hind tilini rivojlantirishga juda mos edi.

 

“Har bir tilning oʻziga xos muammolari bor” deydi Jakki. “Ammo yakuniy maqsad — odamlarga boshqa tillarda muloqot qilish qobiliyatini tuhfa etish haqida oʻylasak, har bir saʼy-harakat naqadar arzirli ekanligini tushunamiz. Biz hind tilini Galaxy AI’ga olib kirishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”.

 

 

Hind tili AI modelini ishlab chiqish oson kechmadi. Jamoa 20 dan ortiq mintaqaviy dialektlarni, tonal oʻzgarishlar, tinish belgilari va ogʻzaki dialektlarni qamrab olishi kerak edi. Bundan tashqari, hind tilida soʻzlashuvchilar oʻz suhbatlarida inglizcha soʻzlarni aralashtirishlari odatiy holdir. Bu jamoadan tarjima va transliteratsiya qilingan maʼlumotlar kombinatsiyasi bilan bir nechta AI modeli mashgʻulotlarini oʻtkazishni talab qildi.

 

“Hind tili boshqa koʻplab tillarda mavjud boʻlmagan retrofleks tovushlarni (tilni ortga burish orqali hosil boʻladigan tovushlar) oʻz ichiga olgan murakkab fonetik tuzilishga ega” deydi Jakki. “AI yechimining nutq sintezi elementini yaratish uchun biz barcha noyob tovushlarni tushunishda mahalliy tilshunoslar bilan maʼlumotlarni sinchkovlik bilan koʻrib chiqdik va tilning oʻziga xos dialektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus fonemalar toʻplamini yaratdik”.

 

Samsung va akademik hamkorlar oʻrtasidagi saʼy-harakatlar Hindiston hududlarining nozik madaniyatini aks ettiruvchi AI til modelini ishlab chiqishda muhim rol oʻynadi. Vellore texnologiya instituti soʻzlashuv nutqi,soʻzlar va buyruqlar boʻyicha segmentlangan va tartiblangan audio maʼlumotlarning deyarli million qatorini taʼminlashga yordam berdi. Dunyodagi toʻrtinchi eng koʻp soʻzlashiladigan tilni Galaxy AI’ga kiritishdek muhim vazifa uchun maʼlumotlar jarayonning kalit qism hisoblangan edi. Universitetlar bilan ishlash esa Samsung’ni eng yuqori sifatli maʼlumotlardan bilan taʼminladi.

 

 

Global aloqalarning taʼsiri katta

 

Ushbu loyiha Samsung’ning ochiq hamkorlik falsafasi va kompaniyaning tajriba va gʻoyalarni oʻzaro almashish mazmunli innovatsiyalarni taʼminlaydi degan qarashlarini mukammal tarzda ifodalaydi. SRI-B misolida bu loyiha nafaqat akademiya bilan ishlashni, balki dunyo boʻylab boshqa Samsung tadqiqot markazlari bilan eng yaxshi bilim va tajribalarni almashishni ham oʻz ichiga oldi.

 

“Hamkorlarimiz yordamida erishgan natijalarimizdan juda faxrlanaman” deydi Jakki. “Hamkorlik orqali yaratilayotgan sunʼiy intellekt innovatsiyalari sohadagi ishlarimizning katta qismidir. Kelgusida ham yanada koʻplab odamlar sunʼiy intellekt vositalaridan foydalana olishlarini taʼminlash uchun til maʼlumotlarini yaxshiroq tushunish, toʻplash va tahlil qilishda davom etamiz”.

 

Qurilmalar > Mobil

Korporativ > Texnologiyalar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga