One UI 6.1 S24 seriyasidan tashqari yanada ko’proq Galaxy qurilmalarini Galaxy AI bilan jihozlamoqda

16/04/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics shu kunlarda One UI 6.1 foydlanuvchi interfeysi yangilanishini yuklab olish imkoniyati mavjudligini e’lon qildi, bu esa o’z navbatida Galaxy AI’ni yanada ko’proq Galaxy smartfon va planshetlariga kiritadi. So’nggi Galaxy S24 seriyasi qurilmalarida taqdim etilgan va ularni yuqori darajadagi mobil sun’iy intellekt (SI) tajribasi bilan boyituvchi Galaxy AI, endi Galaxy S22 seriyasi, Galaxy Z Fold4 va Galaxy Z Flip4 buklanadigan telefonlari va Galaxy Tab S8 seriyasi planshetlariga ham kiritiladi.

 

One UI 6.1 yangilanishi quyidagi mashhur Galaxy AI xususiyatlarini butun dunyo bo‘ylab ko‘proq foydalanuvchilarning qo‘liga topshiradi: Google bilan aylana chizib qidirish imkoniyati, Chat Assist (Suhbat Yordamchisi), Interpreter (Tarjimon), Live Translate (Jonli Tarjima), Note Assist (Eslatmalar Yordamchisi), Transcript Assist (Transkripsiya Yordamchisi), Browsing Assist (Brauzer Yordamchisi), Generative Edit (Yaratuvchanlik bilan Tahrirlash), Edit Suggestion (Taklifni Tahrirlash) va SI tomonidan yaratilgan Fon Rasmi.

 

 

To’siqsiz aloqa va mahsuldorlik yangi bosqichga ko’tarildi

Galaxy AI xabarlarni istalgan tilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish imkoniyatini taklif qilish orqali muloqotni ko‘prikka aylantiradi. Misol uchun, Tarjimon (Interpreter) dasturi nutqni qulaylik bilan ajratilgan ekranda tarjima qilingan matnga aylantirishi – sizning chet elga sayohatingizni endi murakkab va noqulay vaziyatlardan halos etadi. Live Translate (Jonli Tarjima) telefon qo‘ng‘iroqlari davomida sodir bo’layotgan ovozli va matnli tarjimalarni bir lahzada sizga taqdim qiladi, Chat Assist (Muloqot Yordamchisi) esa foydalanuvchilarga turli tillardagi xabarlarni yuborish va xabar ohangini sozlashda yordam beradi.

 

Ko’plab foydalanuvchilar o’ta yuqori darajadagi mahsuldorlik va ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyatidan bahramand bo’lishlari mumkin. Google bilan Aylana chizib qidirish (Circle to Search with Google) xususiyati oddiy va intuitiv imo-ishora bilan ijtimoiy media va internetdagi o’zaro aloqalarni soddalashtiradi, Eslatmalar Yordamchisi (Note Assist) esa avtomatik formatlash va umumlashtirish funksiyalari bilan tashkiliy vazifalarini yengillashtiradi. Brauzer Yordamchisi (Browsing Assist) veb-sahifadagi maqolalarni mohirlik bilan umumlashtiradi va tarjima qiladi. Hujjatlashtirish Yordamchisini (Transcript Assist) ishga solib, foydalanuvchilar muammosiz yig‘ilish va majlislar xulosalari va tarjimalarini yaratishlari mumkin.

 

Mavjudligi

Yangilanish may oyi boshidan Galaxy S22, Galaxy Z Fold4, Galaxy Z Flip4 va Galaxy Tab S8 seriyalarida chiqarila boshlanadi.

 

Galaxy AI haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring: Samsung Newsroom, Samsungmobilepress.com va Samsung.com.

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga