One UI’ning yangi 6.1 versiyasi Galaxy AI funksiyalarini boshqa Galaxy qurilmalariga olib kiradi

26/02/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung foydalanuvchilarga eski Galaxy modellarida ham Galaxy AI bilan tanishish imkonini bergan holda mobil AI’ning global kengayishini tezlashtiradi.

 

 

Mobil AI’ni yanada keng tarqatish yoʻlida Samsung Electronics bugun yangi ishlab chiqilgan One UI’ning 6.1 versiyasi orqali boshqa Galaxy qurilmalarida ham Galaxy AI [1] funksiyalari taqdim etilishini eʼlon qildi. Yangilanish mart oyining oxiridan boshlab Galaxy S23 modellari hamda S23 FE, Z Fold5, Z Flip5 va Tab S9 modellarida mavjud boʻladi. Yaqinda ishga tushirilgan Galaxy S24 modellari [2] bilan bir qatorda bu yangilanish qurilma ichidagi sunʼiy ong va bulutga asoslangan sunʼiy ongni birlashtirgan gibrid yondashuv orqali foydalanuvchilar uchun yuqori qulaylikni taʼminlab, mobil AI standartini qayta belgilaydi.

 

“Galaxy AI bilan bizning maqsadimiz faqatgina mobil sunʼiy ongni birinchi kashf etganlardan boʻlish emas, balki bu texnologiyani yanada qulayroq qilish orqali foydalanuvchilarga uzatishdir”, dedi Samsung Electronics kompaniyasining Mobile eXperience biznesi prezidenti va rahbari TM Roh. “Bu Galaxy AI’ning endi-endi boshlanishidir, zero biz 2024-yilda 100 milliondan ortiq Galaxy foydalanuvchilariga bu texnologiyani yetkazdik. Bundan tashqari, mobil AI’ning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llarini innovatsiya qilishni davom ettirmoqchimiz.”

 

Toʻsiqlarni yengib oʻtadigan aloqa

 

Endi yanada koʻp Galaxy foydalanuvchilari sun’iy ongni qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon modellarida mavjud bo‘lgan aloqani yaxshilaydigan Galaxy AI funksiyalaridan foydalana olishadi. Bunday funksiyalardan biri chat yordami [3] boʻlib, u orqali maktubingiz ohangini turli vaziyatga moslab, xabarni 13 xil tilga tarjima qila olasiz. Galaxy foydalanuvchilari telefon qoʻngʻiroqlari uchun ovozli va matnli tarjimalarni taʼminlaydigan jonli tarjimon [4] orqali real vaqt rejimida bevosita oʻzaro muloqot qila olishadi. Ogʻzaki tarjimon yordamida foydalanuvchilar sayohat paytida mahalliy aholi bilan bevosita suhbatlar oʻtkazishlari mumkin. Ikki ekranga boʻlingan ilova suhbatlaringizni real vaqt rejimida matnga oʻgirib, tarjima qilib beradi.

 

 

Mislsiz mahsuldorlik

 

Galaxy AI’ning Galaxy ekotizimida keng integratsiyalashuvi muhim bosqichlardandir. U tufayli sunʼiy ongni qoʻllab-quvvatlaydigan smartfon modellari kundalik vazifalarni bajarishda foydalanuvchi qulayligini uzluksiz taʼminlaydi va mislsiz samaradorlikni taqdim etadi. Qidiruv funksiyalari Google orqali aylana chizib qidirish [5] bilan yanada takomillashtiriladi, bu esa birgina barmoq harakati bilan intuitiv qidiruv imkonini beradi. Eslatma yordami [6] kabi hayot sifatini yaxshilaydigan tashkiliy ilovalar foydalanuvchilarga matnlarni formatlash, xulosalar yaratish va eslatmalarni tarjima qilish imkonini beradi. Koʻrib chiqish yordami [7] odamlarga uzun yangiliklar va maqolalarning kichik xulosalarini yaratish orqali yangiliklardan ortda qolib ketmaslik imkonini beradi. Transkripsiya yordami esa yozib olingan mitinglarni osongina transkripsiyalash, xulosalash va uning tarjimalarini yaratishi imkonini beradi.

 

 

Ichingzdagi sanʼatkor uchun toʻxtovsiz ijod vositalari

 

Galaxy AI yordamida Samsung odamlarning ijodiy salohiyatini ochib berishdagi rolini yanada ustun qoʻymoqda. Galaxy’ning so‘nggi yangilanishi suratga olib boʻlingan rasm ustida ham istagancha ijodiy erkinlikka undaydigan Galaxy AI vositalari to‘plamini taqdim etadi. Generativ tahrirlash [8] orqali AI’ni qoʻllab-quvvatlaydigan qurilmalar suratni ideal holatga keltirish uchun undagi obyektlarning oʻlchamini osongina oʻzgartirish, joyini almashtirish yoki olib tashlash imkoniga ega. Foydalanuvchilar, shuningdek, tahrir tavsiyasi [9] yordamida istalgan suratni sanoqli soniyalar ichida chiroyli koʻrinishga keltira olishadi. Endi qayta-qayta suratga olishning hojati yo‘q, chunki Instant Slow-mo [10] harakatga boy lahzalarni suratga olish uchun sekin harakatlanuvchi videolarda qo‘shimcha kadrlar yarata oladi.

 

Ijodkorlik va moslashtirish shu bilan tugamaydi. AI tomonidan yaratilgan fon rasmlari orqali Galaxy qurilmalarini sozlash endi yanada oson boʻlib, sunʼiy ongni qoʻllab-quvvatlaydigan qurilmalar foydalanuvchilarning xayolotini jonlantirishga imkon beradi.

 

Galaxy AI haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu manzillarga tashrif buyuring: Samsung Newsroom, Samsung Mobile Press va Samsung.

 

 

[1] Samsung sunʼiy ong funksiyalari bilan yaratilgan natijalarning aniqligi, toʻliqligi yoki ishonchliligi uchun hech qanday vaʼda yoki kafolat bermaydi. Samsung AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung akkauntida login statusi talab qilinishi mumkin.

 

[2] Galaxy S24 modellarining baʼzi sunʼiy ong funksiylari oldingi avlod modellarida mavjud boʻlmasligi mumkin.

 

[3] Chat yordamidagi tarjima funksiyasi Samsung akkauntida login statusini talab qilishi mumkin. Baʼzi chat ilovalari bu funksiyani qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin. Ayrim tillarni alohida yuklab olish talab qilinishi mumkin. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Bu funksiya tarjima qilinadigan til aniqlanganda faollashadi. Natijalar aniqligi kafolatlanmagan.

 

[4] Jonli tarjimon ilovasi internet tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Jonli tarjima faqat telefon bilan birga keladigan Samsung Phone ilovasidagina mavjud. Qoʻngʻiroqlar mahalliy Samsung qoʻngʻiroq markazi yordamida amalga oshirilishi kerak. Ayrim tillar alohida yuklab olinishi talab qilinishi mumkin. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalar aniqligi kafolatlanlanmagan.

 

[5] Natijalar vizual oʻxshashliklarga qarab farq qilishi mumkin. Internet tarmogʻini talab qiladi. Foydalanuvchilar Android’ni soʻnggi versiyasiga yangilashlari kerak boʻlishi mumkin. Mahsulot funksionalligi ilova va qurilmangiz sozlamalariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ayrim funksiyalar baʼzi ilovalar bilan mos kelmasligi mumkin. Xizmat mavjudligi mamlakat va tilga qarab farq qiladi. Natijalar aniqligi kafolatlanlanmagan. Yangilanish kelish vaqti modellarga qarab oʻzgarishi mumkin.

 

[6] Faqat Samsung Notes’dagi matnlar uchun. Samsung akkauntida login statusini va internet tarmogʻini talab qiladi.

 

[7] Samsung Internet ilovasidagina mavjud.

 

[8] Generativ tahrir ilovasi internet tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Generativ tahrir bilan tahrirlash natijasida tasvir o‘lchami 12 megapikselgacha oʻzgarishi mumkin. Tasvirni saqlash payti u AI tomonidan yaratilganligini koʻrsatish uchun suv belgisi tasvir ustiga qoʻyiladi. Natija aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmagan.

 

[9] Tahrir tavsiyasi JPG, PNG, GIF va MP4 fayl turlarini qabul qiladi. Tahrirlash natijalari va sifati suratga olish muhitiga qarab farq qilishi mumkin. Natijalar aniqligi kafolatlanmagan.

 

[10] Instant Slow-mo funksiyasi Galaxy S23 modellari hamda Z Fold5, Z Flip5 va Tab S9 modellari uchun mavjud.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga