O’zbekistonda eng qulay Galaxy Buds3 – o’zingiz baho bering.

24/09/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Galaxy Buds3 hayotingizni yanada erkin, qulay va yoqimli qilishini his etib ko'ring

Shovqinli Toshkent metrosida ham sokin o‘zbekcha podkast tinglab ketish, motivatsion trek bilan yugurishga chiqish, uydagi ishlarni audiokitoblar eshitib bajarish… Galaxy Buds3 ana shu kundalik vaziyatlarni yanada yoqimli va qulay qiladi: ovoz tiniq, taqish yengil, boshqarish esa oddiy.

 

 

 

O‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun qulaylik

 

  • Talabalar uchun – universitetga jamoat transportlarida borayotib, dars audiolarini tinglashda shovqinsiz, tiniq ovoz.
  • Ishbilarmonlar uchun – ingliz tilidagi uchrashuvni Galaxy AI yordamida quloqchinda real vaqtda tarjimada eshitish mumkin.
  • Sportchilar uchun – IP57 himoyasi tufayli yomg‘irda yugurish yoki chang ko‘p joylarda mashq qilishda ham muammo yo‘q.

 

 

 

Oddiy quloqchindan afzalligi

 

  • Yangi “Nma gap” podkastni eshitib ketayotgandingiz, lekin atrofdagi shovqin balandlashdi – AI ortiqcha tovushlarni o‘chiradi va siz bemalol tinglashda davom etaverasiz.
  • Kelinlar haqidagi navbatdagi novellani tomosha qilyapsiz – 360 Audio ovozni bosh harakatingizga qarab joylashtiradi, o‘zingizni voqea ichida his qilasiz.
  • Chorsu bozorida turibsiz, qo‘ng‘iroq keldi – AI qo‘ng‘iroq filtri fon shovqinini yo‘qotib, ovozingizni tiniq eshittiradi.

Hayotni yengillashtiradigan afzalliklar

 

  • Sensorli boshqaruv: qo‘lingiz band paytda birgina ishora bilan trekni almashtirish mumkin.
  • Avtomatik almashish: noutbukdagi video-konferensiyadan telefon qo‘ng‘irog‘iga bir zumda o‘tadi.
  • Ilovaga qarab sozlash: YouTube’da – 360 Audio, Spotify’da – kuchli bass, Telegram podkastlarida esa nutq tiniqligi.

 

 

Kimlar uchun mos?

 

  • Talabalar va o‘qituvchilar – audioma’ruza, podkast va tarjima funksiyalari uchun.
  • Faol hayot tarafdorlari – yugurish, sport va sayohat uchun.
  • Musiqa ixlosmandlari – Hi-Fi ovoz va chuqur bas.
  • Kontent yaratuvchilar – TikTok va Instagram uchun barqaror ulanish.

 

 

Galaxy Buds3 – erkin harakat, qulay boshqaruv, tiniq ovoz va kuchli AI imkoniyatlarini birlashtirgan kundalik hamrohdir. Musiqa, podkast yoki audiokitob – qaysi birini tanlamang, Galaxy Buds3 hayotingiz ohangini yanada yoqimli qiladi.

 

Batafsil ma’lumot www.samsung.com saytida.

 

Kalit so‘zlar: Samsung Buds3; Galaxy Buds; simsiz quloqchinlar; Galaxy AI; Samsung O‘zbekiston.

Qurilmalar > Mobil

Uncategorized

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga