O‘zbekistonda rasmiy Samsung smartfonini xarid qilishning 4 afzalligi: IMEI, 12 oylik kafolat, servis va One UI yangilanishlari

21/08/2026
Share open/close
Havola nusxalandi.

 

Nima uchun rasmiy Galaxy smarfonlarini tanlash kerak

 

Rasmiy1 Samsung smartfonini tanlash uchun 4 xil sabab borki, ular foydalanuvchiga xotirjamlik hisi, ishonchli servis va kafolatlangan tejamkorlikni hadya etadi. O’zbekistonda rasmiy Samsung smartfonining asosiy afzalliklari:

 

 

– UZIMEI ro‘yxatidan o‘tgan IMEI
– 12 oylik kafolat
– Rasmiy servis
– O’zbekiston hududiga moslashtirilgan dasturiy yangilanishlarini o’z ichiga oladi.

 

Rasmiy Samsung smartfonida IMEI ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladimi?

 

 

O‘zbekistonda rasmiy Samsung smartfonlarining IMEI-kodlari UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘ladi, bu esa foydalanuvchilarga o’z hissasidan to’lamay bitta IMEI-kod uchun – 82 400 so‘m, ikkita IMEI-kodlar sloti uchun 164 800 so‘mni tejam qilish imkonini beradi. Undan tashqari IMEI ro’yxatdan o’tmaganligi sabab qurilmaning mobil tarmoqqa kirishi cheklanishi xavfi kamayadi va mobil tarmoqlar xizmatidan foydalanish imkoniyati ta’minlanadi.

 

 

Rasmiy Samsung qurilmasini norasmiysidan qanday ajratish mumkin?

 

 

Yuqorida sanab o’tilgan afzalliklar faqat rasmiy diler orqali xarid qilingan qurilmalarga taalluqli. Xaridingiz rasmiy ekanligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagilarga e’tibor bering:

 

  • Faqat rasmiy dilerlardan xarid qiling. Samsung mahsulotlarini samsung.com saytida ko‘rsatilgan rasmiy dilerlar ro‘yxatidagi do‘konlardan yoki avtorizatsiyalangan onlayn-do‘konlardan sotib oling.- Kafolat kartasi va golografik stikerni tekshiring. Rasmiy qurilma qadog‘ida maxsus golografik stiker va to‘ldirilgan kafolat kartasi bo‘lishi shart.
  • IMEI kodnining ro’yxatdan o’tganligini tekshiring. IMEI kodni qurilma qadog’idan yoki qurilmada *#06# kodini terish orqali rasmiy sahifamizda bilib olishingiz mumkin. Shuningdek, Samsungning rasmiy sahifasida kafolat bo’yicha bepul ta’mirlash xizmati mavjudligini tekshiring.

 

 

12 oylik kafolat – 1 million so‘mgacha tejamkorlik2

 

 

Har bir rasmiy smartfon qadog‘ida maxsus golografik stiker mavjud bo‘lib, u 12 oylik kafolat xizmati mavjudligini namoyon etadi. Ushbu muddat davomida mobil qurilmada hosil bo’lgan va aniqlangan ishlab chiqarish nuqsoni Samsung rasmiy serviz markazida bepul ta’mirlash xizmati ko’rsatiladi.

 

 

Agarda, ushbu kafolat muddati davomida foydalanuvchilar kafolat ta’miri qamroviga kirmaydigan ta’mirlash xizmatidan foydalanganida ona platani, displeyni va akkumulyatorni almashtirish kabi xizmatlardan foydalanishi mumki . Ushbu pullik xizmatiga murojaat qilgan holda bepul  kafolatli servis xizmatlaridan foydalanilgan holatlarga nisbatan 1,000,000 so‘mgacha tejash imkoni beriladi.

 

 

 

Vaqtingizni tejaydigan qulay va tezkor servis

 

 

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatish jarayonlari to‘liq optimallashtirilgan:

 

 

Tezkor ta’mirlash: agar foydalanuvchi nosoz texnikasini (xususan, telefonni) rasmiy xizmat ko‘rsatish markaziga olib kelsa, qurilma o‘rtacha bir kun ichida ta’mirlab beriladi. Bu jarayon uchun talab etiladigan maksimal vaqt odatda 3 (uch) kundan oshmaydi.3

 

 

Bepul “Qurilmani olib ketish va qaytarish” xizmati

 

 

Ushbu loyiha rasmiy servis markazlar kam joylashgan hududlarda xizmat qamrovini kengaytirishga qaratilgan.

 

 

  • Ishlash mexanizmi: mijoz telefonni belgilangan do‘konga topshiradi. Rasmiy servis xodimlari uni olib ketadi, ta’mirlaydi va mijoz qaytarib olishi uchun yana o‘sha do‘konga keltirib beradi.
  • Xizmat hududlari: hozirgi kunda ushbu imkoniyat Kattaqo‘rg‘on (Samarqand viloyati) va Denov (Surxondaryo viloyati) shaharlarida ishlamoqda. Tez orada u Paxtachi, Sherobod, Sariosiyo, G‘ijduvon va Kogon hududlarida ham ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 

 

O‘zbekiston bozori uchun moslashtirilgan dasturiy ta’minot yangiliklari

 

 

Rasmiy Samsung smartfonini xarid qilish orqali foydalanuvchilar nafaqat rasmiy qurilmaga, balki O‘zbekiston bozori uchun mo‘ljallangan to‘liq dasturiy ta’minot yangiliklariga birinchilardan bo’lib ega bo‘ladilar.

 

 

Rasmiy qurilmalar Samsung tomonidan taqdim etiladigan dasturiy ta’minot yangilanishlarini belgilangan tartibda qabul qiladi. Bu esa smartfon funksiyasining barqaror ishlashi, mintaqaviy sozlamalar va xizmatlar bilan mosligi ta’minlanishini anglatadi.

 

 

O‘zbekiston bozori uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot: rasmiy smartfonlar aynan mahalliy bozor talablari hisobga olingan holda tayyorlangan dasturiy ta’minotni oladi. Bu qurilmaning mahalliy tarmoqlar, xizmatlar va funksiyalari to’liq ishlashiga yordam beradi.

 

 

Uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash: Samsung modellarining aksariyati bir necha yil davomida dasturiy ta’minot va xavfsizlik yangilanishlarini qabul qiladi. Bu esa smartfonning uzoq vaqt davomida xizmat qilishiga yordam beradi.

 

 

Batafsil ma’lumotlarni Samsung.com rasmiy sahifasidan, shuningdek, Samsung kompaniyasining rasmiy ta’mirlash xizmati markazlari bilan bog’lanib bilib olishingiz mumkin.

 


*Ushbu maqolada keltirilgan narxlar, muddatlar va xizmat hududlari nashr etilgan sanaga tegishli bo‘lib, oldindan ogohlantirmasdan Samsung tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Aniq ma’lumot uchun rasmiy Samsung xizmat ko‘rsatish markazlariga yoki samsung.com saytiga murojaat qiling.

1 Rasmiy import qilingan Samsung qurilmasi deganda Samsung Electronics Uzbekistan MChJ XK tomonidan O’zbekiston hududiga import qilingan va uning rasmiy yetkazib berish kanallari orqali sotilayotgan, mahalliy bozor uchun mo’ljallangan va IMEI-kodi Samsung Electronics Uzbekistan ma’lumotlar bazasida mavjud bo’lgan qurilma tushuniladi. Qurilmaning IMEI-kodi Samsung Electronics Uzbekistan ma’lumotlar bazasida mavjudligi uning rasmiy yetkazib berish kanallari orqali olib kirilganligini tasdiqlaydi hamda bunday qurilmaga Samsung’ning O’zbekiston Respublikasidagi rasmiy kafolat va servis xizmatlari tegishli shartlarga muvofiq tadbiq etiladi.

2 Rasmiy servis markazlarida ta’mirlash narxlari yuqoriroq bo‘lishi mumkin: ona plata almashtirish — UZS 1 800 000 gacha, displey almashtirish — UZS 600 000 gacha, akkumulyator almashtirish — UZS 500 000 gacha (jami — UZS 2 900 000 gacha). Matndagi “1 million so‘mgacha” o’rtacha ko’rsatkich bo’lib, aniq narx qurilma modeli, buzilish turi va kafolat shartlariga qarab farq qilishi mumkin. Ishlab chiqarish nuqsoni aniqlangan taqdirda, kafolat xizmati Samsung tomonidan belgilangan rasmiy shartlarga muvofiq bepul ko’rsatiladi. Kafolat mexanik shikastlanish, namlik ta’siri yoki rasmiy servis markazi tomonidan bo’lmagan ta’mirlash natijasida yuzaga kelgan nosozliklarni qamrab olmaydi. Batafsil shartlar ushbu sahifada.

3 Ko‘rsatilgan muddat ehtiyot qismlar rasmiy serviz markaz omborida borligiga bog’liq bo’lib, agar ta’mirlash uchun zarur ehtiyot qismni buyurtma qilish talab etilsa, uning yetkazib berilishi kutilayotgan davrda ta’mirlash muddati 21 (yigirma bir) kungacha uzayishi mumkin. Bunday holatlarda mijozga aniq muddat servis markaz tomondan alohida xabar qilinadi.

 

Qurilmalar > Mobil

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga