O‘zingizga mos televizor tanlash sirlari – Samsung QLED bilan
To‘g‘ri tanlov – to‘liq zavq
Bozor juda katta, tanlov esa qiyin: qaysi texnologiya yaxshiroq, qaysi model ko‘proq mos, qaysi televizor uzoq xizmat qiladi? Bu maqola ehtiyojingizga mos televizorni oson, aniq va ishonch bilan tanlashda yordam beradi.

QLED texnologiyasi: Nima uchun u LED’dan kuchliroq?
Samsung QLED – bu oddiy LED emas. Bu texnologiyada Quantum Dot zarrachalari ishlatiladi, ular yorug‘likka ta’sir qilganda 100% rang sig‘imini yaratadi. Natijada:
- Ranglar jonli va tabiiy – oddiy LED’da qorong‘i sahnalarda ranglar yo‘qoladi. QLED’da esa ranglar yorug‘da ham, qorong‘ida ham aniq ko‘rinadi.
- Yuqori yorqinlik – quyosh tushib turgan xonada ham aniq va ravshan tasvir.
- Yillar davomida sifat yo‘qolmaydi – Quantum Dot kuyib ketmaydi – bu QLED’ning uzoq xizmat muddatini kafolatlaydi.
QLED Smart funksiyalar hayotni osonlashtiradi
- AI Upscaling – eski videolarni ham bugungi kamerada olingandek ko‘rsatadi.
- SmartThings – televizoringiz uydagi barcha qurilmalarni boshqaruvchi pultga aylanadi.
- Voice Assistant (o‘zbek tilida) – televizorni ovoz bilan boshqarish – oson, qulay.
- Game Mode, Filmmaker Mode, Sport rejimi – har bir kontent uchun alohida optimallashtirish.
Sizga mos model qaysi?
Yosh oilalar uchun: QLED Q60C
- O‘rtacha narxdagi yuqori sifatli televizor;
- Smart Hub – bolalar uchun multfilm va o‘yinlar, ota-onalar uchun kino, barchasi bir joyda;
- O‘rtacha o‘lchamdagi xonalar uchun ideal;
- Foydalanuvchilar uchun oddiy interfeys – bolalar uchun qulay;
- AI Upscaling tufayli eski oilaviy videolar ham yangidek chiqadi;
- SmartThings orqali uyni boshqarish oson.
Geymerlar va sport ixlosmandlari uchun: QLED Q70C / Q70D
- 120 Hz ekran – o‘yinlarda kechikish yo‘q;
- Motion Xcelerator Turbo+ – harakatlar silliq;
- HDR10+ – yorqin sahnalar, yuqori kontrast;
- PS5 / Xbox uchun ideal.
Kuchliroq premium QLED: Q7F5
- Kuchli yorqinlik va yuqori kontrast;
- Vision AI Smart TV imkoniyatlari;
- Ko‘rish burchagi keng, katta xonalar uchun mos.
Kino ixlosmandlari uchun: QLED Q80C / Q80D
- Katta diagonallar – 98” versiya haqiqiy kinozal effekti beradi;
- Dolby Atmos – ovoz fazoviy, jonli;
- QLED panel + rivojlangan kontrast;
- Sport, kino va o‘yinlar uchun eng balansli variant.
Dizayn va interyerni qadrlovchilar uchun: The Frame LS03B
- Art Mode – o‘chganida haqiqiy san’at asariga aylanadi;
- Ramkalar almashadi;
- Minimalistik interyerlar bilan mukammal uyg‘unlik;
- Smart TV funksiyalari to‘liq.
QLED televizorini qanday o‘lchamda tanlash kerak?
Ekran o‘lchamini tanlashda to‘g‘ri qaror qabul qilish muhim. Quyidagi jadvalga qarab o‘z xonangiz uchun ideal ekran o‘lchamini tanlang:
| Masofa | Ideal diagonal |
| 2 m | 40-50″ |
| 2.5 m | 50-65″ |
| 3 m | 65-75″ |
| 3.5 m | 75-85″ |
O‘zbekistonning ko‘plab xonadonlarida 2.5–3 metr masofa bo‘lganligi sababli 55″ va 65″ o‘lchamdagi televizorlar eng ko‘p tanlanadigan variantlar hisoblanadi.
Televizorni qayerdan sotib olish mumkin?
Samsung televizorlarini bizning rasmiy do‘konlarimiz hamda rasmiy hamkorlarimiz – Mediapark, Texnomart, Idea, Radius, ISHONCH va CAstore tarmoqlarida xarid qilishingiz mumkin.
Ayni paytda Yangi yil arafasida maxsus aksiyalar mavjud. Chegirmalar, sovg‘alar va boshqa afzalliklar bilan xarid qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
Bo‘lajak tanlovingiz sizga faqat quvonch va qulaylik olib kelsin.
Batafsil ma’lumot www.samsung.com saytida.
Qurilmalar > TV va Audio
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com