Salomatlikka eʼtiborni oshirish uchun Galaxy AI yangi Galaxy Watch’ga oʻrnatiladi

11/06/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Joriy yilning boshida Samsung oʻzining Galaxy S24 modellarini chiqarishi bilan mobil sunʼiy intellekt davrini belgilab bergan edi. Endilikda Samsung Galaxy AI’ni[1] boshqa qurilmalarda ham joriy etish majburiyatini oʻz zimmasiga oldi. Ushbu vaʼdaga sodiq qolgan holda, Samsung endi Galaxy AI’ni Galaxy Watch’ga ham olib kiradi va uning mashhur salomatlik xususiyatlarini yanada yaxshilaydi. Qurilmadagi kuchli sunʼiy intellektni keng qamrovli Samsung Health ilovasi bilan birlashtirib, Samsung foydalanuvchilarga yanada moslashtirilgan va xavfsiz salomatlik hissini yaratish yoʻliga qadam qoʻymoqda.

 

Yanada keng qamrovli insaytlar va motivatsiya uchun ilgʻor sunʼiy intellekt

 

Samsung foydalanuvchilarni salomatlikka yetaklovchi amallarni yaxshiroq tushunishiga yordam berish uchun mazmunli va amaliy insaytlardan foydalanishdan boshlab, ularga ilgʻor salomatlik va tetiklik hissini taqdim etish vazifasida edi. Endi Galaxy AI’ni Samsung Health ilovasi bilan birlashtirib, yangi sogʻliqni saqlash funksiyalari sizga sogʻliq haqida chuqurroq maʼlumot hamda kundalik sogʻligʻingizni yaxshilashga yordam beradigan motivatsion dalda beradi. Energy Score[2] bilan siz oʻrtacha uyqu vaqti, uyqu izchilligi, uyqu/uygʻonish vaqtining muvofiqligi, uyqu vaqtlari, oldingi kundagi faollik, uyqu vaqtidagi yurak urish tezligi va yurak urish tezligi oʻzgaruvchanligi[3] kabi shaxsiy sogʻliq koʻrsatkichlarini birgalikda tahlil qilish orqali kunlik holatingizni yaxshiroq tushunishingiz mumkin. Bundan tashqari, Wellness Tips[4] aniq maqsadga asoslangan insaytlar, motivatsion maslahatlar va yoʻl-yoʻriqlar taqdim etishi orqali shaxsiy salomatlik maqsadlaringizga erishishingizga yordam beradi.

 

 

 

Yuqori aniqlik va natija toʻgʻriligi

 

Aniq va keng qamrovli sogʻliqni saqlash koʻrsatkichlari eng yaxshi va aqlli salomatlik choralarini tuzish uchun asosdir. Kengaytirilgan sogʻliqni saqlash algoritmlari va ilgʻor kuzatuv vositalari AI bilan birlashganda yanada yaxlit, moslashtirilgan va amaliy insaytlarni beradi. Salomatlik yaxshi tungi uyqudan boshlanishi sababli Samsung uyqu haqida batafsil maʼlumot beruvchi AI uyqu algoritmini yaxshilamoqda. Sleep Insights funksiyasiga yangi qoʻshilgan uyqu koʻrsatkichlari sizga uyqu sifatini batafsilroq va aniqroq tahlil qilish imkonini beradi. Bu orqali siz uyqungiz tartibini yaxshiroq tushunish va yaxshi odatlarni shakllantirishingiz mumkin. Ushbu yangi qoʻshilgan koʻrsatkichlar uyqudagi harakat, uyqudagi kechikish, yurak urish tezligi va uyqu paytida nafas olish tezligini oʻz ichiga oladi, shuningdek, xurrak otish soatlari, qondagi kislorod darajasi va uyqu sikli kabi ilgari qoʻllab-quvvatlangan koʻrsatkichlar ham mavjud.

 

Xuddi anʼanaviy yuqori darajadagi ilgʻor uskunalarda taʼminlangani kabi, ushbu eng yangi fitnes funksiyalari moslashtirilgan mashgʻulotlar uchun aqlli va sodda tarzda foydalanuvchining jismoniy imkoniyatlarni oʻlchay oladi. Personalized Health Rate Zone (Shaxsiylashtirilgan salomatlik darajasi zonasi) funksiyasining beshta yugurish intensivligi darajasiga qoʻshimcha ravishda yangi batafsil maʼlumotlarni koʻrsatuvchi aerobik chegara (AT) / anaerobik chegara (AnT), yurak urish tezligi zonasi[5] koʻrsatkichlari sizga samarali yugurish mashqini taʼminlaydi, shuningdek, mashq unumdorligini tezda tahlil qiladi. Bundan tashqari, velosipedchilar atigi 10 daqiqa ichida[6] funksional quvvat chegarasi (FTP) koʻrsatkichlarini osonlik bilan hisoblashlari va mashq samaradorligini oshirish uchun sunʼiy intellekt maʼlumotlari tahliliga asoslangan, moslashtirilgan quvvat indeksidan foydalanib, professionallar kabi mashq qilishlari mumkin. Shuningdek, fitnesni kuzatish vositalari mashqlar va natijalarni yanada qulayroq kuzatishga yordam beradi. Yangi Workout Routine funksiyasi bilan shaxsiylashtirilgan mashgʻulotlaringizga turli mashqlarni birlashtirib, toʻxtovsiz keyingi mashqqa muammosiz oʻtishingiz mumkin. Race[7] yordamida yugurish yoki velosiped haydashda bir xil marshrut boʻyicha joriy va oldingi koʻrsatkichlarni taqqoslang va natijadan motivatsiya olib, muvaffaqiyatingizni kuzatib boring.

 

“Galaxy AI kuchini ekotizimimiz boʻylab kengaytirib, foydalanuvchilarga kengroq moslashtirish va ilgʻor maʼlumotlarni taklif qiluvchi optimallashtirilgan va oʻzaro bogʻlangan funksiyalar bilan barcha yangi imkoniyatlarni ochib bermoqchimiz”, dedi Samsung Electronics kompaniyasining prezident oʻrinbosari, MX Business va Galaxy Ecosystem Product Planning Team rahbari Junho Park. “Galaxy AI’ning Galaxy Watch’ga kiritilishi bu jarayonning boshlanishi xolos. Biz tez orada Galaxy mahsulotlarimiz boʻylab integratsiyani yanada kengaytiramiz. Biz bundan bagʻoyat xursandmiz va bu ishni davom etishdan toʻxtamaymiz”.

 

Ushbu yangi funksiyalar shu yil oxirida chiqadigan keyingi Galaxy Watch qoʻlsoatlarida One UI 6 Watch orqali taqdim etiladi. Cheklangan miqdordagi Galaxy Watch foydalanuvchilari iyun oyidan boshlab beta dasturga[8] erta kirish huquqiga ega boʻladilar. Bu bizning foydalanuvchilarimiz uchun taqdim etiladigan yangiliklarning bir kichik qismi xolos va biz yangi Galaxy Watch modellariga qoʻshiladigan ilgʻor apparat yangilanishlari bilan birlashgan Galaxy AI’ning toʻliq kuchini foydalanuvchilarga namoyish etishni intiqlik bilan kutib qolamiz. Yangi maʼlumotlar uchun bizni kuzating.

 

 

[1] Samsung AI funksiyalari uchun Samsung akkauntida login statusi talab qilinishi mumkin. Samsung sunʼiy intellekt funksiyalari taqdim etadigan natijaning aniqligi, toʻliqligi yoki ishonchliligi boʻyicha hech qanday vaʼdalar yoki kafolatlar berilmaydi. Galaxy AI funksiyalarining mavjudligi qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Galaxy AI funksiyalari qoʻllab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida 2025-yil oxirigacha ushbu funksiyalar bepul taqdim etiladi. Uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan AI funksiyalari uchun turli shartlar qoʻllanilishi mumkin.

 

[2] Faqat umumiy salomatlik va fitnes maqsadlari uchun moʻljallangan. Android telefonlarida (Android 10 yoki undan yuqori) mavjud va Samsung Health ilovasini talab qiladi (v6.27 yoki undan yuqori versiya). Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi. Energy Score’ni tekshirish uchun Galaxy Watch (Galaxy Watch4 yoki undan keyin chiqarilgan Galaxy Watch modellari) dan kuzatilgan salomatlik maʼlumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashtirilishi kerak. Kamida bir kunlik faollik va uyqu maʼlumotlari hamda uyqu paytida yurak urishi tezligi maʼlumotlari kerak.

 

[3] Anʼanaviy tashxis yoki davolash usullarini almashtirish uchun moʻljallanmagan.

 

[4] Android telefonlarida (Android 10 yoki undan yuqori) mavjud va Samsung Health ilovasini talab qiladi (v6.27 yoki undan yuqori versiya). Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi. Har qanday tibbiy holatni aniqlash, tashxis qilish, davolashda foydalanish uchun moʻljallanmagan. Natija faqat sizning shaxsiy maʼlumotingiz uchun. Iltimos, tibbiy maslahat uchun shifokorga murojaat qiling.

 

[5] Ochiq havoda yugurish mashqini tanlaganda yurak urish tezligi zonasini moslashtirish yoqiladi. 4 km/soat yoki undan yuqori tezlikda 10 daqiqadan koʻproq vaqt davomida toʻxtovsiz yugurish talab etiladi.

 

[6] Shaxsiylashtirilgan FTP’ni oʻlchash uchun Galaxy smartfoni quvvat oʻlchagichga ulangan boʻlishi kerak. FTP’ni aniqroq hisoblash uchun Galaxy Watch’ni smartfonga ulash lozim. Velosipedga quvvat oʻlchagich ulangan holda 4 daqiqadan koʻproq vaqt davomida oʻrta va yuqori intensivlik darajasida velosiped haydalganda FTP avtomatik ravishda hisoblanib boshlanadi. Koʻrsatkichlar mashina oʻrganuvi orqali oʻlchangan boʻlib, foydalanuvchilar qancha koʻp marta haydashsa, FTP qiymatlari shunchalik aniqroq va moslashtirilgan boʻladi. Velosiped quvvat oʻlchagichi alohida sotiladi. Professional uskunalar bilan anʼanaviy FTP tahlili oʻrtacha 1 soatgacha davom etadi.

 

[7] Race faqat ochiq havoda yugurish va velosport uchun mavjud. Qiyosiy oʻlchovlar chiqarish uchun oldindan belgilab berilgan marshrutda yugurish talab qilinadi. Foydalanuvchilar 14 kunlik vaqt oraligʻidagi oʻlchovlardan birini tanlash orqali solishtirishlari mumkin. Race orqali oʻlchovlarni solishtirish faqat oldingi rekordning boshlanish nuqtasi bilan bir joyda boshlanganda mavjud boʻladi. Agar boshlangʻich nuqtalar boshqacha boʻlsa, u avtomatik ravishda yugurish rejimiga oʻtkaziladi.

 

[8] One UI 6 Watch beta dasturi Samsung Members ilovasi orqali AQSh va Koreyadagi Galaxy Watch4, Galaxy Watch4 Classic, Galaxy Watch5, Galaxy Watch5 Pro, Galaxy Watch6 va Galaxy Watch6 Classic foydalanuvchilari uchun taqdim etiladi.

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga