Samarqand Marathon’da g‘alaba uchun qanday tayyorlanish kerak?

03/11/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Galaxy Watch8 bilan tanangizni tinglang, kuchingizni boshqaring va har qadamda ilhom oling.
 

 

Bir necha kundan so‘ng, 8-9-noyabrda Registon maydoni yugurish ixlosmandlari bilan to‘ladi, Samarkand Marathon yettinchi bor o‘tkaziladi va unga tayyorlanish uchun qat’iyat, to‘g‘ri reja va ishonchli hamroh kerak. Galaxy Watch8 bu borada sizning aqlli murabbiyingiz va motivatoringiz bo‘la oladi.

Har bir yuguruvchi uchun shaxsiy dastur

 

Galaxy Watch8’dagi Running Coach (Yugurish murabbiyi) funksiyasi sizning jismoniy holatingizni tahlil qilib, 10 darajadagi shaxsiylashtirilgan dastur yaratadi.

 

  • Tizimda 160 dan ortiq mashg‘ulot rejasi mavjud: yangi boshlovchilar uchun yengil yugurishdan tortib, marafonga tayyorlanayotganlar uchun intensiv mashqlargacha.
  • Mashg‘ulot oldidan 12 daqiqa test o‘tkazadi – yurak urish tezligi, nafas olish va qadam ritmini baholab, optimal yuklama darajasini tanlaydi.
  • Yugurish paytida audiogid kuzatib boradi: “Tezlikni pasaytiring”, “Suv iching”, “Nafas olishni barqaror tuting” deb sizga tavsiyalar berib boradi.
  • Maqsadingiz asosida (masalan, 10 km yoki 21 km) kunlik mashg‘ulotlar jadvalini tuzadi.
  • Yugurish tugagach, soat sizga tiklanish uchun qancha vaqt kerakligini ko‘rsatadi.

 

Natijada siz ortiqcha charchamay, jarohatsiz va samarali tayyorlanasiz.

 

Tana va energiyani to‘g‘ri boshqarish

 

Galaxy Watch8 sizni har bir bosqichda kuzatadi:

 

  • Bedtime Guidance (Uyqu oldi tavsiyalari) funksiyasi uyqu sifatini tahlil qilib, qachon uxlash kerakligini tavsiya etadi.
  • Energy Score (Energiya darajasi) sizning ertalabki holatni baholab, “bugungi mashg‘ulotga kuchingiz yetarlimi?” degan savolga javob beradi.
  • Vascular Load (Qon tomir yuklamasi) yurak va qon tomir faoliyatini kuzatadi – bu ortiqcha yuklama yoki stressning oldini oladi.
  • Body Composition (Tana tarkibi) funksiyasi mushak va yog‘ nisbatini o‘lchab boradi.

Yugurish uchun tayyorgarlik bo‘yicha kichik maslahatlar

 

  • Amortizatsiyali sport oyoq kiyimi tanlang.
  • Mashg‘ulotdan oldin va keyin suv iching.
  • Yengil va oqsilga boy taomlar tanlang.
  • Uyquni kamida 7 soatgacha rejalashtiring.
  • Motivatsiya uchun do‘stlaringiz bilan yuguring, Galaxy Watch8’da “Group Challenge” (Jamoaviy bellashuv) funksiyasini sinab ko‘ring.

 

Galaxy Watch8 sizni kuzatadi, o‘rgatadi va ilhomlantiradi.

 

Batafsil ma’lumot www.samsung.com saytida.

Qurilmalar > Mobil

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga