Samsung 2024 Neo QLED va QLED televizorlari VDE tomonidan sanoatda ilk bor yuqori tasvir sifati sertifikatlarini oldi
HDR Brightness Accuracy sertifikati ushbu televizor modellari HDR yorqinlik darajalarini toʻgʻri hisoblash orqali ultra realistik tasvirni taʼminlashini anglatadi
True Cinema Black sertifikati televizorlarning chuqur, immersiv tomosha taassurotini taqdim etish qobiliyatini anglatadi
Samsung Electronics bugun oʻzining 2024-yilgi Neo QLED va QLED qatoridagi yettita televizor modeli[1] nemis elektrotexnika sohasida yetakchi boʻlgan Verband Deutscher Elektrotechniker (VDE) sertifikatlashtirish instituti tomonidan True Cinema Black va HDR Brightness Accuracy sertifikatlarini olgan birinchi model ekanligini eʼlon qildi.
“Texnologiyalar rivojlanishda davom etmoqda, bu bizga mijozlarimizning uylarida mislsiz tomosha taassurotini taqdim etish imkonini beradi”, dedi ijrochi prezident oʻrinbosari va vizual displey biznesi ilmiy-tadqiqot guruhi rahbari oʻrinbosari Yongjae Kim. “Biz yuqori aniqlikdagi va katta ekranli televizorlarda tasvir sifati uchun eng yuqori standartlarni oʻrnatishga sodiqmiz va Neo QLED televizorlarimiz VDE tomonidan ushbu sohada ilk bor sertifikatlarga sazovor boʻlganidan faxrlanamiz”.
Film ranglarini jonlantirish
Samsung’ning 2024-yilgi Neo QLED 8K va 4K modellaridan oltitasi, shuningdek, bitta QLED 4K modeli sanoatda ilk bor HDR Brightness Accuracy sertifikatiga erishdi. Bu sertifikat ushbu modellar HDR kontentining yorqinlik darajasini toʻgʻri hisoblashi, HDR standartlariga muvofiqligi va tasvir sifatini inson koʻzi orqali idrok qilingan tasvir darajasiga yaqin sifatni taʼminlaydi.[2]
HDR texnologiyasi tasvirning yorqin va qorongʻi joylarini yaxshilaydi va filmlarni jonlantiradigan tafsilotli va real tasvirlarni taqdim etadi. Mehmonxonada, yotoqxonada, ofis yoki oshxonada boʻladimi, Samsung Neo QLED va QLED televizorlari mijozlarga har qanday muhitda ajoyib kinematik sifatdan bahramand boʻlish imkoniyatini taqdim etadi.
Uyda tomosha qilish taassurotini oshirish
Shuningdek, Samsung’ning 2024-yilgi Neo QLED va QLED qatoridagi ushbu yettita modeli tim qora maydonlar hosil qilish tezligini taʼkidlaydigan, sanoatda ilk bor True Cinema Black sertifikatini [3] qoʻlga kiritgan boʻlib, uyda koʻngilocharlik sohasida yangi mezonni oʻrnatdi. Bu televizorlar tomonlar nisbati keng boʻlgan filmlarni 4:3 formatiga oʻzgartirib, ekranga ortiqcha yorugʻlik tushirmasdan tasvir pozitsiyasini aniq moslashtira oladi va shu tarzda kinematik sifatni saqlab qoladi.
Sertifikatlash ekranning Letterbox qismidagi qora rang darajalarini qatʼiy baholashga asoslanadi. Bunda American Society of Cinematographers (ASC) tomonidan taqdim etilgan rasmiy video futajni tomosha qilish davomida shu qismlardagi rang va yorugʻlikning chuqur va immersivligi tekshiriladi. Jarayonda Video Electronics Standards Association (VESA®) koʻrsatmalariga rioya qilinadi. Yuqori sifatli tim qora maydonlar hosil qilish texnologiyasi keraksiz yorugʻlik taʼsirini bartaraf etib, tomoshabinlarga filmlarni film yaratuvchilari moʻljallagan sifat — chuqur tim qora ranglar va yorqin tafsilotlar bilan xuddi kinoteatrda tomosha qilish taassurotini beradi.
Samsung kompaniyasining innovatsiyalar va sifatga sodiqligi sanoatdagi eng yuqori standartlarga javob beradigan televizorlarni ishlab chiqishga sababchi boʻldi. True Cinema Black va HDR Brightness Accuracy sertifikatlari bilan 2024-yilgi Neo QLED qatori foydalanuvchilarga har qanday sharoitda jahon standartidagi tasvir sifatidan bahramand boʻlishlari uchun tengsiz uyda koʻngilocharlik qulayliklarini taqdim etishga tayyor.
[1] Neo QLED 8K (QN900D, QN800D, QN990C), Neo QLED 4K (QN95D, QN90D, QN87D/QN88D, QN85D), QLED(Q80D, Q80C). Ushbu modellar mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
[2] HDR Brightness Accuracy PQ standartga nisbatan 0 dan 1,000 nitsgacha boʻlgan oraliqda displey HDR videolarda yorugʻlik va qorongʻulikning turli darajalarini qanchalik yaxshi koʻrsatishini oʻlchaydi.
[3] True Cinema Black ASC video futajida HDR videoning Letterbox maydonidagi qora ranglar darajasi qanchalik chuqur va immersivligini oʻlchaydi.
Pressa uchun > Press-relizlar
Qurilmalar > TV va Audio
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.