Samsung 2024-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo texnologiya seminarida innovatsion sunʼiy intellekt TV texnologiyalarini namoyish etadi

02/05/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung kompaniyasi Neo QLED 8K, OLED va turmush tarziga oid sunʼiy intellekt asosida yaratilgan mahsulotlari haqida maʼlumot taqdim etish va sanoatning soʻnggi tendensiyalarini muhokama qilish uchun ommaviy axborot vositalari va soha mutaxassislari bilan uchrashadi

 

Televizorlar ishlab chiqarish boʻyicha 18-yil ketma-ket dunyo yetakchisi boʻlib kelgan Samsung Electronics kompaniyasi Tailandning Bangkok shahrida 2024-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo texnologiya seminarini boshladi. 23-24 aprel kunlari Samsung oʻzining 2024-yilgi mahsulotlar kategoriyasini namoyish etdi. Unda tasvir, ovoz va moslashtirishni takomillashtiradigan sunʼiy intellekt texnologiyalari koʻrsatilgan.

 

2012-yildan beri Samsung’ning global texnologiya seminarlari batafsil maʼlumot va insaytlar hamda eksklyuziv mahsulotlarni namoyish etish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qilib kelmoqda. Samsung oʻzining “Har yoqda ekran, hamma uchun ekran” qarashlarining bir qismi sifatida foydalanuvchilarga sanoatda yetakchi tomosha tajribasi va qulaylik funksiyalari innovatsiyalarini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

 

▲ Samsung Electronics kompaniyasining Picture Quality Solutions laboratoriyasidan Xeyli Jung (oʻngda) 2024 Neo QLED 8K ekrani 8K AI Upscaling Pro va AI Motion Enhancer Pro kabi sunʼiy intellektga asoslangan funksiyalarni qoʻllab-quvvatlaydigan yangi va kuchli NQ8 AI Gen3 protsessoridan foydalanayotganini batafsil tushuntiradi.

 

Shu fevral oyida Germaniyaning Frankfurt shahrida muvaffaqiyatli boshlab olingan sessiyasidan soʻng Bangkokda 2024-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo texnologiya seminari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirda, shuningdek, Lotin Amerikasi kabi mintaqalarda boʻlib oʻtadigan seminarlarda Samsung ushbu yangi televizor va monitor texnologiyalarini hamda turmush tarziga oid mahsulotlarni taqdim etadi:

 

  • Samsung’ning 2024 Neo QLED 8K ekrani eng yangi NQ8 AI Gen3 protsessoriga ega boʻlib, 512 neyron tarmogʻi orqali jonli va yorqin tasvirni taʼminlaydi. Bu esa oldingi modeldan sakkiz baravar koʻp neyron tarmogʻidir. Mazkur yangi model hozirgi kunga qadar eng sara texnologiyalar — 8K AI Upscaling Pro va AI Motion Enhancer Pro kabi funksiyalarni qoʻllab-quvvatlaydi.
  • 2024-yilgi Samsung OLED televizori NQ4 AI Gen2 protsessori tufayli kontentni 4K oʻlchamga apskeyl qiladi (kengaytiradi). Shuningdek, u OLED Glare Free texnologiyasiga ega. Underwriters Laboratories Inc. (UL) tomonidan sertifikatlangan mazkur texnologiya chalgʻituvchi omillarni bartaraf etish va yanada taʼsirchan tomosha taassurotini taʼminlash uchun ekrandagi shuʼlalarni kamaytiradi.
  • Music Frame — bu ramka shaklidagi karnay boʻlib, yangi turmush tarziga mos mahsulotidir. Music Frame’ga istalgan fotosuratlarni kiritish va yuzadagi rasmini oʻzgartirib, uni devorga ramka sifatida oʻrnatib qoʻyish mumkin.
  • Samsung Knox — Samsung TV uchun qoʻllanilgan xavfsizlik chorasi joriy yilning fevral oyida 31 ta mamlakat tomonidan dasturiy va apparat taʼminoti jihatidan televizor xavfsizligi choralarini kuchaytirish sifatida tan olingan “Common Criteria” sertifikatini qoʻlga kiritdi.

 

▲ Samsung Electronics kompaniyasining Picture Quality Solutions laboratoriyasidan Kevin Cha (chapda) 2024 Neo QLED 8K ekrani 8K AI Upscaling Pro kabi sunʼiy intellektga asoslangan funksiyalari uchun yangi va kuchli NQ8 AI Gen3 protsessoridan foydalanishini batafsil tushuntiradi.

 

“Texnologik seminarda Samsung’ning muhim sunʼiy intellektga asoslangan TV texnologiyalarini sizlar bilan baham koʻrishdan juda xursandmiz”, dedi Samsung Electronics kompaniyasining Visual Display Business boʻyicha ijrochi prezident oʻrinbosari Yongjae Kim. “Biz faqat qoyilmaqom va zamonaviy televizorlarimizni koʻrsatish uchun kelmadik, balki mijozlarga yaxshiroq xizmat taqdim etish boʻyicha bor saʼy-harakatlarimizni va ularning maʼlumotlarini himoya qilishga qaratilgan mehnatimiz mahsulini namoyish etish uchun ham shu yerdamiz”.

 

Samsung’ning 2024-yilgi televizor va monitorlar kategoriyasi haqida batafsil maʼlumot olish uchun www.samsung.com saytiga tashrif buyuring.

 

▲ Samsung Electronics 2015-yilda televizor mahsulotlarida sanoatning eng puxta ishlangan xavfsizlik yechimi boʻlgan Samsung Knox’ni birinchi marta qoʻllaganidan beri ketma-ket 10 yil davomida CC sertifikatini yutib kelgan.

 

▲ Samsung Electronics kompaniyasining Picture Quality Solutions laboratoriyasidan Endryu Soun (chapda) video oʻyin yoki janrga qarab tasvir va ovoz sifatini bir zumda optimallashtiradigan Samsung’ning sunʼiy intellekt mexanizmini namoyish etadi.

 

▲ Samsung Electronics kompaniyasining Picture Quality Solutions laboratoriyasidan Kevin Cha (oʻngda) soʻzlariga koʻra, 2024 Samsung OLED tomosha jarayonini qulaylashtiradigan Glare Free texnologiyasiga ega.

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga