Samsung “AI Living yordamchingiz” nomli yangi loyihani taqdim etadi
Samsung Electronics kompaniyasi “AI Living yordamchingiz” nomli yangi global video-loyiha boshlanganini eʼlon qildi.

Ilk bor CES 2026 koʻrgazmasidagi “The First Look” tadbirida taqdim etilgan ushbu kampaniya Samsungning sun’iy intellekt kelajagiga bo‘lgan qarashlarini oʻzida aks ettiradi. Unda AI texnologiyalari, o‘zaro uzviy bog‘langan qurilmalar va xizmatlar insonlarning odatiy turmush tarziga qanchalik tabiiy uyg‘unlashib ketishi namoyish etilgan. Qolaversa, foydalanuvchilar va ularning yaqinlariga gʻamxoʻrlik qilish kundalik hayotning mutlaqo yangicha formatga chiqishi ko’rsatilgan. Asosiy eʼtibor inson ehtiyojlarini oldindan seza olgan holda qurilma, platforma va xizmatlar ekotizimida aynan shaxsga moslashtirilgan yechimlarni taklif qiladigan AI imkoniyatlarini ishlab chiqishga qaratilgan.
“Mazkur kampaniya orqali biz AI bilan jihozlangan Samsung mahsulot va xizmatlari foydalanuvchilar ehtiyojini oldindan anglab, muhim damlarda shaxsiy yordam koʻrsata oladigan chinakam hayotiy hamrohga aylanishini koʻrsatmoqchimiz”, – deydi Samsung Electronics ijrochi prezidenti oʻrinbosari va Global Brand Center rahbari Stefani Choy. – “Foydalanuvchilarimiz Samsung innovatsiyalarining qadr-qimmatini oʻzlarining kundalik hayotida toʻla his qilishlari uchun ilhomlantiruvchi imkoniyatlarni yaratishda davom etamiz”.
Kampaniya doirasida salomatlik, oila va uy hayvonlariga gʻamxoʻrlik qilishga bagʻishlangan uchta hazilomuz videorolik namoyish etildi. Ushbu roliklar kompaniya mahsulotlari va xizmatlariga integratsiya qilingan AI imkoniyatlari foydalanuvchilarning kundalik hayotini yaxshilashga qay tarzda xizmat qilishini ko‘rgazmali ravishda ochib beradi.
Oʻz salomatligiga eʼtibor qaratadigan insonlar uchun Galaxy Watch8 va Samsung Health ilovasi orqali ishlaydigan Antioxidant Index1 funksiyasi ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur funksiya salomatlik koʻrsatkichlarini kuzatib borishga hamda toʻgʻri ovqatlanish odatlarini shakllantirish uchun shaxsiy tavsiyalar taqdim etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Bespoke AI Refrigerator Family Hub sovutgichidagi AI Food Manager2 funksiyasi oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilishni osonlashtiradi va foydalanuvchiing didiga mos retseptlarni taklif etadi.
Uy hayvonlari egalari uchun esa “Mening kunim”3 funksiyasi namoyish qilingan bo‘lib, u itni sayrga olib chiqish vaqti kelganini eslatib turadi. Qolaversa, ushbu funksiya SmartThings ilovasidagi Pet Care4 xizmati bilan uyg‘unlikda ishlashi tufayli sayr marshruti va davomiyligini batafsil qayd etib boradi.
Oilaviy sahnalarda esa Galaxy smartfonlaridagi Call Screening funksiyasi ko‘rsatilgan. U yoshi ulug‘ qarindoshlarni kiruvchi keraksiz qoʻngʻiroqlardan, xususan, ehtimoliy telefon firibgarliklaridan himoya qilishga yordam beradi5. Ushbu videoroliklar Nyu-Yorkdagi Tayms-skver va Londondagi Pikadilli maydoni kabi dunyoning yirik diqqatga sazovor markazlaridagi ekranlarda namoyish etilmoqda.
Batafsil ma’lumot uchun samsung.com ga tashrif buyuring.
* Living AI xususiyatlarining mavjudligi mintaqa/mamlakat, OS/One UI versiyasi, qurilma modeli va telefon operatoriga qarab farq qilishi mumkin.
1 Android 10 va undan yangi operatsion tizimda ishlovchi smartfonlarda ishlaydi; buning uchun Samsung Health ilovasining 6.0.2 yoki undan keyingi versiyasi talab etiladi.
2 Wi-Fi tarmog‘i va Samsung akkauntiga ulanish talab etiladi. Agar biron mahsulot tizim tomonidan tanilmasa, u “noma’lum” tarzida ko‘rsatilishi mumkin. AI Vision funksiyasi sovutgich kamerasidagi ayrim mahsulotlarni aniqlay olmasligi yoki ro‘yxatga qo‘shmasligi ehtimoli mavjud. Obyektlarni aniqlash uchun AI modellaridan foydalaniladi va ularning ishlash aniqligini oshirish maqsadida tizim vaqti-vaqti bilan yangilanib turadi. Ro‘yxat to‘g‘ri shakllanganiga ishonch hosil qilish uchun foydalanuvchilarga uni o‘zlari tekshirib, kerak bo‘lsa, tahrirlash tavsiya etiladi.
3 Galaxy S26 va undan yangi modellarda ishlaydi.
4 Buning uchun SmartThings ilovasida Pet Care xizmati yoqilgan hamda Samsung akkauntiga kirilgan bo‘lishi talab etiladi. Agar uy hayvoni foydalanuvchi belgilagan vaqt davomida sayr qilmasa, tizim itni sayrga olib chiqish haqida bildirishnoma yuboradi.
5 Galaxy S24 seriyasidagi qurilmalar hamda One UI 8.0 yoki undan yangi versiyada ishlovchi modellarda qo‘llab-quvvatlanadi, biroq baʼzi funksiyalar modelga qarab farq qilishi mumkin. Ushbu xizmat 13 ta tilda, jumladan: xitoy (soddalashtirilgan), ingliz, fransuz, nemis, hind, italyan, yapon, koreys, polyak, portugal, ispan, tay va vyetnam tillarida faoliyat yuritadi.
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com