Samsung Art Store’da Zamonaviy sanʼat muzeyi toʻplamidan diqqatga sazovor eksklyuziv asarlar taqdim etiladi

21/10/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

MoMA toʻplamidagi rassomlarning oʻnlab sanʼat asarlari, jumladan, Frida Kalo va Jorjiya O’Kiff The Frame TV‘da namoyish qilish uchun endi Samsung Art Store‘da 4K oʻlchamda mavjud

 

▲ Vinsent van Gogning “Yulduzli tun” asari (1889) Samsung tomonidan The Frame’da koʻrsatilgan. Foto: Samsung

 

MoMA toʻplamidan yigirma yettita taniqli sanʼat asarlari, jumladan, rassomlar Frida Kalo, Anri Matiss va Jorjia O’Kiff bugungi kunda Samsung Art Store’da Samsung tomonidan ishlangan The Frame — eng koʻp sotilgan Lifestyle TV’dagina mavjud. U yoqilganda, sevimli film va seriallaringizni ajoyib 4K oʻlchamda tomosha qila olasiz. Oʻchirilganda esa Samsung Art Store’da butun dunyo boʻylab yuzlab muassasalar, rassomlar va kolleksionerlar tomonidan tanlab olingan va saralangan sanʼat asarlarining keng katalogi bilan uyingizdagi istalgan joyni muzeyga aylantira olasiz.

 

MoMA 1929-yilda zamonaviy va oʻsha davrdagi sanʼatni qoʻllab-quvvatlaydigan va tajriba, oʻrganish va ijod uchun katalizator boʻladigan muzey tashkil etishni istagan uchta peshqadam ayol tomonidan tashkil etilgan. MoMA bilan hamkorlikda Samsung Art Store MoMA toʻplamidagi diqqatga sazovor asarlarni oʻz ichiga oladi, ular Samsung Art Store global kuratori Daria Grin tomonidan muassasa tarixi va qarashlarini sharaflash uchun tanlangan. Shuningdek, Frida Kalo’ning “Fulang Chang va men” (1937) — ushbu afsonaviy meksikalik rassomning platformaga kelgan birinchi sanʼat asaridir.

 

▲ Piet Mondrianning “Trafalgar skveri” (1939-43) Samsung tomonidan The Frameda koʻrsatilgan. Foto: Samsung

 

“MoMA ijodkorlikni kuchaytiruvchi, tafakkurni ishga soluvchi va ilhom baxsh etuvchi joydir. Samsung bilan hamkorlik munosabatlarimiz orqali biz millionlab odamlar uchun MoMA toʻplamidan chinakam innovatsion usulda foydalanish imkoniyatini boshlamoqdamiz”, dedi Zamonaviy sanʼat muzeyidan biznesni rivojlantirish boʻlimi rahbari, Robin Sayetta. “Biz ushbu yangi raqamli toʻplamni yaratishdan maqsadimiz bor edi. Umid qilamizki, ushbu ulkan miqyosda sanʼat ixlosmandlarining hayoti madaniyat va tarix bilan boyitiladi”.

 

▲ Beshinchi qavat toʻplamidagi galereyalarning koʻrinishi. Koʻrsatilgan: Klod Mone. “Oq nilfiya” 1914–26. Planshetda moʻyqalamda chizilgan, uchta panelli. Janob Saymon Guggenhaym jamgʻarmasi. © 2024 Zamonaviy sanʼat muzeyi, Nyu York. Surat: Noa Kalina

 

Innovatsiyalar orqali sanʼatni hamma uchun kengaytirish

MoMA’ning yigirmadan ortiq sanʼat asarlariga Vinsent van Gogning “Yulduzli tun” (1889), Anri Russoning “Tush” (1910) va Jorjiya O’Kifning “Kechki yulduz III” (1917) kabi mashhur asarlari kiritilgan. Ushbu toʻplam turli xil uslublar va vaqt oraligʻini ifodalaydi va har bir sanʼat ishqibozi va Samsung Art Store obunachisi uchun maʼqul keladigan nimanidir taklif qiladi.

 

▲ Beshinchi qavat toʻplamidagi galereyalarning koʻrinishi. Koʻrsatilgan: Vinsent van Gog. “Yulduzli tun”. 1889. Planshetda moʻyqalamda chizilgan. Lillie P. Bliss merosi orqali qoʻlga kiritilgan. © 2024 Zamonaviy sanʼat muzeyi, Nyu York. Surat: Noa Kalina

 

“Samsung’da biz doimiy innovatsiyalar orqali uydagi koʻngilocharlik imkoniyatlarini qayta belgilashga intilamiz. MoMA bilan hamkorligimiz madaniy ahamiyatga ega boʻlgan asarlarni millionlab uylarga olib kirish imkonini beradi, bu esa odamlarga mashhur sanʼat asarlari bilan chinakam ajoyib tarzda ilhomlanish imkonini beradi”, dedi Samsung Electronics kompaniyasining Shimoliy Amerikadagi xizmat koʻrsatish biznesi ijrochi prezident oʻrinbosari va bosh menejeri Sang Yoon Kim. “Ushbu tashabbus Samsung kompaniyasi isteʼmolchilarining kundalik hayotiga ajoyib imkoniyatlarni taqdim etish uchun texnologiyadan unumli foydalanish missiyasini namoyish etadi”.

 

“Taxminan 100 yil davomida MoMA zamonaviy va oʻtgan davrgi sanʼatning qamrovi va taʼsirini kengaytirishda muhim rol oʻynadi, jahon miqyosidagi eng oʻzgaruvchan va xilma-xil institutlardan biri sifatidagi mavqeyini mustahkamladi. Ushbu hamkorlik orqali biz ajoyib rassomlarning asarlarini, jumladan, XX asrning ayol kashshoflar asarlarini Samsung Art Store’da baham koʻrishimiz mumkin”, deb qoʻshimcha qiladi Samsung Art Store global kuratori Daria Grin.

 

▲ Hanna Hyoh “Nomsiz (Dada)” (1922). Samsung tomonidan The Frame’da koʻrsatilgan. Foto: Samsung

 

Samsung Art Store faqat The Frame’da mavjud boʻlib, u yanada badiiy va estetik imkoniyatlarni taqdim etish uchun 2024-yilda yangilangan. Bunga sanoatning yetakchi rang ekspertlaridan biri boʻlgan Pantone[1]‘dan ArtfulColor tasdiqlovi kiradi. Ushbu tasdiqlovga erishgan dunyodagi birinchi va yagona sanʼat televizori sifatida The Frame galereyangizda gʻalati koʻrinmaydigan, tabiiy va real tasvirlarni taqdim etadi. U xuddi devorga osilgan suratdek va 32 dan 85 dyuymgacha boʻlgan oʻlchamlarda mavjud. Ramkani[2] ham turli xil rang va dizaynlarga ega ramkalar bilan almashtirish mumkin. Bu sizga The Frame’ni oʻzingizga mos uslub va bezak bilan moslashtirish imkonini beradi.

 

18 yildan buyon №1 global televizor brendi boʻlgan[3] Samsung kompaniyasi The Frame uchun qoʻshimcha funksiyalarni ham taqdim etadi. Samsung AI texnologiyasi siz tomosha qilayotgan har qanday kontentni tiniqlashtiradi. Shu bilan birga, siz 2700+ ta bepul kanallar hamda 400+ Samsung TV Plus[4] premium kanallaridan bahramand boʻlasiz. Shuningdek, televizoringizdan aqlli uy markazi sifatida foydalanishingiz mumkin va shaxsiy maʼlumotlaringiz Samsung Knox xavfsizligi bilan himoyalanadi.

 

The Frame store.moma.org, Samsung.com’da MoMA Design Store’dan va boshqa maʼlum chakana sotuvchilardan xarid qilish mumkin.

 

MoMA toʻplamining diqqatga sazovor asarlarining taqdim etilishidan oldin Samsung Art Store’da jahon miqyosidagi muzeylar, jumladan, Metropolitan sanʼat muzeyi va d’Orsay muzeyi bilan aloqalar oʻrnatilgani hamda bu yil Rene Magritt, Jan-Mishel Baskiya va 40 dan ortiq Marimekko sanʼat asarlari ishtirokidagi bir nechta toʻplamlar chiqarilgan edi. Samsung sanʼat ixlosmandlariga yuqori sifatli raqamli sanʼat asarining keng koʻlamidan bahramand boʻlishlari uchun markaz boʻlishga sodiq qoladi.

 

 

[1] Pantone kompaniyasi brendlar va ishlab chiqaruvchilar uchun ish jarayonining har bir bosqichida rangga oid jiddiy qarorlarni qabul qilish imkonini beruvchi Pantone Matching System deb nomlangan universal rang tilini taqdim etadi.
[2] Ramkalar alohida sotiladi.
[3] Manba: Omdia, 2024-yil yanvar. Natijalar Samsung tomonidan tasdiqlanmagan. Ushbu natijalarga tayanish uchinchi tomonning o‘z ixtiyorida.
[4] 2016-yildan keyin chiqarilgan Samsung Smart televizorlarida, Galaxy qurilmalarida, Smart monitorlarda, Family Hub sovitkichlarida va internetda bepul mavjud.

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga