Samsung Ayollarini Ilhomlantirish va Imkoniyatlarni Kengaytirish: Xilma-xillik, Tenglik va Inklyuziya qanday qilib Innovatsion rivojlanishga olib keladi
Avvalam bor, xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlikni hurmat qiladigan korporativ madaniyat innovatsiyalar davomiy bo’lishini ta’minlaydi deb hisoblaydi Samsung Electronics kompaniyasi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 8-mart Xalqaro Xotin-Qizlar Kuni munosabati bilan Samsung o‘z ayol xodimlariga platforma taqdim etib, kompaniya qanday ichki va tashqi tarafdan adolatli bo’lish mumkinligini ko’rsatib berdi.
Texnologiya va innovatsiyalar sohasining jahon yetakchisi sifatida, Samsung gender tenglik va barcha ishalydigan ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytitish tarafdoridiri bo’lib, o’rnak bo’lishga intiladi. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik ustun bo’lgan ish joylari yaxshi biznes natijalarga olib keldi, jumladan, xodimlarni yanada yaxshi jalb qilish, iste’dodlarni saqlab qolish va yuqori moliyaviy yutuqlarga erishish
Xalqaro bayramni nishonlash arafasida, Samsung Newsroom jamoasi Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa, Janubi-G’arbiy Osiyo hamda Markaziy va Janubiy Amerikadagi xodimlarni yig’ib, ular bilan kompaniya madaniyatidagi xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik xaqida suhbat qurdi. Samsung barcha xodimlar uchun qanday xavfsiz va inklyuziv ish sharoilarini yaratiyotgani bilan tanishish uchun quyidagi intervyularni taqdim etamiz.
Ayollar ayollarni ochiq muloqot orqali qo’llab-quvvatlaydi
Samsung kompaniyasining Vizual displey sotib olish bo’limi rahbari bo’lishdan tashqari, Klara Han boshlang’ich maktabda o’qiydigan ikki farzandning ishlaydigan onasi hamdir.
“Hozirgi paytda farzand tarbiyasida erkaklarning ishtiroki oshayotgan bo’lsada, ayollar hali ham, farzandli boʻlganliklari sababli, oʻz kareralarini qurish va uzluksiz davom ettirishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda”, deydi Klara. “Natijada Samsung xodimlarning jinsi, millati va yoshidan qat’iy nazar, ularni doimiy ravishda e’tirof etish va o’sishi uchun imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladigan madaniyatni yaratishga intiladi”.
“Biz guruhning har bir a’zosi individual farqlikni tushunadigan va tan oladigan muhitni yaratishga harakat qilmoqdamiz, shunda hamma bir xil imkoniyatga ega bo’lishi, adolatli baho olishi va har qanday vaziyatda eng yaxshi natijaga erishishi mumkin”, deydi Klara. “Har bir ovoz muhim va har bir kishini tinglash ishlash unumdorligi va samaradorligiga ijobiy ta’sir qiladi.”
Megan Detviler, Samsung kompaniyasida muhandis, Samsung Ostin kompaniyasida ish boshlaganidan ko’p o’tmay Samsung Texnologiya Ayollari bilan ishlashga jalb qilindi. Dastur doirasida Megan xodimlar orasida xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlikni haqida tushunchalarini oshirishga yordam berish uchun turli kampaniyalarni o’tkazadi. U Samsung Texnologiya Ayollari uchun kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini, shu jumladan sanoat konferentsiyalari, darslar va oylik uchrashuvlarni mamnuniyat bilan taqdim qilgan bo’lsa-da, Meghan uchun dasturning eng foydali qismi uning hamjamiyatlik hissi edi.
“Samsung Texnologiya Ayollari dasturi orqali men kompaniyaning barcha jabhalaridagi odamlar bilan aloqa o’rnatishga muvaffaq bo’ldim, texnik va texnik bo’lmagan rollarda, rahbarlikning har bir darajasida, texnik va mutaxassislardan vitse-prezidentlargacha bo’lgan odamlar bilan uchrashdim”, deydi Megan. “Samsung kompaniyasida, ayniqsa Samsung Texnologiya Ayollari dasturida shunday odamlar nafaqat muvaffaqiyatga erishishi, balki bu yerda chinakam o’sishi va gullab-yashnashi uchun yaratilganligingizni ta’minlashga investitsiya qilishadi.”
“Samsung Texnologiya Ayollari menga ovozimni topishga yordam berdi, ya’ni men nafaqat o’zimga ishonch, balki boshqa ayollarning ovozini kuchaytirish uchun jasoratga ega bo’ldim “, deydi Megan.
Manavi Patak, Hindiston-Bangalordagi Samsung R&D Institutida O‘quv va Tashkiliy Rivojlanish bo‘limi boshlig‘i (SRI-B), shuningdek, Samsung Ayollarining Jadal Tarmog’ining faol a’zosisi hamdir. Manavi inklyuziv ish joyi u yerda ishlaydigan ayollar ehtiyojlarini muvaffaqiyatli qondirishini ta’kidlab, xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik borasidagi Samsung tashabbusi va madaniyati, qanday qilib iqtidorli ayollar muvaffaqiyatga erishishi uchun imkon berishini aytib o’tdi.
“Ayollar o’zlari ishdan ko’p narsani talab qilishadi,” deydi Manavi. “Hindiston-Bangalor Samsung R&D Institutida, ayollar yetakchiligini rivojlantirish dasturilari, ishga olishda turli xil maqsadlar, kunlik farzandlarga qarash siyosati, maxsus ta’til, moslashuvchan tartib va boshqa imkoniyatlar mavjuddir, bularning barchasi mening kasbiy mahoratim, shuningdek, Samsung Reserch’dagi boshqa ayol hamkasblarim karyerasi rivojlantirishga imkon berdi.”
“”COVID-19 inqirozi bizning ishlash uslubimizni qayta ko’rib chiqdi. Ko’pchilik ayollar madaniy o’zgarishlar va ish joyining moslashuvchanligini, jumladan, xodimlar farovonligi, xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlikni yaxshilashga ustuvor ahamiyat beradigan kompaniyalarda ishlashni xohlashmoqda”, deydi Manavi. “Zamon bilan hamnafas bo’lgan kompaniyalar ayol rahbarlarni o’ziga jalb qiladi va rivojlanishlariga yordam beradi.”
Adam Eaglefield, B.Q.dagi Samsung Electronics Jamoa Menedjeri, shunigdek, @Samsung ERG Ayollar va Erkaklar ittifoqi a’zosi. Ushbu uyushma ayollarning iste’dodlarini rivojlantirish uchun murabbiylik va aloqalar o’rnatish dasturlarini amalga oshiradi. Uning so’zlariga ko’ra, xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlikni amalga oshirish uchun biz nafaqat ayollarni tinglashimiz, balki ongsiz noto’g’ri qarashlarni yo’q qilishimiz va bir-birimizning nuqtai nazarimizni tushunishimiz kerak.
“Ittifoqchilik har qanday ish va harakatda muhim hisoblanadi,” deydi Adam. ” Bunda, erkak ittifoqchilar ayollarni biznes va sanoatdagi barcha o’zaro munosabatlarda himoya qilishlari mumkin, eng yuqori darajadagi vakillikni ko’rish uchun ishdan tortib, har kungi yig’ilishlarda ayollarning eshitilishini ta’minlashgacha.”
“Ittifoqchi sifatida men ayollar va ularning tajribalari, umidsizliklari, ehtiroslari va istaklarini faol tinglashga harakat qilaman”, deydi Adam.”Biz bir-birimizning nuqtai nazarimiz, o’z imtiyozlarimiz va ongsiz tarafkashliklarimiz haqida ko’proq bilishimiz kerak, eng muhimi, ijobiy yo’l bilan harakat qilish uchun birlashishimiz kerak.”
Mariya Fernanda Gonsalez, Meksikadagi Samsung Electronics kompaniyasida Jamoatchilik bilan Aloqalar va Kommunikatsiyalar bo‘yicha Bosh Menedjer, shuningdek, Samsung Ayollari (SEM-S) a’zosi. Maria nima uchun ayollarning imkoniyatlarini kengaytiradigan va tenglikni qo’llab-quvvatlaydigan kompaniyada ishlashni qadrlashi haqida gapirdi.
“Samsung menga o’sishim uchun barcha imkoniyatlarni ochib berdi, nafaqat yetakchilik rollarida o’sish, balki maqsadlarimdan tashqariga chiqish uchun yo’nalishlar ham berib, meni qo’llab-quvvatladi,” deydi Maria Fernanda. “Men jamoamning boshqa a’zolarining rivojlanishiga hissa qo’shadigan, sezgir jamoa o’yinchisi bo’lishim mumkin.”
“Ishonchim komilki, ayollarning keyingi avlodini ilhomlantira oladigan kuchli ayol yetakchilar bilan biz texnologiya sanoatidagi gender tafovutini bartaraf eta olamiz”, deydi Mariya Fernanda.
Tushlik suhbati & Bitta stolda: Ayollarning mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun xodimlarning fikr-mulohazalarini yig’ish
Barchaga yoqadigan ish muhitini yaratish uchun Samsung xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik maxsus kunlarini nishonlash uchun butun dunyo bo’ylab xodimlar uchun yillik tadbirlar va kampaniyalarni o’tkazadi, shu jumladan, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Xalqaro nogironlar kuni va Muloqot va taraqqiyot uchun Jahon madaniy xilma-xillik kuni. Bu yil Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Samsung rahbarlari va yetakchi ayollar xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlikni yaxshilash yo‘llarini muhokama qilish uchun tushlik paytida uchrashadilar. Samsung shuningdek, ayol xodimlar, jumladan, ayol dasturchilar va ishlaydigan onalar duch keladigan muammolarni tinglash va ayollarning yetakchiligini rag’batlantirish yo’llarini muhokama qilish uchun Jong-Hee Khan tomonidan o’tkaziladigan “Bir stol” tadbirini o’tkazadi.
Yig‘ilishlarda muhokama qilingan g‘oyalar keyinchalik xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik kotibiyatiga yuboriladi va tashkilot boshqaruviga kiritiladi. Har bir tashkilot ishtirokchisi va yetakchisi Samsung qanday qilib gender tenglik yoʻlida izchil saʼy-harakatlarni amalga oshirishi mumkinligini muhokama qiladi va rahbarlarga xodimlarning fikrlash tarzidan tortib, xilma-xillik va inklyuzivlik uchun tizimni takomillashtirishgacha boʻlgan bir qator istiqbollarni taklif qiladi.
Butunjahon ayollar haftaligi: xilma-xillik, inklyuzivlik va gender tenglikni nishonlash jarayoni
Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash arafasida Rais O‘rinbosari Jong-Xi Xon hamda Prezident va Bosh Direktor Ke Xyun Kyun DXning barcha xodimlariga gender tenglik va xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik muhimligini haqida xabar yuborishdi. Rais oʻrinbosari Xon “jamiyatning turli qatlamlaridan kelib chiqqan barcha xodimlar oʻzlarini tashkilotning bir qismi deb hisoblaydigan tashkiliy madaniyatni yaratishga intilish” qatʼiyati bilan xilma-xillik va inklyuzivlik ahamiyatini taʼkidlab o’tdi”. U xodimlarga “teng imkoniyatlar orqali o‘z imkoniyatlarini to‘liq ochishga” yordam berish maqsadi haqida gapirdi.
Xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik borasiga qiziqqan butun dunyo boʻylab 5000 ga yaqin Samsung rahbarlari va xodimlari 33 ta Samsung ERGda faol ishtirok etib, ular tarmoq yaratish va mentorlikdan tortib, ERGda o’qishgacha bo’lgan barcha sohalar bo’yicha takliflar kiritishadi. Bu guruhlar nafaqat Samsung xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash, balki volontyor bo‘lish va mahalliy hamjamiyatga yordam berish uchun ham astoydil harakat qilmoqda. Ular orasidagi ushbu keng ko’lamli ayollar ERGlari, ayollarning ish joyidagi imkoniyatlarini kengaytirishga intilib, rahbar ayollar va xodimlarning karyeralarini va imkoniyatlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshiradi.
2017 yildan boshlab One Family Council har yili Suvon Digital Shahrida kam ta’minlangan oilalardan bo’lgan yosh ayollar uchun “Pushti quti” xayriya tadbirini o’tkazadi. Bu yil 100 nafar o‘smirga o‘z qo‘llar bilan yasalgan kalit zanjirlar, ayollar buyumlari va dalda beruvchi xabarlardan iborat “Pushti quti” yetkazib beriladi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni haftaligida xorijdagi hududiy bo‘limlarda ham ayol xodimlar bilan uchrashuvlar, xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik bo’yicha vebinarlar va panel muhokamalar, shuningdek, xodimlar taʼtili bo’yicha takliflar, sovgʻalarni topshirish tadbirlari va hokazolar o’tkazilmoqda.
Samsung oddiy ish joyi chegarasidan chiqadigan makon yaratishda davom etyapti hamda xodimlar o’sishiga imkon bergan holda ularning salohiyatini ro’yobga chiqarishga xizmat qilyapti. Samsung kompaniyasining xodimlar va kompaniyaning birgalikda o’sishini ta’minlaydigan tashkilot yaratishga bo’lgan intilishi buyuk kelajak sari qadam bosishni tezlashtiradi.
Korporativ > Odamlar va madaniyat
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.