Samsung “BESPOKE AI davriga xush kelibsiz” tadbirida 2024-yilgi sun’iy intellekt maishiy texnikasini namoyish etdi

04/04/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics kompaniyasi 3-aprel kuni Koreyaning Seul shahrida boʻlib oʻtgan “BESPOKE AI davriga xush kelibsiz” media tadbirida oʻzining 2024-yilgi Bespoke SI mSIshiy texnikasini taqdim etdi. Ilg’or sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari va SmartThings imkoniyatlari bilan uyg’unlashtirilgan ushbu yangi mahsulotlar giperbog’langan ekotizim tufayli mijozlarga qulaylik yaratishda muhim bosqich hisoblanadi.

 

Samsung Newsroom tadbirda SI uydagi hayotni qanday o‘zgartirayotganini his qilish uchun ishtirok etdi.

 

“Sun’iy intellekt hamma uchun” shiorini o‘zida mujassam etgan Bespoke AI

 

▲ Kompaniya prezidenti o‘rinbosari va bosh direktori Jong-Hee Han “BESPOKE AI davriga xush kelibsiz” tadbirida kirish nutqini so‘zlamoqda.

 

Samsung Electronics kompaniyasi prezidenti o‘rinbosari va Device eXperience (DX) bo‘limi bosh direktori Jong-Hee Han kirish qismida so‘zga chiqib, Bespoke AI kompaniyaning “Sun’iy intellekt hamma uchun” tushunchasini o‘zida mujassamlashtirganini ta’kidladi, ya’ni mukammallashgan xavfsizlik, barqarorlik va foydalanish imkoniyatlari yordamida hayotni yanada yaxshilashga qaratilgani e’tirof etdi.

 

 

“SI’ning ko‘rish, ovoz orqali murojaat qilish va ma’lumotlar texnologiyalaridan foydalanib, biz maishiy texnikani boshqarish va intuitivroq ulash mumkin bo‘lgan yangi tajribani taklif qilamiz”, dedi u.

 

▲ Su-Hyeon Seong yangi Bespoke SI mahsulotlari foydalanuvchilarning hayotini qanday o’zgartirishi haqida so’zlamoqda.

 

Samsung Electronics kompaniyasining Digital Appliance (DA) bo’limi xodimi Su-Hyeon Seong’ning fikricha, SI texnologiyasi va ulanishning so’nggi yangilanishi foydalanuvchilarning shaxsiylashtirilgan tajribasini yaratishda yangi innovatsiyalarga olib keladi. “Kundalik hayotimizga kirib keladigan yangicha erkinlikni orziqib kutaman”, dedi u.

 

▲ Cheol-Min Yeom 2024 Bespoke AI maishiy texnikasi maxsulotlar qatorini taqdim etmoqda.

 

“Eng so’nggi mahsulotlarimiz yuqori samarali SI chiplari, kameralar va sensorlar bilan jihozlanganligini inobatga olib, biz foydalanuvchi tajribasini sezilarli darajada mukammalashtirdik”, dedi DA bo’limi vakili Cheol-Min Yeom.

 

▲ Se-Rim Jeong SmartThings foydalanuvchilarga energiyani tejashga qanday yordam berishini tasvirlamoqda.

 

“Biz atrof-muhitga nisbatan zararni kamaytiradigan va iste’molchilarga xavfsiz, barqaror maishiy texnikani noqulayliklarsiz his qilish imkonini beradigan texnologiyalarni rivojlantirishga sarmoya kiritishni davom ettirishni rejalashtirmoqdamiz”, dedi DA bo’limidan Se-Rim Jeong.

 

SI bilan uy bo’shliqlariga o’zgacha nazar: Qulaylik tajriba zonasi

 

▲ Tadbir mehmonlari Xavfsizlik va Oson Ulanish Zonasida SmartThings bilan tanishishmoqda.

 

Mehmonxona, kir yuvish xonasi va oshxona kabi joylarni rekonstruksiya qilgan Qulaylik tajribasi zonasiga kirishda Samsung o‘zining eng foydali xizmatlarini namoyish etdi. Xavfsizlik va Oson Ulanish Zonasida tashrif buyurganlar Smart Forward tizimi qanday qilib doimiy ravishda qurilmalarni yangilashi va Samsungning noyob xavfsizlik standarti bo’lgan Samsung Knox foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishini kuzatdilar. Bundan tashqari, tashrif buyurganlar Calm Onboarding tizimi mahsulotlarni SmartThings’ga qanday ulashini va har bir xariddan keyin qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni minimallashtirishini aniqladilar.

 

▲ 2024 Bespoke AI maishiy texnikasi BESPOKE SI Qulaylik tajribasi zonasida namoyish etilmoqda.

 

▲ Family Hub™ ilovasida smartfon tugmachasini bosish orqali muzlatkich ekranida videolarni tomosha qiling.

 

Bespoke AI Qulaylik tajribasi zonasida tadbir mehmonlari SI Family Hub™+ yordami bilan 2024-yilgi Bespoke AI mahsulotlarini va to’rt eshikli Flex muzlatkichda Tap View fuksiyasini sinovdan o‘tkazishdi. Endi foydalanuvchilar muzlatkich eshigini bosish orqali smartfon ekranidagi tasvir yoki videolarni aks ettirishi mumkin, shuning uchun ular to‘xtagan joyidan davom etishlari va endigina tomosha qilayotgan film yoki teleko‘rsatuvni ko’rishda davom ettirishlari mumkin.

 

Bundan tashqari, foydalanuvchilar SI Vision Inside funksiyasi yordamida oziq-ovqat paketlaridagi yaroqlilik muddatini tekshirishlari yoki Samsung Food yordami bilan moslashtirilgan retsept tavsiyalarini olishlari mumkin.

 

▲ 3D Map View yordamida SmartThings’ga ulangan maishiy texnika joylashuvi va holatini tekshirish imkoniyati mavjud.

 

▲ Tadbir mehmonlari Bespoke AI Combo™ (kir yuvish va quritish mashinasi) namoyishi bilan tanishishmoqda.

 

Bespoke AI Laundry Combo™ kir yuvish va quritish mashinasi yagona, hammasi birda omili asosida ishlaydigan va SI texnologiyasi yordamida foydalanuvchi ehtiyojlarini inobatga olgan holda optimal kir yuvish dasturlarini o’zida mujassamlashtirgan qurilma hisoblanadi. 7 dyuymli LCD ekran va SI bilan jihozlangan Bixby ovozni aniqlash yordamchisi foydalanuvchining qulaylik tajribasini yanada takomillashtiradi.

 

▲ The Bespoke Jet Bot Combo™ robotlashtirilgan vakuum chang yutkichi sterilizatsiya xususiyatiga ham ega.

 

Bespoke Jet Bot Combo™ xonani changdan tozalaydi va tozalash sirtini bug’ bilan sterilizatsiya qiladi. To’siqlarni aniqsh va ularni aylanib o’tish, chang yutkich tozalash qoniqarli yoki qoniqarsiz bo’lgani haqida hisobot beradi.

 

▲ SI Energiyani tejash zonasi va SI Texnologiya zonasi SI Tejash rejimi va Samsung mukofotlarini taqdim etadi.

 

Tashrif buyurganlar SI Energiyani tejash zonasida va SI Texnologiya zonasida SI yordamida energiyani qanday tejashini o’rgandilar. SI Energy Mode atrof-muhitni muhofaza qilish va energiyani tejash imkoniyatlari bilan alohida e’tiborga molikdir.

 

Joriy yilning birinchi yarmiga rejalashtirilgan Samsung Rewards dasturi iste’molchilarni kundalik hayotlarida energiyani faol tejashga undaydi.

 

▲ Barqaror texnologiyalar Barqaror kelajak uchun zonasida tasvirlangan.

 

Barqaror kelajak zonasida energiya tejamkorligiga innovatsion yondashuvlar, jumladan, energiya tejamkor SI inverter kompressori, Pasaytirilgan Yong’in Xavfi sertifikati va mikroplastmassani kamaytiradigan filtrlar ko’rsatib o’tildi. Bespoke SI Hybrid muzlatkichi gibrid sovutish texnologiyasini SI invertorli kompressor bilan termoelektrik elementlar bilan birlashtirib, energiyani maksimal darajada tejash imkonini beradi.

 

“BESPOKE AI davriga xush kelibsiz” tadbirida Samsung maishiy texnika kelajagi haqida o‘z qarashlarini ma’lum qildi. Kundalik hayotda qo‘llaniladigan oddiy vositalardan ko‘ra Samsung maishiy texnikasi samaradorlik, ulanish va shaxsiylashtirish sohasidagi innovatsiyalar orqali foydalanuvchilarning hayotini o‘zgartirishga va’da beradi. Samsung tez orada 2024-yilgi Bespoke SI mahsulot qatorini AQSh va Fransiyadagi “BESPOKE AI davriga xush kelibsiz” tadbirlarida taqdim etadi.

 

 

Qurilmalar > Uy uchun

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga