Samsung bilan “Yashil energiya”: Kichik qadamlar – katta o‘zgarishlar

07/08/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

"Oldin 700 ming, hozir 540 ming" … – Olim aka elektr uchun xarajatini sezilarli qisqartirdi.

 

Harorat 40 darajadan oshgan, suv bosimi pasaygan, elektr toki esa har doim ham barqaror emas – bu o‘zbekistonlik oilalar uchun ayni paytda tanish manzara. Shunday sharoitda har bir kilovatt, har bir litr suv qadrli bo‘lib qoladi. Aynan shuning uchun bugun yashil texnologiyalarga e’tibor berish zaruratga aylanmoqda.

 

“Aqlli” texnika bilan aqlli tejamkorlik:

  • Samsung’ning Bespoke muzlatkichlari foydalanuvchining kundalik odatlariga moslashib, faqat kerak bo‘lgan paytda faollashadi. Uning “AI Energy Mode” funksiyasi orqali energiya sarfi real vaqtda kuzatilib, 15% gacha tejashga erishiladi.
  • Samsung kir yuvish mashinalaridagi EcoBubble texnologiyasi sovun va suvni oldindan ko‘pik holatida tayyorlab, kirni hatto past haroratda ham chuqur tozalash imkonini beradi. Bu esa elektr energiyasini kamroq ishlatadi va kiyim sifatini saqlaydi.
  • Oddiy konditsionerlar tez sovitadi, lekin ko‘p elektr talab qiladi. Samsung’ning WindFree texnologiyasi esa havo harakatini nozik teshiklar orqali tarqatib, yoqimli salqinlik yaratadi va elektr sarfini 77% gacha kamaytiradi.

 

 

 

Elektr energiyasini tejash bo‘yicha 5 maslahat:

  1. Eco rejimini faollashtiring – har bir Samsung texnikasida energiya tejash rejimi bor.
  2. SmartThings ilovasini yuklab oling – barcha texnikangizni bir joydan boshqaring.
  3. Kir yuvishni kechqurun rejalashtiring – kechki tarif ancha pastroq.
  4. Muzlatkichni devordan 5 sm uzoqroq qo‘ying – havo aylanishi yaxshilanib, energiya kamroq ketadi.
  5. Filtrlarni tez-tez tozalang – chang bosgan konditsioner yoki kir yuvish mashinasi 10-15% ko‘proq energiya sarflaydi.

 

 

 

Hayotiy misol: Tadbirkor oilaning tajribasi

Toshkentlik Olim aka va Farida opa uylaridagi eski texnikani yangilab, Samsung’ning Bespoke muzlatkichi va EcoBubble kir yuvish mashinasini sotib olishdi. Shuningdek, SmartThings ilovasidan foydalanishni boshlashdi.

 

“Avval elektr uchun 700 ming so‘mga yaqin to‘lov qilardik. Hozir esa 540–560 ming atrofida to‘layapmiz. Hisoblab ko‘rsam, har yil kamida 2 million so‘m tejab qolar ekanmiz.” – deydi Olim aka.

 

Bugun siz ham hayotingizga kichik o‘zgarish kiriting – ertaga o‘zingiz va butun tabiat uchun katta foyda qilgan bo‘lasiz.

Korporativ > Ijtimoiy masʼuliyat

Pressa uchun > Munozaralar va faktlar

Qurilmalar > Uy uchun

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga