Samsung brendga xos dizayn, takomillashgan ovoz va Galaxy AI integratsiyasiga ega Galaxy Buds3 FE’ni taqdim etadi

08/09/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Galaxy muxlislari uchun yaratilgan Buds3 FE muhim funksiyalarni ajoyib narxda taklif etadi; endi quloqchin yanada aqlliroq va zamonaviyroq.

 

Samsung Electronics Co., Ltd. kompaniyasi  Galaxy Buds qatoriga yangi qoʻshilgan Galaxy Buds3 FE’ning ishga tushirilishini eʼlon qildi. Samsung audio innovatsiyalarini yanada koʻproq odamlar uchun ochiq qilish vazifasining bir qismi sifatida Galaxy Buds3 FE premium funksiyalarni arzon narxlarda taqdim etishga moʻljallangan. Buds3 FE ajoyib Blade dizayni, takomillashgan audio sifati va Galaxy AI[1] imkoniyatlari bilan Galaxy ekotizimiga koʻplab foydalanuvchilarni chorlaydi.

 

Galaxy Buds3 FE takomillashgan audio imkoniyatlarini taqdim etish uchun moʻljallangan. Galaxy Buds qatoridagi sezilarli yaxshilanishlarga faol shovqinni bekor qilish (ANC), qoʻngʻiroq sifati, batareya davomiyligi, qulaylik va boshqalar kiradi. Bu foydalanuvchilarga istalgan joyda, istalgan vaqtda va istalgan tarzda musiqa eshitish erkinligini taʼminlaydi.

 

Samsung’ning ovoz foydalanuvchi uchun eng muhim elementdir degan tushunchasiga asoslangan holda Galaxy Buds3 FE gavjum poyezddagi sokin daqiqalar, shamolli koʻchada qoʻngʻiroq qilish va uyga sayr qilishda pleylist berish uchun yaratilgan. Kattaroq karnay[2] tufayli Buds3 FE chuqur bas va tiniq treblga ega boʻlib, u kuchli ovozni taqdim etadi.[3] Takomillashgan ANC[4] atrofdagi shovqinni pasaytiradi va yanada sokin tinglash muhitini yaratadi. Crystal Clear Call texnologiyasi ovozingizni izolyatsiya qilish uchun mashina oʻrganuvining ilgʻor modelidan foydalanadi va shovqinli muhitda ham suhbatlar aniq boʻlishini taʼminlaydi. Qoʻngʻiroqlar ham mikrofon pozitsiyasini sozlash orqali yaxshilangan: mikrofonlar foydalanuvchining ogʻziga qaratilgan holda ovozni qabul qilish optimallashtirilgan.

 

Foydalanish qulayligi Galaxy Buds3 FE dizaynida asosiy oʻrinni egallaydi, bu intuitiv boshqaruv bilan quloqchinni sozlash osonligini taʼminlaydi. Tasdiqlash uchun quloqchinga teging yoki ovoz balandligini boshqarish uchun barmoq bilan suring. Shuningdek, Galaxy qurilmalari oʻrtasida ulanish uchun quloqchin qutisidagi ulanish tugmasi orqali buni amalga oshirish osonroq.[5] Auto Switch bilan Galaxy Buds3 FE audio faolligini doimiy ravishda aniqlaydi va barcha Galaxy qurilmalaringizda ovozni uzluksiz uzatadi[6].

 

Bundan tashqari, AI funksiyalari va Buds3 FE dizayni keyingi pleylistni navbatga qoʻyish yoki suhbatni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish uchun birgina soʻz yoki uzoq bosib turishning oʻzi kifoya boʻlishini taʼminlaydi. “Ok Google” kabi jumlalar ishlatilganda Buds3 FE ekran yoki qoʻl bilan bosishni talab qilmasdan sizni tinglashi, tushunishi va javob berishi mumkin. Faqat foydalanuvchi ovozi kifoya[7]. Bu usul tez, tabiiy va suhbatga xos boʻlib, qurilmadan foydalanishga qaraganda koʻproq doʻstingiz bilan gaplashishga oʻxshaydi. Shuningdek, foydalanuvchilar telefonlarini choʻntagidan yoki sumkasidan olmasdan turib kun tartibi yoki elektron pochta xabarlarini tekshirishlari mumkin. Tarjimaga[8] kelsak, chet tilida maʼruza tinglash yoki boshqa tilda kimdir bilan suhbatlashish uchun foydalanuvchilar smartfonidagi Galaxy AI Interpreter[9] ilovasi bilan Buds3 FE’dan foydalanishlari mumkin.

 

Galaxy Buds3 FE Blade Design Galaxy qatorining oʻziga xos vizual shaxsini ifodalaydi. Quloqchin jilosiz ikki rangli va yarim shaffofli material bilan qurilgan boʻlib, u soddalik va ifodalarga boy tafsilotlar oʻrtasida muvozanatni aks ettirgan holda zamonaviy, biroq xushchaqchaq estetikani beradi.

 

Galaxy Buds3 FE Galaxy imkoniyatlarini kengaytirishda yangi bosqichni belgilaydi. Ishonchlilik, aqlli funksiyalar va ajoyib narxda zamonaviy dizaynni xohlaydigan foydalanuvchilar uchun moʻljallangan Galaxy Buds3 FE Galaxy ekotizimiga qoʻshilishni yanada osonlashtiradi. Quloqchinlar Galaxy qurilmalari bilan uzluksiz integratsiyani ham taklif etadi: tizim sozlamalari menyusidan ilovalarni tezda ishga tushirish va istalgan ekrandan ilovani ishga tushirmasdan boshqarish.[10]

 

Galaxy Buds3 FE 5-sentyabrdan boshlab sekinlik bilan sotuvga chiqariladi. Galaxy Buds3 FE haqida batafsil maʼlumot olish uchun Samsung.com havolasiga oʻting.

 

 

 

 

 

Texnik xususiyatlar jadvali

 

​Galaxy Buds3 FE
Ranglar Qora, kulrang
*Mavjud ranglar bozor, diler yoki chakana sotuvchiga qarab oʻzgarishi mumkin.
Oʻlchamlar Quloqchin: 18.0 (W) x 21.1(H) x 33.8 (D) mm (ambushyurasiz)

Quvvatlash qutisi: 58.9 (W) x 48.7 (H) x 24.4 (D) mm

Ogʻirligi Quloqchin: 5 g

Quvvatlash qutisi: 41.8 g

*M oʻlchamidagi ambushyura bilan
Karnay Bir yoʻlakli dinamik drayver
Mikrofon 3 ta mikrofon
ANC va tashqi muhit tovushi ANC

Tashqi muhit tovushi (Ambiend Sound)

Batareya sigʻimi Quloqchin: 53 mAh (typical)

Quvvatlash qutisi: 515 mAh (odatiy)

*Keltirilgan odatiy sigʻim uchinchi shaxs laboratoriyasi sharoitida sinovdan oʻtgan. Odatiy sigʻim IEC 61960-3 standarti asosida sinovdan oʻtgan batareya namunalari orasida batareya sigʻimidagi ogʻishlarni hisobga olgandagi odatiy oʻrtacha sigʻimdir. Baholangan sig‘im 50 mAh (quloqchin), 500 mAh (quvvatlash qutisi) ga teng. Real muhitda batareyaning asl ishlash muddati tarmoq turi, foydalanish usullari va boshqa omillarga qarab oʻzgarishi mumkin.
Musiqa ijro davomiyligi 6 soatgacha / Jami 24 soatgacha (ANC yoniq holda)

8.5 soatgacha / Jami 30 soatgacha (ANC oʻchiq holda)*

*Quloqchinlar ANC yoqilgan holda 6 soatgacha ijro davomiyligini taʼminlaydi (ANC oʻchirilgan holda 8.5 soatgacha), quvvatlash qutisi va quloqchinlar 100% quvvatlanganda birgalikda ANC yoqilgan holda 24 soatgacha ijro davomiyligini ta’minlaydi (ANC oʻchiq holda 30 soatgacha). Ichki sinovlar asosida. Audio ijrosi davomiyligi ommaviy ishlab chiqarishdan oldingi Galaxy Buds3 FE’ni yaqinda isteʼmolga chiqarilgan Galaxy smartfoniga standart sozlamalarda va ANC yoqilgan holda ulash orqali sinovdan o‘tkazildi. Real muhitda batareyaning ishlash muddati qoʻllash usullari, sozlamalar, quvvatlangan vaqtlar soni, Bluetooth signali kuchi va boshqa omillarga qarab oʻzgarishi mumkin. Standart sozlamalar deganda Galaxy Buds3 FE ilk bor ishga tushganda uning dastlabki sozlamalari nazarda tutilgan.
Qoʻngʻiroq davomiyligi 4 soatgacha / Jami 18 soatgacha (ANC yoniq holda)

4 soatgacha / Jami 18 soatgacha (ANC oʻchiq holda)*

*Quloqchinlar ANC yoniq holda 4 soatgacha qoʻngʻiroq davomiyligini taʼminlaydi (ANC oʻchiq holda 4 soatgacha), quvvatlash qutisi va quloqchinlar 100% quvvatlanganda birgalikda ANC yoniq holatda 18 soatgacha ijro davomiyligini taʼminlaydi (ANC oʻchiq holatda 18 soatgacha). Ichki sinovlar asosida. Qoʻngʻiroq davomiyligi ommaviy ishlab chiqarishdan oldingi Galaxy Buds3 FE’ni yaqinda isteʼmolga chiqarilgan Galaxy smartfoniga standart sozlamalarda va ANC yoniq holatda ulash orqali sinovdan oʻtkazildi. Real muhitda batareyaning ishlash muddati qoʻllash usullari, sozlamalar, quvvatlangan vaqtlar soni, Bluetooth signali kuchi va boshqa omillarga qarab oʻzgarishi mumkin.
Ulanuvchanlik Bluetooth® 5.4, Auto Switch
Kodeklar: SSC (Samsung Seamless Codec), AAC, SBC
Sensorlar Yaqinlashuv datchigi, Hall sensori, tegish sensori, bosim sensori
Mos keladigan qurilmalar Android 11.0 yoki undan yuqorisi hamda 1.5 GB dan koʻp tezkor xotira
*Baʼzi funksiyalar Samsung boʻlmagan qurilmalarda mavjud boʻlmasligi mumkin. Bular bozor, diler va unga ulangan qurilmalarga qarab oʻzgaradi.
Suvga chidamlilik IP54*
*Faqat quloqchinlar.

 

 

* Texnik xususiyatlar bozorga qarab oʻzgarishi mumkin.

 

* Ushbu hujjatda keltirilgan barcha funksionallik, xususiyatlar, texnik xususiyatlar va mahsulotning boshqa maʼlumotlari, shu jumladan, mahsulotning afzalliklari, dizayni, narxi, komponentlari, tezkorligi, mavjudligi va imkoniyatlari og

 

[1] Mos Galaxy qurilmasi talab qilinadi. Samsung tomonidan Galaxy AI funksiyalari qoʻllab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida 2025-yil oxirigacha bepul taqdim etiladi.

[2] Oldingi Galaxy Buds FE bilan solishtirganda.

[3] Mos smartfon kerak.

[4] Faol shovqinni bekor qilish (ANC) boshidan yoqilgan. ANC’ni yoqish/oʻchirish uchun tegish va ushlab turish barmoq harakatlari One UI 8.0 va undan keyingi versiyalar bilan ishlaydigan qurilmalar uchun bevosita telefondan sozlash mumkin. One UI’ning oldingi versiyalarida ishlaydigan qurilmalar uchun sozlamalarni Galaxy Wearable ilovasida topish mumkin.

[5] Samsung Galaxy Buds’ni Bluetooth Audio sifatida ulash OS turidan qatʼiy nazar mavjud. One UI 8.0 va undan keyingi versiyalarida ishlaydigan qurilmalarda sozlamalar bevosita telefonda sozlanishi mumkin. One UI’ning oldingi versiyalarida ishlaydigan qurilmalar uchun sozlamalarni Galaxy Wearable ilovasida topish mumkin. Bundan tashqari, Galaxy Wearable ilovasidan foydalanish uchun Samsung Galaxy Buds kamida 1.5 GB xotiraga ega Android 11.0 yoki undan yuqori versiyadagi smartfon bilan ulangan boʻlishi kerak. *Galaxy Wearable ilovasida Galaxy Buds3 FE sozlamalarini faollashtirish va oʻzgartirish uchun Samsung akkauntiga kirish talab qilinadi.

[6] Auto Switch funksiyasi faqat One UI 3.1 yoki undan keyingi versiyaga ega Samsung Galaxy smartfonlari va Galaxy Tab qurilmalarida hamda Galaxy Watch4 yoki undan keyingi versiyalarida mavjud. Auto Switch’ni yoqish uchun qurilmalar Samsung akkauntiga kirishlari kerak. Auto Switch’ning baʼzi funksiyalari mavjudligi farq qilishi mumkin.

[7] Ovoz bilan uygʻotish boshidan oʻchirilgan. Uni One UI 8.0 va undan keyingi versiyalarida ishlaydigan qurilmalarda bevosita telefonda sozlash mumkin. Funksiya telefonning birlamchi Digital Assistant sozlamasidan foydalanadi. **Gemini Google LLC kompaniyasining savdo belgisidir. Natijalar namoyish maqsadlari uchun. Gemini Live funksiyasi internet tarmogʻi va Google akkauntiga kirishni talab qiladi. Xizmat mavjudligi mamlakat, til yoki qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Funksiyalar va natijalar obunaga qarab farq qilishi mumkin. Baʼzi funksiyalar muayyan akkauntlar bilan mos keladi. ***Gemini’ning ovoz bilan uygʻotish funksiyasi One UI 8.0 va undan keyingi versiyalardagi Galaxy Buds3 Pro, Galaxy Buds3 va Galaxy Buds3 FE’da mavjud.

[8] Galaxy Buds3 FE mos keluvchi Samsung Galaxy qurilmalari bilan ulanganda Interpreter va Live Translate kabi Galaxy AI funksiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Galaxy AI funksiyalarining mavjudligi qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin.

[9] Galaxy Buds3 FE mos keluvchi Samsung Galaxy qurilmalari bilan ulanganda Interpreter va Live Translate kabi Galaxy AI funksiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Galaxy AI funksiyalarining mavjudligi qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. **Interpreter Samsung akkauntiga kirishni talab qiladi. Ayrim tillar til paketini yuklab olishni talab qilishi mumkin. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalar aniqligi kafolatlanmaydi. Mavjudligi va qoʻllab-quvvatlanadigan funksiyalar mamlakat, mintaqa yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin. Qoʻllab-quvvatlanadigan tillarning mavjudligi farq qilishi mumkin. batafsil maʼlumot uchun samsung.com saytidagi Galaxy AI sahifasiga tashrif buyuring. ***Audio tarjima faqat Samsung Galaxy Buds taqilganda va Samsung Galaxy smartfoniga ulanganda mavjud. Interpreter funksiyasi bevosita Samsung Galaxy Buds tomonidan taqdim etilmaydi. Agar Samsung Galaxy Buds mavjud boʻlmasa, tarjima qilingan kontent Samsung Galaxy smartfoni ekranida taqdim etiladi. ****Galaxy AI funksiyalari 2025-yil mart holatiga koʻra Galaxy S25 Series, Galaxy S24 Series, Galaxy S23 Series, Galaxy S23 FE, Galaxy Z Fold7, Galaxy Z Fold6, Galaxy Z Fold5, Galaxy Z Flip7, Galaxy Z Flip6, Galaxy Z Flip5, Galaxy Z Flip7 FE, Galaxy Tab S10 Series va Galaxy Tab S9 Series’larni qoʻllab-quvvatlaydi. Qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar roʻyxati yangilanishi va oʻzgarishi mumkin. Qoʻllab-quvvatlanadigan Galaxy AI funksiyalarining turlari qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. *****Samsung Galaxy qurilmalarida Galaxy AI funksiyalari toʻgʻri ishlashi uchun eng soʻnggi dasturiy taʼminot yangilanishini talab qilishi mumkin. ******Interpreter’ni tinglash rejimiga oʻzgartirish uchun sozlamalar Interpreter ilovasida sozlangan boʻlishi kerak.

[10] Funksiyalarning mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeli yoki ilovalarga qarab farq qilishi mumkin. Baʼzi funksional vidjetlar internet tarmogʻi va/yoki Samsung akkauntiga kirishni talab qilishi mumkin. One UI 8.0 yoki undan yuqori versiyaga ega Samsung Galaxy qurilmalarida mavjud. Kelasi qoʻshimcha qurilmalar qoʻllab-quvvatlanishi mumkin.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga