Samsung CES 2026 koʻrgazmasida ochiq ekotizimlar uydagi AI’ning haqiqiy imkoniyatlarini ochib berishini taʼkidladi
Samsung sanoatni qayta belgilab beruvchi muhokama uchun aqlli uylarning oʻzaro muvofiqligi boʻyicha sohadagi yetakchilarni toʻplab, CES 2026 doirasidagi texnologik forumlarni boshladi

Las Vegas shahridagi The Wynn mehmonxonasida boʻlib oʻtgan CES 2026 doirasidagi texnologik forum panellarining birinchisida aqlli uy larning oʻzaro muvofiqligi muhimligini muhokama qilish uchun turli sohalar yetakchilarini toʻpladi. “Hammasi oʻz oʻrniga tushganda: ochiq ekotizimlar qanday qilib samarali AI’ni taqdim etadi” deb nomlangan sessiyada ekspertlar tarmoqlararo hamkorlik oʻzaro ulangan uylarni uzluksiz, xavfsiz va odamlar hayotini chinakamiga qoʻllab-quvvatlaydigan intellektual muhitga qanday aylantirayotganini muhokama qildilar.
Ochiqlik — uydagi AI’ning poydevori
Panel ishtirokchilari uy intellektining keyingi davri yopiq ekotizimlar emas, balki ochiq hamkorlik asosida qurilishi kerakligiga kelishib oldilar. Uylar koʻplab brendlar va sohalarning qurilmalari hamda xizmatlariga tobora koʻproq tayanar ekan, ochiqlik AI tizimlariga real taʼsir koʻrsatadigan tarzda birgalikda ishlash imkonini beradi. Samsung ochiq ulanish maishiy texnika, energiya tizimlari, xavfsizlik xizmatlari va turli sohalardagi hamkorlarga yakkalanib qolgan muhitlarda imkonsiz boʻlgan imkoiyatlarni taqdim etish imkonini berishiga ishonishini bildirdi.
“Uy hayotimizdagi eng shaxsiy makondir, shuning uchun uydagi AI ishonchni qozonishi kerak. Jimgina, hurmat bilan va foydalanuvchilar qadrlaydigan qiymat bilan, — dedi Home Connectivity Alliance prezidenti va kengash raisi hamda Samsung Electronics’ning strategik alyanslar rahbari Yunxo Choy. — Bu brendlar oʻrtasida oʻzaro muvofiqlikni talab qiladi, shunda uy uzuk-yuluq funksiyalar emas, balki yagona tizim sifatida ishlaydi. HCA va turli sohalar bilan hamkorlik orqali biz ochiqlikni natijalarga aylantirmoqdamiz: rozilik va shaffoflikka asoslangan xavfsizroq uylar, soddaroq tartiblar va sezilarli tejamkorlik”.
Dunyodagi eng yirik oʻzaro ulangan uylar ekotizimini quvvatlash
Samsung 500 milliondan ortiq foydalanuvchi allaqachon SmartThings hamjamiyatining bir qismi ekanligini taʼkidlab, oʻzining oʻzaro ulangan ekotizimining koʻlami va chuqurligiga eʼtibor qaratdi. Oʻzaro ulangan hayot sohasidagi oʻn yillik yetakchilik tajribasi bilan Samsung uydagi AI hamrohligi bugungi aqlli qurilmalardan ertangi tizim miqyosidagi intellektgacha qanday rivojlanayotgani haqida chuqur insaytni taqdim etadi.
Ushbu poydevor Samsung’ga maishiy texnika va xizmatlarni oʻzaro muvofiqlashtiruvchi AI imkoniyatlarini loyihalash yoʻlini ochib beradi va texnik emas, balki tabiiy tuyuladigan qiymatni taqdim etadi.
“Odamlar hayotini yaxshilash uchun real foydalanuvchi imtiyozlarini taqdim etish juda muhim, — dedi The Spoon asoschisi va bosh muharriri Maykl Vulf. — Shu sababli suv va isitish tarmoqlariga ulanish, sovitkichda nima borligini tushunish va profilaktik choralar koʻrish uchun yanada yaxlit maʼlumotlarni taʼminlaydigan keng qamrovli oʻzaro ulangan oshxonadan-da koʻproq foyda keltiradigan soha yoʻq”.
Hamkorlikni oʻlchanadigan isteʼmolchi imtiyozlariga aylantirish
Shuningdek, panel ochiq ekotizimlar tarmoqlararo hamkorlik orqali isteʼmolchilar uchun qanday qilib oʻlchasa boʻladigan imtiyozlarni taqdim etishini koʻrib chiqdi. Samsung masʼuliyat bilan va shaffof ishlatiladigan aqlli uy maʼlumotlari qanday qilib mazmunli natijalarni berishi mumkinligiga oʻz turidagi birinchi misol sifatida Hartford Steam Boiler (HSB) bilan hamkorlikni taʼkidladi.
“Biz oʻzaro ulangan uy foydalanuvchi turmush tarziga uzluksiz integratsiyani olib kira oladigan nuqtadamiz, bu esa isteʼmolchilar uchun aqlli uy jihozlariga ishonchni rivojlantira boshlaydi, — dedi HSB’ning strategik oʻsish yechimlari boʻyicha katta prezident oʻrinbosari Jed Usich. — Samsung bilan hamkorligimiz orqali biz sugʻurta sanoatiga koʻprik yaratdik. U oddiy maʼlumotlarni olib, ularni isteʼmolchilar uchun tejamkorlikka aylantiradi”.
Bezovta qiluvchi emas, balki insoniy tuyuladigan AI’ni loyihalash
Muhokama davomida panel ishtirokchilari uydagi AI muvaffaqiyat qozonishi uchun u hissiy jihatdan aqlli boʻlishi va ovqat pishirish, dam olish, koʻngil ochish hamda oilaga gʻamxoʻrlik qilish kabi tartiblarga tabiiy ravishda moslashishi kerakligini taʼkidladilar. Dizayn, maʼlumot ulashish usuli va xulq-atvorni tushunish oʻzaro ulangan qurilmalarni ishonchli hamrohdek his qilishda muhim rol oʻynaydi.
Birgalikda panel ishtirokchilari uydagi AI’ning kelajagi oʻzaro muvofiqlik, maʼlumotlardan masʼuliyatli foydalanish va sohalar oʻrtasidagi hamkorlikka bogʻliqligiga, bu esa aqlli uylarning ishonchga putur yetkazmasdan haqiqiy qiymat berishini taʼminlashiga kelishib oldilar.
AI muhitni yanada yaxshiroq anglaydigan va tizim miqyosidagi funksiyalarga ega boʻlar ekan, Samsung oʻzaro ulangan hayotni soddaroq, xavfsizroq va mazmunliroq qiladigan ochiq ekotizimlarni qurishga eʼtibor qaratmoqda va, hammasi oʻz oʻrniga tushganda, uydagi AI kundalik hayotni haqiqatan ham yaxshilashi mumkinligini isbotlamoqda.
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com