Samsung dunyoda birinchi boʻlib 6K 3D va ultra yuqori aniqlikdagi displeylarni taqdim etuvchi yangi Odyssey oʻyin monitorlari qatorini eʼlon qildi
2026 Odyssey oʻyin monitorlari qatori raqobatbardosh oʻyinlar uchun rekord darajadagi yangilanish chastotasi va aniqlikni taqdim etadi. Xususan, ular dunyodagi birinchi koʻzoynaksiz 3D (6K oʻlchamdagi) displeylarga ega

Samsung Electronics Co., Ltd. oʻzining eng ilgʻor Odyssey oʻyin monitorlari qatorini eʼlon qildi. Qator aniqlik, yangilanish chastotasi va immersiv vizual imkoniyatlarini kengaytiradigan beshta yangi modelni taqdim etdi. Samsung’ning birinchi 6K 3D Odyssey G9 modeli bilan ishga tushgan holda 2026-yilgi qator oʻyinchilar va ijodkorlar uchun dunyodagi birinchi bu turdagi displey texnologiyalarini taqdim etadi. Keyingi avlod Odyssey G6 va uchta yangi Odyssey G8 modellarini shular jumlasidan.
“Bu yilgi Odyssey qatori bilan biz bir yilcha oldin imkonsiz boʻlgan yangicha displey imkoniyatlarini taqdim etmoqdamiz, — dedi Samsung Electronics kompaniyasining vizual displey (VD) biznesi boʻyicha ijrochi prezidenti oʻrinbosari Xun Li. — Sanoatning birinchi 6K oʻlchamdagi koʻzoynaksiz 3D monitori hamda 1040 Hz yangilanish chastotasi bilan biz ushbu monitorlarni bugungi oʻyinchilarning talablariga javob berish va kontentning ekranda qanday koʻrinishi va ishlashini tubdan oʻzgartiradigan sifat darajasini taʼminlash uchun yaratdik”.
Odyssey 3D: dunyodagi birinchi 6K oʻlchamli koʻzoynaksiz 3D oʻyin monitori

32 dyuymli Odyssey 3D (G90XH modeli) dunyodagi birinchi 6K displeyni koʻzoynaksiz 3D bilan taqdim etadi va monitorda oʻyinlar koʻrinishini tubdan oʻzgartiradi. Jonli ravishda koʻzni kuzatish orqali monitor tomoshabinning pozitsiyasiga javoban tasvir chuqurligi va perspektivani sozlaydi. Bular birorta qoʻshimcha taqiladigan qurilmalarsiz silliq va uzluksiz oʻyin hissini beradi. 6K piksellar soni, 165 Hz yangilanish chastotasi Dual Mode rejimi orqali 330 Hz gacha koʻtarilib, 1 ms GtG[1] javob vaqti bilan tezkor harakatlar aniq va ravonligini saqlab qoladi. Foydalanuvchilarimiz biz oʻyin studiyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqqan optimallashtirilgan 3D effektlar bilan qoʻllab-quvvatlanadigan oʻyinlarning yuqori sifatli kengaytirilgan qatoridan bahramand boʻlishadi. The First Berserker: Khazan, Lies of P: Overture va Stellar Blade kabi mashhur oʻyinlar standart 2D renderdan tashqari relyef, masofa va obyektlarni ajratishni yaxshilaydigan qoʻshimcha oʻlchamlarni taklif qiladi.
Odyssey G6: yuqori tezlikdagi oʻyinlar uchun dunyodagi birinchi 1040 Hz yangilanish chastotasiga ega monitor

27 dyuymli Odyssey G6 (G60H modeli) oʻyin monitori dunyodagi birinchi 1040 Hz oʻyin monitori[2] Dual Mode rejimi orqali raqobatbardosh oʻyinlarni yangi pogʻonaga olib chiqadi va 600 Hz gacha boʻlgan nativ QHD bilan ushbu monitor oʻyinchilarga nishonlarni aniqlik bilan kuzatish va yuqori tezlikdagi harakat paytida nozik tafsilotlarni payqashga yordam berish uchun kibersport darajasidagi harakat aniqligini taʼminlaydi. Zarur boʻlganda, Odyssey G6 bir zumda tezlikni oshirib, tomoshabinlarga hayratlanarli tasvirlar va raqobatbardosh adrenalinni kuchaytiradigan ultra yuqori tezlikni his qilishlari uchun ultra aniq piksellar sonini taqdim etadi. AMD FreeSync Premium va NVIDIA G-Sync Compatible bilan tasdiqlangan[3] Odyssey G6 har bir kadrning silliq, har bir rangning yorqin va har bir lahzaning sezgir boʻlishini taʼminlaydi.
Odyssey G8: 6K, 5K va OLED boʻylab yuqori piksellar soni

Odyssey G8 modellari 2026-yilda uchta alohida model bilan kengayadi. Ularning har biri turlicha piksellar soni va yangilanish chastotasini taklif qiladi. Bu qatorda yetakchi boʻlgan 32 dyuymli Odyssey G8 (G80HS modeli), sanoatning birinchi 165 Hz 6K oʻyin monitori 3K rejimida Dual Mode bilan 330 Hz gacha koʻtarilishini taʼminlaydi. 27 dyuymli Odyssey G8 (G80HF modeli) nativ 5K oʻlchamda 180 Hz gacha tezlik hamda silliq harakat uchun Dual Mode bilan QHD oʻlchamda 360 Hz gacha yangilanish chastotasini taqdim etadi.

Chuqurroq kontrastni istagan foydalanuvchilar uchun 32 dyuymli Odyssey OLED G8 (G80SH modeli) 4K QD-OLED panelini 240 Hz yangilanish chastotasi, shuʼlalarsiz, 300 nit yorqinlik va VESA DisplayHDR™ True Black 500 sertifikati bilan birlashtiradi. Uning DisplayPort 2.1 (UHBR20) uzluksiz HDR va VRR uchun 80 Gbit/s gacha uzatish tezligini qoʻllab-quvvatlaydi.

Barqaror va uzilishlarsiz tasvir uchun uchala modelda ham AMD FreeSync Premium Pro va NVIDIA G-Sync Compatible[4] sertifikati mavjud. Har bir G8 modeli oʻyinchilar va ijodkorlarga turli imkoniyatlarni beradi: ijod uchun katta displey, immersiv tasvir uchun aniqroq tafsilotlar, kinematik vizuallar uchun chuqur kontrastlar.

IDC maʼlumotlariga koʻra,[5] Samsung 144 Hz dan yuqori yangilanish chastotasiga ega displeylar boʻyicha global oʻyin monitorlari bozorida yetakchilik qilmoqda va daromadning 18.8% ulushiga ega. Yangi Odyssey qatorining taqdim etilishi bilan kompaniya ketma-ket yetti yil davomida 1-oʻrinni saqlab qolish yoʻlida.
Odyssey 2026 ning toʻliq qatori 6-9-yanvar kunlari Las Vegasda boʻlib oʻtadigan CES 2026 koʻrgazmasida namoyish etiladi. Unda ishtirokchilar yangi displeylarni bevosita sinab koʻrishlari mumkin boʻladi.
|
Qator |
Kattaligi (dyuym) | Oʻlchami | Panel | Yangilanish chastotasi | Dual Mode | Portlar | Qoʻshimcha funksiyalar |
| Odyssey 3D
(Model name : G90XH) |
32” | 6K
(6,144 x 3,456) |
IPS | 165 Hz | 330 Hz
(Dual Mode 3K) |
HDMI2.1.
DP2.1 |
Glasses-Free 3D, Eye Tracking, 2D→3D conversion |
| Odyssey G6
(Model name : G60H) |
27” | QHD
(2,560 x 1,440) |
IPS | 600 Hz | 1,040 Hz
(Dual Mode HD) |
HDMI2.1.
DP 2.1 |
FreeSync Premium Pro,
G-Sync Compatible, HDR10+ Gaming
|
| Odyssey G8
(Model name : G80HS) |
32” | 6K
(6,144 x 3,456) |
IPS | 165 Hz | 330 Hz
(Dual Mode 3K) |
HDMI2.1.
DP2.1 |
|
| Odyssey G8
(Model name : G80HF) |
27” | 5K
(5,120 x 2,880) |
IPS | 180 Hz | 360 Hz
(Dual Mode QHD) |
HDMI2.1.
DP2.1 |
|
| Odyssey OLED G8
(Model name : G80SH) |
32” | 4K
(3,840 x 2,160) |
QD-OLED | 240 Hz | 240 Hz | HDMI2.1.
DP2.1 (UHBR20), USB-C (98 W) |
Glare Free, VESA DisplayHDR TrueBlack 500, HDR10+ Gaming |
[1] Gray-to-gray response time. Piksellar bir kulrangdan boshqa kulrangga oʻtish tezligi.
[2] 1040 Hz yangilanish tezligi faqat HD piksellar sonida yoqiladi. Nativ QHD esa 600 Hz gacha qoʻllab-quvvatlanadi.
[3] NVIDIA G-Sync Compatible sertifikati mahsulot chiqarilganda beriladi.
[4] NVIDIA G-Sync Compatible sertifikati mahsulot chiqarilganda beriladi.
[5] IDC Worldwide Quarterly Gaming Tracker, 2025-yil 3-choragi. Bozor ulushi 144 Hz dan yuqori yangilanish chastotasiga ega oʻyin monitorlarining global savdo daromadiga asoslangan.
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com