Samsung Electronics 2023-yilning birinchi choragi natijalarini e’lon qildi
Choraklik daromad 63,75 trillion von, operatsion foyda 0,64 trillion vonni tashkil etdi.
Prognozlarga ko‘ra, jahon talabi ham tiklanadi, negaki bozor sharoitlari ikkinchi yarimyillikda tiklanishi kutilmoqda.
Kompaniyaning jamlangan daromadi 63,75 trillion vonni tashkil etdi, bu o‘tgan chorakka nisbatan 10 foizga kamroq, chunki noaniq global makroiqtisodiy vaziyat fonida umumiy iste’mol xarajatlari pasaydi. Operatsion daromad 0,64 trillion Janubiy Koreya vonini tashkil etdi, chunki DS (Device Solutions) boʻlinmasi talab pasaygani muammosiga yoʻliqdi, DX (Device eXperience) boʻlinmasi foydasi esa oshdi.
Xotira bo‘linmasidagi zaif talab, Quyish bo‘linmasida foydalanish ko‘rsatkichlarining pasayishi va mijozlar tomonidan davom etayotgan talabning kamligi va ombordagi zaxiralar tuzatilishi tufayli DS’ning daromadlari o‘tgan chorakka nisbatan pasaydi.
Samsung Display Corporation (SDC)ning mobil panellar segmentidagi daromadlari bozorning qisqarishi tufayli o‘tgan chorakka nisbatan kamaydi, bir vaqtning o‘zida yirik panellar segmentidagi yo‘qotishlar esa biroz qisqardi.
Galaxy S23 premium seriyasining kuchli sotuvi, shuningdek, premium toifasidagi televizorlarga e’tibor qaratish orqali sotuvlar tuzilmasining kengayishi natijasida DX natijalari yaxshilandi.
Koreya vonining AQSH dollari, yevro va koʻplab rivojlanayotgan valyutalarga nisbatan mustahkamlanishi kompaniyaning operatsion foydasiga, asosan komponentlar segmentida taxminan 0,7 trillion vonga salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Ikkinchi chorakda ayni damdagi bozor muhiti saqlanib qolishi kutilayotgan bo‘lishiga qaramay, DS texnologik raqobatbardoshlikni oshirishga, jumladan Gate-all-round (GAA) texnologiyasiga asoslangan 2 nanometrli (nm) texprotsessorga hamda DDR5, LPDDR5x va boshqa yuqori toifadagi mahsulotlar talabini qondirishga e’tiborini qaratadi.
SDC Mobil panellar bo‘linmasi yilning ikkinchi yarmida prognozlashtirilayotgan talabni qondirishga diqqatini qaratadi, katta panellar segmenti esa chorak sotuvlar hajmini oshirishi kutilmoqda.
DX bo‘linmasi Galaxy A seriyali smartfonlar va yangi televizor modellari savdosini ko‘tarish, shuningdek, iqtisodiy samaradorlikni oshirish orqali barqaror rentabellikni saqlashga intiladi.
Yilning ikkinchi yarmida bozorning bosqichma-bosqich tiklanishi va global talabning qaytishi haqidagi taxminlarga asoslanib, DS yuqori quvvatli server va mobil mahsulotlarga e’tibor qaratadi. DS bo‘linmasi GAA jarayoniga asoslangan ilg‘or mahsulotlar uchun mijozlar bazasini kengaytirish orqali texnologik yetakchilikni mustahkamlashda davom etadi.
SDC mobil panellar bo‘linmasi yuqori darajadagi bozorni boshqarishda davom etishi kutilmoqda, yirik panellar bo‘linmasi esa premium toifadagi bozorda kengayadi va rentabellikni oshiradi.
DX bo‘linmasi premium segmentda, jumladan, buklanuvchi smartfonlar va Neo QLED ekranlari bo‘yicha yetakchilikni mustahkamlashni rejalashtirmoqda. DX bo‘linmasi, shuningdek, sheriklar bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali bozor ulushini oshirishga va operatsion samaradorlikni yanada oshirish orqali rentabellikni ko‘tarishga intiladi.
Kompaniyaning birinchi chorakdagi jami kapital xarajatlari 10,7 trillion vonni, jumladan, yarimo‘tkazgichlar uchun 9,8 trillion von va displeylar uchun 0,3 trillion vonni tashkil etdi. Xotira mahsulotlari uchun xarajatlar o‘rta muddatli va uzoq muddatli yetkazib berishga tayyorgarlik doirasida P3 va P4 infratuzilmasini yakunlashga qaratildi. Quymachilik bo‘linmasi investitsiyalari ilg‘or tugunlarga bo‘lgan talabni qondirish uchun Teylor, Texas va Koreyaning Pyongtek shahridagi zavodlarga yo‘naltirilgan, displey sohasiga investitsiyalar esa infratuzilmani yaxshilash va modullar ishlab chiqarishga qaratilgan.
Yarimo‘tkazgichlarga bo‘lgan talab 2-yarimyillikda asta-sekin tiklanishi kutilmoqda
DS bo‘linmasi birinchi chorakda konsolidatsiyalangan daromadda 13,73 trillion Janubiy Koreya voni va operatsion yo‘qotishlarda 4,58 trillion Janubiy Koreya vonini qayd etdi.
Xotira bo‘linmasining ishlashi o‘tgan chorakka nisbatan sezilarli darajada pasaydi, negaki ayni damdagi zaxiralar bo‘yicha tuzatishlar iqtisodiy inqiroz va va mijozlar xarajatlari kamayishi sharoitida umumiy talabni pasaytirdi.
Serverlar, asosan giperskeylerlar tomonidan ombor zaxiralari tuzatishlari, shuningdek, o‘rnatish va qurilish sohasida xaridlar kechikichi va qisqarishlari tufayli DRAM’ga bo‘lgan talab sust bo‘ldi. Shu bilan birga, mobil ilovalar va PC dasturlariga bo‘lgan iste’mol talabi hamon tiklanmadi. Yuqori zichlikdagi mobil mahsulotlar kabi yuqori ustamali mahsulotlarni sotishga va yangi protsessorlarning joriy etilishiga muvofiq, Xotira bo‘linmasi DDR5 server xotirasiga bo‘lgan talabni qondirishga e’tibor qaratdi. Garchi narxlar bozor qilgan prognozga qaraganda kamroq tushgan bo‘lsa-da, bit o‘sishi oldingi prognozga mos kelmadi.
NAND’ga kelsak, talabning zaifligiga qaramay, xotira bo‘linmasi hajmi 512 Gb (yirik mobil kliyentlar uchun esa undan katta) bo‘lgan eStorage hamda hajmi 1 Tb (PC OEM-ishlab chiqaruvchilari uchun undan katta) bo‘lgan kliyent qattiq jismli xotira saqlagichlari kabi ilovalarda yuqori zichlik tarafga yo‘nalgan tendensiyalarga faol reaksiya bildirib bordi. Natijada bizning bit o‘sishimiz avvalgi prognozdan oshib ketdi.
Ikkinchi chorak oldidan yirik giperskeylerlar serverlarga konservativ usulda sarmoya kiritishi, mijozlar esa o‘z zaxiralarini tuzatishda davom etishlari bois talabning cheklangan tiklanishi kutilmoqda.
DRAM’ga kelsak, xotira bo‘linmasi yangi server protsessorlarining chiqarilishi va sun’iy intellektga bo‘lgan talabning ortishi bilan bog‘liq bo‘lgan DDR5 va yuqori zichlikdagi modullarga o‘sib borayotgan talabga javob beradi hamda yangi shakl faktori smartfonlari kabi yuqori unumdor mobil mahsulotlari uchun LPDDR5x talabini faol qondirib boradi.
Narxlar raqobatbardoshligi asosida NAND uchun xotira bo‘limi barcha ilovalarda yuqori zichlikdagi mahsulotlarga bo‘lgan talabni faol qondirishni rejalashtirmoqda, shu bilan birga, mobil to‘rt darajali katak (QLC) bozorlarini yaratish va mahsulot portfellarini diversifikatsiya qilish orqali mijozlarning yuqori zichlikdagi saqlagichlarga bo‘lgan ehtiyojlariga javob beradi.
Ikkinchi yarimyillikda talabning asta-sekin tiklanishi kutilmoqda, chunki o‘tgan yilning ikkinchi yarmidan boshlab mahsulot zaxiralaridagi tuzatishlar tufayli mijozlarda mahsulot zaxiralari darajasi pasayadi. Yangi smartfonlar sotuvi boshlanishi va shaxsiy kompyuterlarni ilgarilatish bilan o‘rnatish va qurilish sohasida talab yaxshilanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, serverlar uchun DDR5 xotirasining ulushi yangi protsessorlarning ko‘payishi hisobiga ortishi kutilmoqda va yuqori yadroli markaziy protsessorlarga o‘tish tezlashishi bilan birlik maydoniga to‘g‘ri keladigan kontent miqdori o‘sishda davom etadi.
DRAM haqida gap ketsa, xotira bo‘linmasi DDR5 va LPDDR5x uchun ilg‘or tugunlarni qayta o‘zgartirishni tezlashtirishni va HBM3 8H va 12H uchun kuchli bozor talabiga faol javob berishni rejalashtirmoqda.
NAND’ga kelsak, xotira bo‘linmasi mobil QLC bozorini yaratish hamda V7 va V8 kabi ilg‘or tugunlarni yetkazib berishni kengaytirish orqali mijozlar xohlagan mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha operatsiyalarni kuchaytiradi.
Birinchi chorakda SOC, datchiklar va DDI kabi asosiy mahsulotlarga talabning pasayishi tufayli System LSI bo‘linmasi foydasi keskin kamaydi. Shunga qaramay, System LSI mobil SOC sotuvida o‘sishga erishdi va qisqa masofali ultra keng polosali simsiz yarimo‘tkazgichni ishlab chiqardi.
Ikkinchi chorakda System LSI bo‘linmasi umumiy talabning bir tekis bo‘lishini kutmoqda, biroq datchiklar va DDI panellari kabi mahsulotlarning zaxirasi kamayishi kuzatilmoqda. Uchinchi chorakda eng yuqori mavsumiylikdan oldingi zaxira to‘plashga bo‘lgan talab daromadning biroz tiklanishiga yordam berishi kerak.
Ikkinchi yarimyillikda System LSI bo‘linmasi integral sxema komponentlari zaxiralari normallashishini kutmoqda va mobil qurilmalarga umumiy talab, Xitoy bozoridagi tiklanishdan boshlab tiklanishi mumkin. System LSI bo‘linmasi mobil SoC biznesining raqobatbardoshligini oshirish uchun flagman segmentiga qayta kirishga urinib ko‘radi, shuningdek, mijoz xavfsizlikni yanada kuchaytirilgan barmoq izi autentifikatsiyasiga asoslangan kredit kartalarini tijoratlashtirishni rejalashtirayotganligi sababli biznes yoʻnalishlarini kengaytirishga intiladi.
Quymachilik bo‘linmasida birinchi chorakda talab kamaydi. Bu inventarizatsiyaning yuqori darajalariga va keyinchalik buyurtmalarning pasayishiga olib keldi, natijada foyda sezilarli darajada pasaydi.
Quymachilik bo‘linmasi GAA texnologiyasidan foydalangan holda 1-avlod 3 nm li texprotsessorni ommaviy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda, shunga qaramay, butun chorak davomida samaradorlik barqaror holatda qoldi. Kompaniya, shuningdek, ikkinchi avlod protsessorini ishlab chiqmoqda va 2024-yilda ommaviy ishlab chiqarishni maqsad qilgan holda mobil va HPC ilovalarida yuqori unumdorlik, kam quvvat sarflash xususiyatlarni talab qiladigan asosiy mijozlardan yangi buyurtmalar olishni maqsad qilgan.
Ikkinchi chorakda Quymachilik bo‘linmasi talabning tiklanishi tufayli daromadning o‘tgan chorakka nisbatan biroz yaxshilanishini kutmoqda. Bundan tashqari, 2 nm li konstruksiyalarning bazaviy infratuzilmasi yaqinda kremniy sohasida sezilarli natijalarni ko‘rsatdi va ishlab chiqish jarayoni rejaga muvofiq davom etmoqda. Quymachilik bo‘linmasi yuqori zichlikdagi xotira integratsiyasi texnologiyasini ishlab chiqishni yakunlab, kelajakdagi generativ AI (sun’iy intellekt) mahsulotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ham asos yaratdi.
Ikkinchi yarmyillikda yuqori samarali hisob-kitoblar/avtomobillar sohasi bozori qayta tiklanishi kutilmoqda va tegishlicha daromadning o‘sishi prognoz qilinmoqda. Ikkinchi avlod 3 nm li GAA’ning barqaror rivojlanishiga asoslanib, Quymachilik bo‘linmasi yangi mijozlar buyurtmalarini kengaytiradi va keyingi avlod 2 nm li texnologiyasini rivojlantirishni ravon rivojlantirib borgan holda o‘zining texnik yetakchiligini mustahkamlaydi.
2023-yil davomida premium bozor yetakchiligini mustahkamlash uchun displey
SDC birinchi chorakda 6,61 trillion vonni, operatsion daromad esa 0,78 trillion vonni tashkil etdi.
Mobil panellarga kelsak, bozor talabi pasayishda davom etayotgan bo‘lsa-da, buklanuvchi smartfon modellarining kengayishi, flagman mahsulotlarning kuchli sotilishi va premium segmentdagi ustunlik bilan SDC bozordagi yetakchiligini mustahkamladi.
Keng ko‘lamli panel ishlab chiqarish yo‘nalishiga kelsak, SDC o‘zining asosiy mijozi tomonidan yangi QD-OLED mahsulotlarini to‘liq miqyosda ishga tushirish, shuningdek, mahsulot o‘lchamlari va boshqa xususiyatlarni diversifikatsiya qilish orqali premium bozordagi o‘z o‘rnini mustahkamladi.
Ikkinchi chorakda SDC global iqtisodiy o‘sish sur’atining sekinlashishi, mavsumiy ta’sirlarni kuchaytirganligi sababli natijalar yil sayin pasayishini kutmoqda.
SDC ikkinchi yarimyillikda yuqori darajadagi bozorda o‘zining ustun mavqeyini saqlab qolishni hamda asosiy mijozlari bo‘ylab OLED panellarini joriy qilish va yangi mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali sotuvlarni maksimal darajada oshirishni rejalashtirmoqda. Katta panellar uchun talab zaif bo‘lib qolishi mumkin bo‘lsa-da, 2023-yilga mo‘ljallangan yangi mahsulotlar bozorga jiddiy kirishi sababli sotuvlar ko‘tarilishi kerak.
Ikkinchi yarimyillikda bozordagi mavhumlik va iqtisodiy pasayish bilan bog‘liq xavotirlar saqlanib qolishiga qaramay, Xitoyda bozor sharoitlarining yaxshilanishi tufayli talabning potentsial tiklanishiga umid bor.
SDC o‘zining differensiatsiyalangan texnologiyalarini yangi takliflarga qo‘llash va buklanuvchi mahsulotlarning unumdorligini oshirish hisobiga sotishni kengaytirish orqali yuqori darajadagi smartfonlar bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolishni maqsad qilgan. Iqtisodiy mavhumlik davom etayotganligi sababli katta panellarga bo‘lgan talab sust bo‘lishi kutilmoqda. Shunga qaramay, SDC ko‘proq mamlakatlarga kengroq o‘lchamlardagi mahsulotlar taklif qilish va mijozlar bazasini diversifikatsiya qilish orqali premium bozorda o‘z ishtirokini kuchaytirishga e’tibor qaratadi.
Bozor sharoitlariga qaramay, SDC 8,6 avlod OLED sanoat liniyasiga sarmoya kiritishga qaror qildi. Joriy yildan boshlab SDC OLED panellar bozorini kengaytirish va OLED panellarini noutbuk, planshet va avtomobil bozoriga tarqatishga harakat qiladi.
Galaxy S23’ning muvaffaqiyatli ishga tushirilishi tufayli mobil qurilmalar katta daromad haqida xabar bermoqda
MX va Networks bo‘linmalari birinchi chorakda jamlangan daromadda 31,82 trillion von va operatsion daromadda 3,94 trillion von ko‘rsatkichini qayd etdi.
Smartfon bozordan bir vaqtda premium bozor o‘tgan yilga nisbatan hajmda ham, qiymatda ham o‘sdi. MX bo‘linmasi o‘tgan chorakka nisbatan yuqori sotuvlarni qayd etdi, rentabellik esa ikki xonali raqamga ko‘tarildi. Birinchi chorakdagi ijobiy natijalarga yaqinda sotuvga chiqarilgan Galaxy S23 seriyasining, ayniqsa uning eng premium modeli Galaxy S23 Ultra’ning kuchli sotuvi sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, butun biznes bo‘ylab faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar operatsion foydaning sezilarli darajada oshishiga yordam berdi. Tarmoq bo‘linmasi Shimoliy Amerika va Janubi-G‘arbiy Osiyo kabi xorij bozorlaridagi zaiflik tufayli kam daromad keltirganini xabar qildi.
Ikkinchi chorakda past va o‘rta segmentda bozor talabi tiklanishi kutilmoqda, bu esa bozor hajmining har chorakda biroz oshishiga va narxning pasayishiga olib keladi.
MX bo‘linmasi asosiy e’tiborini Galaxy S23 seriyasining barqaror sotuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratadi, shu bilan birga, o‘zining buklanuvchi telefonlar toifasi uchun marketing ishlarini kuchaytiradi. Bu mavjud modellar sotuvini oshiradi va yilning ikkinchi yarmida yangi modellar chiqarilishi haqida xabardorlikni oshiradi. MX bo‘linmasi mahsulotning asosiy yangilanishlari va yangi dizayni hisobiga premium toifasidagi yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi yangi Galaxy A54 va Galaxy A34 seriyalari yordamida ommaviy bozorda talabni tiklashga ham e’tibor qaratadi.
Tarmoq bo‘linmasi Koreya va Shimoliy Amerika bozorlariga diqqat qaratishda davom etib, yangi biznes imkoniyatlarini izlaydi.
Jahon iqtisodiyotidagi tiklanish belgilari fonida yilning ikkinchi yarmida smartfonlar bozori ham hajm, ham qiymat jihatidan o‘sishi kutilmoqda. Natijada MX bo‘linmasi premium segmentida ancha yuqori talab bo‘lishini kutmoqda.
MX bo‘linmasi o‘zining takomillashtirilgan foydalanuvchi interfeysiga ega yangi buklanuvchi telefonlarini taqdim etadi va bu Samsung kompaniyasining ushbu kategoriyadagi yetakchiligini yanada mustahkamlaydi. Galaxy S23 va Galaxy A seriyalari uchun MX bo‘linmasi sheriklar bilan yaqindan hamkorlik qiladi va mintaqaga asoslangan mijozlar uchun savdo dasturlarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, MX bo‘linmasi o‘zining planshetlari va taqiladigan qurilmalarining raqobatbardoshligini oshiradi hamda pandemiya davrida kuchli o‘sishdan keyin kutilayotgan sust bozor sharoitida yuqori darajadagi ekotizim tajribasiga e’tiborni jalb qiladi.
Tarmoq bo‘linmasi yangi buyurtmalar va xorij bozorlarida kengayish orqali daromadni oshirishga, shuningdek, 5G bazaviy chiplar va virtualizatsiyalangan radio tarmoqlarida yetakchilikni mustahkamlashga intiladi.
Vizual displey va Raqamli texnika bo‘linmalari premium toifadagi va turmush tarzi mahsulotlariga e’tibor qaratishda davom etadi.
Vizual displey va raqamli texnika bo‘linmalari birinchi chorakda konsolidatsiyalangan daromadda 14,08 trillion von va operatsion daromadda 0,19 trillion vonni qayd etdi.
Davom etayotgan global iqtisodiy inqiroz ta’siri tufayli televizorlarga bo‘lgan talab pasaygan bir vaqtda Vizual displeylar bo‘linmasi yuqori ustamali mahsulotlarga e’tibor qaratish va umumiy xarajatlarni kamaytirish orqali ham chorak, ham yillik hisobotda yuqori natijalarni ko‘rsatdi.
Raqamli texnika bo‘linmasi talabning pasayishi va davom etayotgan og‘ir xarajatlar tufayli oldingi chorak singari ko‘rsatkichli foyda haqida xabar berdi.
Raqamli texnika bo‘linmasi Bespoke lineykasini global miqyosda kengaytirish va iqtisodiy samadorlikni oshirish hisobiga rentabellikni ta’minlashga e’tiborini qaratadi.
Raqamli texnika bo‘linmasi SmartThings hisobiga va premium toifasidagi mahsulotlar sotuvini ko‘tarish orqali raqobatbardoshlikni oshirishni rejalashtirmoqda.
Korporativ > Boshqa
Pressa uchun > Press-relizlar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.