Samsung Electronics 2025-yilda Samsung Vision AI va yangi innovatsiyalarni hamda kundalik hayotni boyitish uchun shaxsiylashtirilgan, AI’ga asoslangan ekranlarni taqdim etdi
Kompaniya Samsung Vision AI'ni oʻzining eng keng mahsulotlar kategoriyasiga, jumladan, Neo QLED, OLED, QLED va The Frame'ga olib kiradi. Bu anʼanaviy televizorlarni aqlli va moslashuvchan ekranlarga aylantiradi.
Samsung Art Store va The Frame'ning kengaytirilgan qatori, jumladan, yangi The Frame Pro, Neo QLED va QLED yanada koʻp xonadonlarga yuqori darajadagi sanʼat hissini olib kiradi
![]()
LAS VEGAS, Nevadada 2025-yilning boshida Samsung Electronics Co., Ltd. CES 2025 First Look tadbirida kundalik hayotimizni boyitish uchun AI asosida ishlaydigan shaxsiy ekranlar — Samsung Vision AI taqdimotini o‘tkazdi. Shuningdek, Samsung eng yangi Neo QLED 8K QN990F flagmanini hamda oʻzining Lifestyle televizorlari va kelajakdagi displey texnologiyalari uchun qiziqarli yangilanishlarni taqdim etdi. Bu Samsung’ning kundalik hayotni soddalashtirish va boyitish uchun ekranlarni moslashuvchan va aqlli hamrohlarga aylantirish haqidagi qarashlarini aks ettiradi.
“Samsung televizorlarni passiv isteʼmol uchun bir maqsadli qurilmalar sifatida emas, balki ehtiyojlaringizga moslashadigan interaktiv va aqlli hamrohlar sifatida koʻradi, — dedi Samsung Electronics kompaniyasining Visual Display Business prezidenti va rahbari SW Yong. — Samsung Vision AI yordamida biz oʻyin-kulgi, shaxsiylashtirish va turmush tarzi yechimlarini birlashtirgan holda hayotingizni osonlashtirish uchun ekranlar nimaga qodirligini qayta kashf etmoqchimiz”.

Samsung Vision AI[1]: qulay hayot tarzi uchun aqlliroq va moslashuvchan ekranlar
Samsung Vision AI bu Samsung’ning aqlli, intuitiv va uzluksiz ekran qulayliklarini taqdim etish safaridagi navbatdagi qadam demak. Samsung Vision AI Samsung televizoringizni atrof-muhitdan xabardor qilish, foydalanuvchi xohishlariga moslashish va intuitiv funksiyalarni avtonom taqdim etish qobiliyati bilan ekranlarni oʻyin-kulgi, sodda muloqotlar va oʻzaro bogʻlangan turmush tarziga muammosiz integratsiya qiluvchi aqlli hamrohlarga aylantiradi.
Samsung Vision AI’ning asosi shaxsiylashtirilgan funksiyalardan iborat boʻlib, u foydalanuvchilarning ekranlar bilan qanday munosabatda boʻlishini qayta belgilaydi.
- Izlash uchun bosing funksiyasi tomoshani buzmasdan ekrandagi narsa/kimsa haqida maʼlumot (aktyorni aniqlash yoki koʻrsatilgan kontentni oʻrganish va hokazo) olish imkonini beradi.
- Qurilma ichiga joylashgan AI tarjimon modeli bilan taʼminlangan Live Translate jonli ravishda subtitr bilan til toʻsiqlarini bartaraf qiladi va tomoshabinlarga global kontentlardan muammosiz bahramand boʻlish imkonini beradi.
- Generativ fon rasmi ekranlarni dinamik, moslashtirilgan badiiy planshetlarga aylantirib, foydalanuvchilarga oʻz didi yoki vaziyatiga toʻliq mos keladigan tasvirlarni yaratishga imkon beradi.
Shaxsiylashtirishdan tashqari, Samsung Vision AI ekranlarni SmartThings ekotizimiga integratsiyalash orqali aqlliroq hayot tarzi markazi sifatida xizmat qiladi:
- Uy insaytlari uyingizdagi muhit haqida jonli ravishda yangilanishlar, jumladan, xavfsizlik boʻyicha ogohlantirishlar va kundalik maʼlumotlarni taqdim etib, foydalanuvchilarga uyda yoki uydan uzoqda boʻlgan taqdirda ham xotirjamlikni taʼminlaydi.
- Uy hayvonlari va oila aʼzolariga gʻamxoʻrlik yaqinlaringizni kuzatib boradi va uy hayvonlari va oila aʼzolarining noodatiy xatti-harakatlarini aniqlaydi. U televizorlar orqali jonli ravishda yangilanishlar va yozib olingan voqealarni taqdim etish, shuningdek, bola uxlab qolganda chiroqlarni oʻchirish kabi xona holatini avtomatik sozlovchi funksiyalar bilan qulaylikni oshiradi.
Shu bilan birga, Samsung Vision AI tasvir va ovoz sifati boʻyicha ajoyib yutuqlarga erishgan. U ekrandagi har bir lahzani jozibali xotiraga aylantiradi. Qurilma ichidagi AI tasvir va ovoz texnologiyalari kontent va atrof-muhit omillarini jonli ravishda tahlil qiladi hamda tasvir va audioni dinamik ravishda sozlab, tomoshani optimallashtiradi.
Tarixi davomida innovatsiyalari uchun tan olingan Samsung oʻz merosiga asoslandi va oʻzining eng soʻnggi Vision AI funksiyalari, jumladan, Click to Search va Live Translate, shuningdek, AI hamroh boʻlgan Ballie va Copilot’ni oʻz ichiga olgan Smart Monitor M9 kabi ilgʻor mahsulotlari nufuzli 2025 CES Innovation Award mukofotiga sazovor boʻldi.

AI ekranlar davri: kompaniya Samsung Vision AI’ni oʻzining eng keng mahsulotlar kategoriyasiga olib kiradi
Samsung AI asoslangan ekran texnologiyasining yangi davrini boshlab berdi. Samsung Vision AI funksiyalari endi oʻzining eng keng qamrovli mahsulotlar kategoriyasiga, jumladan, Neo QLED, OLED va QLED hamda The Frame modellariga kiritilgan. Ushbu kengayish kompaniyaning yanada koʻp foydalanuvchilarga aqlli va moslashuvchan ekranlarni taqdim etish, uydagi oʻyin-kulgi va aqlli hayot tarzi nimalarga qodirligini qayta kashf etishga sodiqligini taʼkidlaydi.
Ushbu innovatsiyaning boshida Samsung’ning hozirgi kundagi eng ilgʻor televizori — Neo QLED 8K QN990F turadi. Bu mislsiz tezkorlik, zamonaviy dizayn va AI’ga asoslangan aqlli funksiyalarni taqdim etadigan televizordir. Eng yangi NQ8 AI Gen3 protsessori bilan jihozlangan bu televizor tasvir sifati, tovush tiniqligi va umumiy tomosha hissini yaxshilash uchun qurilmadagi quyidagi AI funksiyalaridan foydalanadi:
- 8K AI Upscaling Pro: xira kontentni ajoyib 8K hajmgacha oshiradi va har bir kadrda ajoyib tafsilotlar va ravshanlik bag‘ishlaydi.
- Auto HDR Remastering Pro: kontentni kadrma-kadr tahlil qilib, sahnaga mos ranglarni qoʻshish orqali hatto qorongʻi sahnalarda ham jonli rangtasvirni taʼminlaydi.
- Adaptive Sound Pro: nutq, musiqa va tovush effektlari kabi tovush komponentlarini ajratish va optimallashtirish hamda aniq va muvozanatli ovozni yetkazib berish uchun AI’dan foydalanadi.
- Color Booster Pro: AI asosidagi sahna tahlili va kengaytirilgan tasvirni qayta ishlash jarayoni bilan har bir kadr uchun ranglar tarkibini boyitadi.
- AI Mode: AI asosida kontentni aniqlash va televizor ekrani tomonlarini tahlil qilgan holda tasvir va ovoz sifatini adaptiv tarzda sozlab, har qanday muhitda optimal tomoshani taʼminlaydi.
QN990F oʻta yupqa, minimal dizaynga ega boʻlib, ilgʻor texnologiyalarni nafis estetika bilan uygʻunlashtirgan premium uydagi koʻngilochar vosita hisoblanadi. Oʻzining ilgʻor funksiyalari va nafis dizayni bilan u har qanday xonaga koʻrk beradi va yaxlit koʻngilochar qulayliklarni taqdim etadi.

Sanʼatning yangi koʻrinishi: Samsung Art Store’ni kengaytirish va Frame Pro’ni joriy qilish
Samsung sanʼat va texnologiyani Samsung Art Store kengayishi va mashhur Frame mahsulot kategoriyasiga yangi qoʻshilgan The Frame Pro taqdimoti bilan uygʻunlashtirishga sodiqligini yana koʻrsatdi. Bu innovatsiyalar birgalikda Samsung’ning sanʼatni yanada ochiq, shaxsiy va kundalik hayotga uzluksiz integratsiya qilish vazifasini mustahkamlaydi.
Samsung Art Store endi nufuzli global hamkorlar, jumladan, MoMA hamda Magritte va Basquiat xonadonlari tomonidan tayyorlangan 3000 dan ortiq asarlar taqdim etadi. 2025-yilda ushbu kengaytirilgan toʻplam nafaqat The Frame va MICRO LED modellarida, balki Neo QLED va QLED modellarida[2] ham mavjud boʻlib, foydalanuvchilarga oʻz ekranlarini shaxsiy sanʼat galereyalariga aylantirish uchun yanada koʻp imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu Samsung’ning uylarni dinamik sanʼat bilan boyitish harakati tomon tashlagan yana bir muhim qadamidir.
Samsung The Frame’ni toʻldirishda ushbu qatorning eng soʻnggi modeli boʻlgan The Frame Pro’ni taqdim etdi. U ilgʻor Neo QLED tasvir sifati bilan sanʼat va koʻngilochar vositalar ixlosmandlariga qulaylik beradi. Xususan, yanada yorqin ranglar, aniq kontrastlar va tim qora maydonlarni hosil qiluvchi takomillashgan texnologiyani (local dimming) taqdim etadi. NQ4 Gen3 AI protsessori bilan jihozlangan The Frame Pro sanʼat asarlari va video kontentlarni koʻrishda tengi yoʻq tasvir sifatini taʼminlaydi. Shuningdek, u innovatsion Wireless One Connect’ga ega. Bu qurilmani atrof-muhit bilan uygʻunlashib ketadigan joylarga muammosiz oʻrnatish imkonini beradi.
Samsung Art Basel bilan hamkorlik qilib, sanʼat olami bilan oʻz aloqasini yanada mustahkamladi va The Frame‘ni butun dunyoda nishonlangan tadbirning rasmiy sanʼat asari displeyiga aylantirdi.
“Vazifamiz sanʼat olamiga quvvat berishdan iborat ekan, Samsung rasmiy global displey hamkorimizga aylanishi bizga jismoniy va raqamli toʻsiqlarni yengib oʻtishda katta yordamdir. Bular orqali yanada koʻplab odamlar sanʼatni innovatsion va mazmunli yoʻllar bilan kashf etadi, — dedi Art Basel’ning rivojlanish boʻyicha bosh direktori Xeyli Romer. — The Frame va Samsung Art Store orqali sanʼat ixlosmandlari oʻz uylariga jahon darajasidagi asarlarni olib kirib, sanʼat bilan oʻz munosabatlari va unga nisbatan qadr-qiymatni qayta anglay oladilar”.

Displey texnologiyasi kelajagini shakllantirish
Samsung ekranlar rolini qayta belgilashda yetakchilik qilishda davom etar ekan, uning yutuqlari nafaqat texnologiyani taqdim etadi, balki kundalik hayotni yaxshilovchi mazmunli va shaxsiylashtirilgan qulayliklarni yaratadi.
First Look 2025 koʻrgazmasida Samsung sanoatdagi birinchi interaktiv uch lazerli ultra qisqa masofali (UST) proyektori — The Premiere 5 ni taqdim etdi. Uydagi oʻyin-kulgi vositasiga yangilik kiritishga moʻljallangan Premiere 5 interaktiv sensorli funksiya bilan jihozlangan. Bu foydalanuvchilarga ekran bilan bevosita bogʻlanish imkonini beradi. Ushbu innovatsiya yuqori sifatli proyeksiyani koʻp qirrali funksionallik bilan uzluksiz birlashtiruvchi, kundalik hayotimizdagi obyektlarga turli tasvirlarni proyeksiyalovchi Samsung LightWARP texnologiyasini oʻz ichiga oladi. Bu oʻzgacha ijodiy va taʼsirli hisni beradi.
Samsung MICRO LED Beauty Mirror yordamida displey texnologiyasi kelajagini shakllantirishga ham sodiqligini koʻrsatdi. Ushbu innovatsion displey ilgʻor aks ettirish va oʻtkazuvchanlik imkoniyatlari hamda shaxsiy goʻzallik insaytlarini taqdim etuvchi funksiyalarni oʻzida birlashtirib, zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotni qanday yaxshilay olishini namoyish etadi. Bu oyna terining individual turlarini tahlil qilib, Koreyaning yetakchi kosmetika kompaniyasi boʻlgan Amorepacific tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion goʻzallik yechimlaridan foydalangan holda oʻz-oʻzini parvarish qilishni yanada intuitiv va samarali qilish uchun mos mahsulotlarni tavsiya qiladi.
Eng soʻnggi yangiliklar uchun news.samsung.com (Samsung Newsroom) manziliga tashrif buyuring.
| [1] Mavjud funksiyalar mamlakat va modelga qarab oʻzgarishi mumkin.
[2] Mavjud modellar mamlakatga qarab oʻzgarishi mumkin. |
Pressa uchun > Press-relizlar
Qurilmalar > TV va Audio
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com