Samsung Electronics AQSh hukumati tomonidan tashkillashtirilgan AI Cyber Challenge finalchilari orasida

21/08/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Dunyo boʻylab muassasalar va universitetlar bilan hamkorlikda Samsung Electronics Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vazirligining tadqiqot va rivojlantirish instituti bo’lgan Mudofaa ilgʻor tadqiqot loyihalari agentligi (DARPA) tomonidan oʻtkaziladigan ikki yillik sunʼiy intellektga asoslangan kiberxavfsizlik boʻyicha AI Cyber ​​Challenge (AIxCC) final bosqichiga chiqqan yettita kuchli jamoalar qatoriga kirdi.

 

Samsung kompaniyasi Atlanta deb nomlangan jamoani tuzdi — uning tarkibiga Georgia texnologiya instituti, Nyu-York Universiteti (NYU), Koreya ilm-fan va texnologiya ilg‘or instituti (KAIST), Pohang fan va texnologiya universiteti (POSTECH) hamda Samsung huzuridagi yetakchi tadqiqot va ishlanmalar tashkiloti Samsung Research kabi tashkilotlarning 30 dan ortiq xavfsizlik tadqiqotchilari kirdi.

 

▲ Atlanta jamoasi a’zolari suratga tushishdi.

 

AIxCC ishtirokchilari AI’dan foydalangan holda keng ko’lamli dasturiy ta’minot tizimlaridagi zaifliklarni aniqlash va yumshatish uchun raqobatlashadilar. Umumiy mukofot jamg‘armasi 20 million dollardan ortiq bo‘lgan tanlov ijtimoiy infratuzilma tizimlari, jumladan, transport, kommunal xizmatlar va sog‘liqni saqlash tizimlari uchun kompyuter kodlari xavfsizligini yaxshilash uchun yangi texnologiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan.

 

Musobaqa Las-Vegasda kiberxavfsizlik va dasturchilik bo’yicha har yil o’tkaziladigan DEF CON konferentsiyasi bilan birgalikda o’tkaziladi. 2023-yil avgust oyida AIxCC musobaqasi e’lon qilinganidan so‘ng, 2024-yil 9-11-avgust kunlari DEF CON 32 yarimfinalidan muvaffaqiyatli o‘tishdan oldin Team Atlanta o‘zining kiber mulohaza yuritish tizimini ishlab chiqdi va taqdim etdi. 2 million AQSh dollarini tashkil etuvchi tadqiqot fondini ta’minlab, Atlanta jamoasi 2025-yil avgust oyida DEF CON 33’da final bosqichida ishtirok etadi.

 

Yarim final bosqichida Atlanta jamoasi keng ko‘lamli dasturiy ta’minotdagi xavfsizlik zaifliklarini avtomatik aniqlash va o‘z tizimi yordamida xavfsizlik “yamoq”larini qo‘llash qobiliyatini namoyish etdi. Atlanta jamoasi tashkilotchilarning e’tirofiga sazovor bo’ldi, chunki u 39 jamoa ichida musobaqa doirasida topilishi kerak bo’lgan kamchilikdan tashqari haqiqiy zaiflikni aniqlagan yagona jamoa bo’ldi.

 

“Biz sun’iy intellekt ilovalarini diversifikatsiya qilish va dasturlash tillarini tadqiq qilish va zaifliklarga qarshi chora-tadbirlarni o‘rganish orqali bo‘lajak final bosqichga puxta tayyorgarlik ko‘ramiz”, dedi Atlanta jamoasiga rahbarlik qilgan Samsung Research vitse-prezidenti Taesoo Kim.

 

▲ AIxCC final bosqichi qatnashchilari

 

Kiberhujumlar tez-tez va murakkablashib borar ekan, AI texnologiyasining xavfsizlikdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Katta hajmdagi ma’lumotlardan o’rganish orqali AI xavfsizlik tahdidlarini oldindan bilish va ularga javob berish uchun yangi ma’lumotlarni tahlil qilishi va xulosa qilishi mumkin. Generativ AI, xususan, dasturiy ta’minot dasturlarini yaxshiroq tushunish va xavfsizlikka tahdidlarga samaraliroq yechim topish orqali xavfsizlik sektorida samaradorlikni oshiradi. Shunday qilib, AI’ni xavfsizlikda qo’llash zaruratga aylandi.

Korporativ > Texnologiyalar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga